O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Nasimxon rahmonov


Rashididdin Fazlulloh Hamadoniy va uning



Download 16,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet190/430
Sana23.06.2023
Hajmi16,49 Mb.
#952986
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   430
Bog'liq
o\'zbek adabiyoti tarixi. raxmonov n. (1)

289


Rashididdin Fazlulloh Hamadoniy va uning
“Jome’ ut-tavorix” asari
Reja:
1. “Jome’ ut-tavorix” asari haqida.
2. “Jome’ ut-tavorix”da 0 ‘g‘uz xon haqidagi rivoyatlar.
3. 0 ‘g‘uz xon haqidagi rivoyatlarda shomon obrazi.
4. “Jome’ ut-tavorix”da hikoyatlar.
5. “Jome’ ut-tavorix” asarining tili haqida.
6. Rashididdin - shoir.
Tayanch so‘z va iboralar: 
tarix fani, muarrix, adabiy janrlar, af­
sona va rivoyat janrlari, an ’anaviy obraz, turkiy qavmlar tarixi, qadimgi
turkiy mifologiya, afsonaviy epik ruh, shomon obrazi, hikoyat, og ‘zaki
hamda yozma hikoyatlar.
“Jome’ ut-tavorix” asari haqida. 
Sharq badiiy tafakkuri adabiyot 
va tarix fanlarini doimo yonma-yon yurishiga, bir-birini to'ldirib boris- 
higa erishgan. Bunga sabab shuki, o‘tmishdagi muarrixlar adabiyotga 
alohida mehr bilan munosabatda bo‘lganlar, tarixni adabiyotsiz tasav- 
vur qila olmaganlar. Ayni paytda tarix asarlari dagi rivoyatlar, hikoyat­
lar, she’rlar va boshqa adabiy janrlar muarrixlaming ijodiy qobiliyatidan 
darak beradi, ular o‘z davrining adabiy jarayonidan yaxshi xabardorli- 
gini namoyon qiladi. 
Tarix asarlarining yana bir muhim jihati shun- 
daki, muarrixda badiiy ijodga layoqat bo'lsa, tarix asarini ham badii- 
yatning yuksak namunasiga aylantira oladi. 0 ‘tmishdagi muarrixlaming 
faoliyati bunga yorqin misoldir. Ular iqtidorli ijodkorlar sifatida ham 
faoliyat ko‘rsatganlar. Shu bois ulaming tarix asarlari badiiy asar sifa­
tida uqilgan. Sharq tarixiga nazar tashlasak, buning jonli namunalarini 
ko‘ramiz. Qadimgi Xitoy yilnomalari yoki 0 ‘rta Osiyo muarrixlarining 
har bir asari ana shunday xususiyatga ega. Muarrixlar xalq og‘zaki ijodi 
janrlaridan, ayniqsa, afsona, rivoyat janrlaridan unumli foydalanganlar 
va o‘zlarining tarix asarlariga bu janrlami olib kirganlar.
Rashididdin Fazlulloh Hamadoniyning “Jome’ ut-tavorix” asari bu 
jihatdan alohida namunadir. Asar milodiy 1310/ 11 yillarda yozilgan. 
Asar turk-mo‘g‘ul qabilalarining kelib chiqishini, Chingizxon va uning 
avlodlari tarixini izchil bayon qilishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ydi. Bu
290


asar uch jilddan iborat bo‘lib104, birinchi jildni bevosita Rashididdinning 
o‘zi yozdi. Ikkinchi va uchinchi jildni muarrixlar Rashididdinning na- 
zorati ostida yozgan, deb taxmin qilinadi. Birinchi jilddan turk-mo‘g‘ul 
xalqlarining Chingizxongacha bo‘lgan tarixi o‘rin oldi. Rashididdin bu 
jildni yozishda yozma manbalardan -Mahmud Koshg‘ariyning arab tili­
da yozilgan “Devonu lug‘atit-turk” (mil. 1068\69 y.), Juvayniyning fors 
tilida yozilgan “Tarixi jahonkushoy” (“Olamni bo‘ysundiruvchilar tari­
xi”, mil. 1260 y.), Chingizxonning, uning ota-bobolarining rasmiy tari- 
xini yoritgan “Oltin daftar” kitobidan foydalandi. “Oltin daftar” mo‘g‘ul 
tilida yozilgan bo‘lib, Elxoniylar saroyi xazinasida saqlanardi.
Yana shunisi e’tiborga sazovorki, birinchi jildda turkiy qabilalar ta­
rixi va bu qabilalaming paydo bo‘lishi haqida rivoyatlar berilgan. Bu 
rivoyatlar “O‘g‘uznoma” kitobiy eposida bayon qilingan turkiy qabi­
lalaming kelib chiqishi haqidagi rivoyatlar bilan deyarli bir. Shuning 
uchun, Rashididdin birinchi jildni yozishda “0 ‘g‘uznoma”dan ham 
foydalangan, deb aytish mumkin. Garchi “0 ‘g‘uznoma” XV asrda eski 
uyg‘ur-turk yozuvida ko‘chirilib, kitobat qilingan bo‘lsa ham, ungacha 
og‘zaki shaklda turkiy xalqlar orasida ijro etilib kelgan. Rashididdin ana 
shu og‘zaki variantdan foydalangan bo‘lishi mumkin.
Rashididdin Fazlulloh Hamadoniy turkiy qavmlar tarixini va bu 
qavmlar 0 ‘g ‘uz xondan tarqalganini ilk bor ilmiy asosda yoritib bergan 
olimdir. Yuqorida biz aytib o‘tgan Mirzo Ulug‘bekning “To‘rt ulus tari­
xi” (XIV), Abdulg‘ozi Bahodirxonning “Shajarai turk” (XVI1) asarlari- 
ga ham “Jome’ ut-tavorix” muhim va ishonchli manbalardan biri bo‘lgan 
edi.
“Jome5 ut-tavorix” fors tilida yozilgan bo‘lib, olim o‘z asari orqali 
mo‘g‘ullaming hamma qabilasi turkiy qavmlardan tarqalganligini asos- 
lab berdi. Bu qabilalaming hammasi 0 ‘g‘uzxonga, 0 ‘g‘uzxonning sha- 
jarasi Nuh ibn Yofasga (yoki Abut-turkka) borib taqalishini ko‘rsatdi.

Download 16,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   430




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish