3
KIRISH
O’zbekistonning mustaqilligi va istiqboli yo’lidagi barcha
islohotlar negizidagi tashkiliy, madaniy, sog’liqni saqlash, ta’lim-
tarbiya, sport va boshqa shu kabi muhim tadbirlar bugungi kunning
asosiy vazifalariga aylanmoqda. Respublika Prezidenti I.A.Karimov
ta’kidlaganidek «Shu bois mamlakatimizning istiqlol yo’lidagi
birinchi qadamlaridanoq buyuk ma’naviyatimizni tiklash va yanada
yuksaltirish, milliy ta’lim-tarbiya tizimini takomillashtirish, uning
milliy zaminini mustahkamlash, zamon talablari bilan
uyg’unlashtirish asosida jahon andozalari va ko’nikmalari darajasiga
chiqarish maqsadiga katta e’tibor berib kelinmoqda!»
1
(3,5)
«Ta’lim to’g’risida»gi Qonun (1997 y.), «Kadrlar tayyorlash
milliy dasturi» (1997 y.), «Sog’lom avlod» davlat dasturi, «Jismoniy
tarbiya va sport to’g’risida»gi qonun (2000 y.) hamda ular bilan
bevosita bog’liq bo’lgan qarorlar, farmonlar va nizomlarda
o’quvchi-yoshlarni ma’naviy va jismoniy barkamolligini tarbiyalash
kasb-hunarni egallashda zamonaviy bilimlar berish kabi muhim
masalalar o’z ifodasini topgan.
Respublika Prezidenti I.A.Karimov «Barkamol avlod –
O’zbekiston taraqqiyotining poydevori» asarida ta’kidlaganlaridek,
«Barchangiz yaxshi bilasizki, kelajak avlod haqida qayg’urish,
sog’lom, barkamol shaxsni tarbiyalab yetishtirishga intilish bizning
milliy xususiyatimiz. Bunda bir olam mantiq ifoda etilganligini
anglamoq zarurdir».
2
Qabul qilingan qarorlar va qonunlarda kelajak avlodlarning
jismoniy va aqliy barkamolligini ta’minlash yo’llari ochib
berilmoqda. Yoshlarning jismoniy tayyorgarligi, qobiliyati,
qiziqishiga qarab sport turlari bo’yicha turli xil mashg’ulotlar,
musobaqalar o’tkazish maqsadga muvofiqdir. Shu sababli, jismoniy
tarbiya va sport bilan ommaviy ravishda shug’ullanish o’quvchi-
yoshlar va talabalarning kundalik ehtiyojiga aylanmog’i zarur. Shu
bilan birga, u o’quvchi-yoshlarni har tomonlama rivojlantirishda,
1
,
2
«Баркамол авлод – Ўзбекистон тараққиёти пойдевори». Ўзбекистон Республикаси Президенти
И.А.Каримовнинг 1997 йил 29-мартдаги Олий мажлисининг IX-сессиясида сўзлаган нутқи. Тошкент.Шарқ, 1997
йил 3 ва 4 бет.
4
sog’lom turmush tarzini shakllantirishda, ularni barkamol inson
bo’lib yetishishiga asosiy omil bo’lib xizmat qiladi.
Qo’l to’pini o’rgatish uzluksiz ta’lim tizimining deyarli barcha
bosqichlarida, jumladan, umumiy o’rta, o’rta maxsus, kasb-hunar,
oliy ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya mashg’ulotlarining
doimiy tarkibiy qismi sifatida o’rgatish va o’rganish nazarda
tutiladi.
Ushbu uslubiy qo’llanmada qo’l to’pi o’yinining texnikasi,
texnologiyasi, qoidalari, ishtirokchilarning harakatlanishlari, to’pni
uzatish va qabul qilib olish usullariga oid va hakamlik qilish
talablari to’g’risida zaruriy dastlabki ma’lumotlar keltirilgan bo’lib,
ularni o’rgatish uslublarini takomillashtirib borish ushbu
qo’llanmaning asosiy maqsad va vazifalaridan hisoblanadi.
Qo’l to’pi o’yini hozirda umumiy o’rta ta’lim, o’rta maxsus,
kasb-hunar kollejlari va oliy o’quv yurtlarida doimiy ravishda
o’rgatiladigan sport o’yinlaridan hisoblanadi. Ammo, uni uzluksiz
ta’limning turli bosqichlarida yoshlarning o’ziga xos xususiyatlariga
mos holda o’rgatish uslublari to’liq holda yaratilgan. Ushbu
qo’llanmada qo’l to’pi o’yining texnikasi, ishtirokchilarning
harakatlari, to’pni uzatish va qabul qilib olish va musobaqalarni
o’tqazishni rejalashtirish va tashkil qilishga doir dastlabki
ma’lumotlar keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: