O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti jismoniy madaniyat fakulteti



Download 1 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/59
Sana16.06.2021
Hajmi1 Mb.
#66375
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   59
Bog'liq
qol topi gandbol va uni oqitish uslubiyati

4. Kundalik rejalashtirish. 

Kundalik rejalashtirish.  Mashgulotlarning  kundalik rejasi bir 

yillik qilib istiqbol rejasiga mos ravishda tuziladi va  uning bir kismi 

xisoblanadi.  Mashg’ulot rejasini tuzishda va uni amalga oshirishda 

sport mashg’uloti jarayonini  boshqarishning  asosiy tomonlariga,  

mashg’ulotlotlar sohasidagi ilg’or tajriba ma’lumotlarga, jamoaning 

oldingi yillardagi o’kuv-mashg’ulotlarini tayyor qilishdan 

chiqarilgan xulosalarga  amal qilinadi. O’quv-mashg’ulotlarini 

o’tkazish yillik aylanmasi uch davrga -  tayyorgarlik, musobaqa va 

o’tish davrlariga bo’linadi. 

 

-  Tayyorgarlik  -  davri har-bir yangi yillik aylanma 



mashg’ulotlar va musoboqalarning  qaytadan boshlanishida to 

rejalashtirilgan birinchi musobaqagacha bo’lgan vaqt oralig’ini o’z 

ichiga oladi. 



 

57 


 

-  Musobaqa davri rejalashtirilgan birinchi musobaqa bilan 

oxirgi musobaqa oralig’idagi vaqtni o’z ichiga oladi. 

 

- O’tish davri – rejalashtirilgan musobaqalar tugagandan so’ng 



yangi, yillik aylanmadagi mashg’ulot va musobaqalarning qaytadan 

boshlanish vaqtigacha davom yetadi. 

 

Har bir bosqichda keyingi bosqich uchun zarur bo’lgan 



jismoniy,  vazifali, ruhiy tayyorgarlik ishlari amalga oshiriladi. 

Tayyorgarlik davrida gandbolchilarning texnik va taktik malakalari 

takomillashtiriladi,  o’yinchilar jismoniy kamol topib, yanada 

chiniqadilar, mashg’ulotlardan oldin juda puxta tibbiy ko’rik 

o’tkaziladi. 

 

Tayyorgarlik davri ikki bosqichga -  umumiy  va  maxsus 



tayyorgarlik bosqichlariga bo’linadi. Umumtayyorgarlik bosqichida 

asosiy e’tibor gandbolchilarning har tomonlama umumiy jismoniy 

tayyorgarlik ko’rishiga qaratiladi.  

 



Maxsus tayyorgarlik bosqichida bevosita rasmiy 

musobaqalarga tayyorgarlik ishlari amalga oshiriladi. 

Maxsus jismoniy tayyorgarlik, jumladan, tezlik va kuchni 

rivojlantirishga oid tayyorgarlik ishlari bu bosqichdagi tayyorgarlik 

ishlarida yetakchi o’rin egallaydi.  

O’quv mashg’ulotlarining umumiy tayyorgarlik bosqichiga 

nisbatan umumrivojlantiruvchi mashqlari kamaytiriladi. Ular 

ko’proq xilma-xil sakrashlar, o’yin mashqlari ko’rinishida beriladi, 

nazorat testlari bajariladi bu bilan tayyorgarlik davridagi o’quv 

mashg’ulot ishlari yakunlanadi. 

Musobaqa davrida taqvim musobaqalariga tayyorlanish va 

qatnashish asosiy o’rinni egallaydi. Bu davrda jismoniy, texnik va 

taktik tayyorgarlikni takomillashtirishga oid mashg’ulotlar keng  

ko’lamda olib boriladi va shu tayyorgarlik saqlanishi uchun har bir 

taqvim o’yinlarida oliy darajadagi ishchanlik qobiliyatiga ega 

bo’lish uchun taktikaga, maxsus jismoniy tayyorgarlikga oid 

mashqlarga katta ahamiyat beriladi. Musobaqa davridagi 

mashg’ulotlarning asosiy vositalari –  maxsus jismoniy tayyorgarlik 

mashqlari, to’pni ilib olish va uzatish, to’pni darvozaga otish 



 

58 


texnikasiga oid mashqlar, taktik harakatlar, o’rtoqlik uchrashuvlari 

va  taqvim musobaqalaridan iboratdir. 

- O’yin davrida katta hajmda va tezlikda bajariladigan mashqlar 

soni kamroq beriladi. 

O’tish davrining dastlabki bosqichlarida dam olishdan oldin 

asosan mujassamlashgan mashg’ulotlar bajariladi,  ammo ikki 

yoqlama o’yin va o’rtoqlik uchrashuvlarini davom ettirish mumkin. 

O’tish davrining oxiriga kelib jismoniy mashqlar va jismoniy 

tayyorgarlikga oid mustaqil mashg’ulotlarni faollashtirish tavsiya 

etiladi va h.k. 

-  Tezkor rejalashtirishda mashg’ulotlarning kundalik rejasiga 

muvofiq oylik reja, ishchi rejalar va mashg’ulot ishlanmasi matni 

tuziladi.  

Tezkor rejaning asosiy hujjatlari deb ishchi rejasi, o’quv dasturi 

mashg’ulotlar ishlanmalari va mashg’ulotlar jadvali hisoblanadi. 



 

59 



Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish