keltirmaydi. Amaliy mashg’ulotlarni o’tkazish paytida
22
O’yinga yo’l-yo’riq berish o’yinchidan o’z jamoasining ham,
uchrashadigan jamoasining ham barcha xususiyatlarini o’rganishi,
chuqur bilishi, o’yin taktikasi va uning turli tizimlarini o’zlashtirib
olishi talab qilinadi. Buning uchun murabbiy raqib jamoasi haqida
iloji boricha ko’proq ma’lumot to’plashi, shundan kelib chiqib
o’yinchilarga yo’l-yo’riq ko’rsatishi lozim.
Odatda yo’l-yo’riq berish, mazkur o’yinning o’rnini,
ahamiyatini tushuntirishdan va raqib jamoasi hamda uning
o’yinchilariga baho berishdan boshlanadi. Shundan so’ng, o’yinning
taklif etilayotgan taktik rejasining asosiy g’oyasi aniq va ixcham
holda tushuntiriladi. Bo’lg’usi o’yinga beriladigan yo’l-yo’riq
qo’yidagicha bo’lishi mumkin:
O’yinning ahamiyati; Raqib jamoasiga tavsif berish; Jamoa
o’yinining taktik rejalari haqida; Har bir o’yinchiga alohida-alohida
topshiriqlarni aniq belgilab berish;
O’yinga yo’l-yo’riq berish o’yin boshlanishidan sal oldin
bajariladi. Qolgan vaqtda esa, o’yinchilarning diqqatini boshqa
narsalarga chalg’itmay, ayrim o’yinchilarga vaqti-vaqti bilan zarur
ko’rsatmalar berib boriladi.
O’tkazilgan o’yinni muhokama qilish. Yo’l-yo’riq berishni,
o’yinni muhokama qilishni, qo’l to’pi maydonining kichraytirilgan
nusxasi - maketidan foydalanib o’tkazish maqsadga muvofiqdir.
Bunday qilish ayrim muhim taktik harakatlarni ko’rgazmali
namoyish qilish imkonini beradi.
Muhokamani eng avvalo o’tkazilgan o’yinga umumiy baho
berishdan boshlash kerak. Keyin esa, turli taktik rejalar g’oyasi
amalga oshirilgani yoki oshirilmaganini aytib o’tib, agar g’oya
amalga oshmagan bo’lsa, unga nima halal beriganiga e’tiborni
qaratish lozim. Shundan so’ng, jamoa murabbiysi oldingi qator,
orqa qator, himoya, hujum, darvozabon va har bir o’yinchining
harakatlarini alohida aytib baholaydi. O’tkazilgan o’yinda yo’l
qo’yilgan xatolar ko’rsatib beriladi va keyingi o’yinlarda shu yo’l
qo’yilgan xatolar takrorlanmasligi o’yinchilarga uqtiriladi.
O’tilgan o’yinni muhokama qilish qo’yidagicha bo’lishi
mumkin:
23
1. O’tkazilgan o’yinning umumiy bahosi chiqariladi.
2. Jamoa o’yinining taktik rejasini qanday bajargani aytiladi.
3. Har bir o’yinchi faoliyati baholanadi.
4. O’tkazilgan o’yinda chiqarilgan xulosalar umumlashtiriladi.
Jismoniy tayyorgarlik. Qo’l to’pi o’yinchilarning umumiy
jismoniy tayyorgarligi - ularning jismoniy qobiliyatlarini har
tomonlama o’stirish, umumiy ish qobiliyatini oshirish vazifalarini
hal qiladi. Umumrivojlantiruvchi mashqlar va sportning boshqa
turlaridan shug’ullanuvchilar organizmiga umumiy ta’sir
ko’rsatuvchi mashqlar qo’l to’pi bilan shug’ullanuvchilar uchun
asosiy vositalar sifatida qo’llaniladi.
Bunda mushak-paylarining rivojlanishi va mustahkamlanishiga,
ichki organlar faoliyatining takomillashishiga harakatlar
muvozanatining yaxshilanishiga va harakat sifatlari umumiy
darajasini oshishiga erishiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: