2. Istiqbolli rejalashtirish.
Istiqbolli rejalashtirish. Qo’l to’pi o’yinchilarida mahoratining
paydo bo’lishi uchun ancha vaqt kerak. Istiqbol rejalarini ishlab
chiqish va ularni amalga oshirish uchun esa yanada samarali
tayyorlanishga, mashg’ulot vositalari, shakl va uslubiyatlaridan
maqsadga muvofiq foydalanishga yordam beradi.
O’quv mashg’ulotini istiqbolli rejalashtirish o’yinchilarning
ko’p yillik o’quv-mashg’ulotini ilg’or tajriba, ma’lumotlarni tahlil
qilish asosida bir necha yilga mo’ljallangan rejalashtirishni ishlab
chiqish, aniq bir muddat davomida o’yinchilar mahoratini oshirish
dasturidir. Mashg’ulotlar jarayonining istiqbol rejalari jamoa uchun
ham, bir o’yinchi uchun ham tuziladi. Jamoa uchun umumiy istiqbol
reja, alohida bir o’yinchi uchun shaxsiy reja tuziladi. Umumiy
rejada butun jamoa uchun istiqbollar belgilanadi. Qo’l to’pi
bo’yicha barcha o’yinchilarga ta’lluqli ko’rsatmalar beriladi.
Shaxsiy istiqbolli reja umumiy rejadagi ko’rsatmalar har bir
o’yinchiga moslashtirilib aniqlashtiriladi.
Qo’l to’pi bo’yicha eng yirik musobaqalar (Jahon birinchiligi,
Chempionatlar, Olimpiya o’yinlari)ning muddatini hisobga olib qo’l
to’pi o’yinlarini mashg’ulot jarayonining umumiy istiqbol rejasini 4
yillik qilib tuzish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |