O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Nasimxon rahmonov


(Bu xalq qo ‘shig 4parchasi Sayfi Saroyining E.Fozilov nashrga tay-



Download 16,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet189/430
Sana23.06.2023
Hajmi16,49 Mb.
#952986
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   430
Bog'liq
o\'zbek adabiyoti tarixi. raxmonov n. (1)

(Bu xalq qo ‘shig 4parchasi Sayfi Saroyining E.Fozilov nashrga tay-
yorlagan (T.:1968, 47-b.) kitobidan olindi
)
Ikkinchi varianti ham, ba’zi so‘zlar o‘zgarishi bilan ijro etilganini hi- 
sobga olmaganda, yuqoridagi parcha bilan bir. Ammo bu xalq qo‘shig‘i
286


Sayfi Saroyi qo‘lyozmasi tarkibiga qanday kirib qolgani noma’lum. Qo- 
laversa, Sayfi Saroyining qo‘lyozmasi tarkibida, yuqori da aytilganiday, 
bir necha dastxatlar bor. Ehtimol, ana shu dastxatlardan biri bo‘lishi 
ham mumkin. Shuningdek, Sayfi Saroyi qo‘lyozmasining debochasida 
mazkur xalq qo‘shiqlari haqida biron ma’lumot yoki ishora ham yo‘q. 
Sayfi Saroyining qo‘lyozmasiga turk xalq qo‘shiqlariga mansub bu xalq 
qo‘shig‘i kirib qolgan bo‘lishi ehtimoldan xoli emas. Shu bois bu haqda 
hozircha so‘z yuritish ortiqcha, deb bilamiz.
Sayfi Saroyining bizgacha yetib kelgan lirik she’rlari miqdor jiha­
tidan oz bo‘lsa-da, mavzu qamrovi keng: goh odamiylik va inson qadr- 
qimmati, goh samimiy ishq-muhabbat, goh oliyjanob insoniy tuyg‘ular 
shoir she’rlarining asosiy mohiyatini tashkil qiladi.
“Suxayl va Guldursun” dostoni. 
Yuqorida biz bu asar “Yodgor- 
noma” nomi bilan tanilgani haqida aytgan edik. Sayfi Saroyi “Suxayl 
va 
Guldursun” dostonida dunyoviy ishq, sevgida vafodorlik, mardlikni 
kuylaydi. Doston afsona emas, balki tarixiy haqiqat asosida yaratilganini 
Sayfi 
Saroyi alohida ta’kidlab:
Emas afsona, chin ushbu bitilmish,
Bu chin, afsonadek ishqda yetilmish
misralari bilan boshlaydi. Dostonning mazmuni quyidagicha:
Amir Temur bilan Oltin 0 ‘rda xoni To‘xtamish o‘rtasida bo‘lgan 
jangda To‘xtamish xon tomonidan ko‘p odam asirga olinadi. Bo‘lib 
o‘tgan jangda qonlar daryo bo‘lib oqdi. Asirlar orasida To‘xtamishning 
o‘g‘li Suxayl ham bor edi. Suxaylni zindonga tashladilar. Suxayl xuddi 
Yusuf singari go‘zal yigit, fazilatlari bir talay, so‘zlari shirin yigit edi. 
Suxaylni zindonga tashlaganlaridan keyin, u uxlab qoladi va tush ko‘radi. 
Tushida bir parivash qiz bog‘da yurgan emish, Suxayl esa bog‘da qizga 
atab gullar terib yurgan emish. Qiz Suxaylning ko‘ngliga otash tashlab 
qochib ketibdi. Qizning ortidan yuguribdi-yu ammo bir chuqurga yiqilib 
tushibdi. Suxayl uyg‘onib ketib, bu tush ekanini anglabdi. Shohning 
qiz; 
Guldursun kanizlari bilan sayr qilib yurib, zindondagi Suxaylni ко‘rib 
qoladi. Guldursun - o‘zini gul, Suxaylni bulbul deb bildi. Kechasi zin- 
donbon oldiga keldi va zindonga tushib behol yotgan Suxaylning yuziga 
yuzini qo‘ygan edi, Suxayl o‘ziga keldi. Guldursun Suxaylga: “Men siz­
ning fidoyingizman” deb, Suxayl Guldursunga: “Men sening gadoying 
bo‘ldim”, deya ahdu paymon qildilar va ikkovi chohdan chiqib, qoch-
287


dilar. Ikkovi do‘zaxday qizib ketgan sahroda yuraverdilar. Ammo Gul­
dursun ochlikdan, suvsizlikdan yerga yiqilib, jon berdi. Chorasiz qolgan 

Suxayl ham “menga yaxshidir yor birla o'lmak”, deya o‘ziga tig‘ urib, 

Guldursunning yonida jon beradi. Suhaylning ohu nolasidan sahroda 
bo‘ron ko‘tarilib, ikkoviga qum qabr bo'ldi.
Sayfi Saroyi Layli va Majnun voqeasini ham doston nihoyasida tilga 
oladi. Bundan shuni anglash mumkinki, “Layli va Majnun” dostonlari, 
xususan, Nizomiyning mazkur nomdagi dostonidagi Layli va Majnun 
o‘rtasidagi ishq timsoli “Suxayl va Guldursun” dostoniga asos bo‘lgan.
Dostonning yozilgan sanasini Sayfi Saroyi quyidagicha ko‘rsatadi:
Yedi yuz to‘qson olti navro'z oyi,
Xatm etti buni sayfi Saroyi.
796 - milodiy 1393\94-yillarga to‘g‘ri keladi.
“Suxayl va Guldursun” o‘rta asar yozma adabiyoti singari xalq 
og‘zaki ijodi ta’sirida yaratilgan. Doston aruzning hazaji musaddasi 
maqsur vaznida (mafoiylun, mafoiylun, mafo’iyl) bitilganA
Xotin sodiq, ani sevgil, aziz er,
Har og‘ir ish da ham doyim seni der.
V ---- у -----V - -
Sayfi Saroyi va uning ijodkor zamondoshlari ona Vatandan uzoqda 
boMsalar ham, XIV asming ikkinchi yarmidagi o'zbek adabiyot saviya- 
sini yuqori darajaga ko'tarib, jamiki turkiy xalqlar o'lkalaridagi aholi- 
ning ona tilida ijod qildilar. X IV asming ikkinchi yarmi - XV asrda Misr 
madaniy-adabiy muhitini mamluklar tamomila o'zgartirib yubordilar.
XV asrda yashagan arab muarrixlari ham qipchoq tilida, ham arab tilida 
ijod qilgan ko'plab olimlar, yozuvchilar va shoirlaming nomlarini kelti- 
radilar. Ular Misrdagi madrasalarda turli fanlardan dars berdilar. Oltin 
0 ‘rdadagi o'zaro jangu jadallar oqibatida XIV asming ikkinchi yarmi- 
dan boshlab ko‘plab madaniyat arboblari Misrga ко‘chib borib, yangi- 
yangi turkiy madaniy markazlami paydo qildilar. Bu davrda qipchoq- 
o'g'uz tilida turli mazmundagi va janrdagi adabiyot shakllandi. Arab va 
fors tillaridan bu tilga taijima qilingan bar qator asarlar turkiy adabiyotni 
miqdor va sifat jihatdan boyitdi. Umuman turkiy madaniy muhit, tur-
288


kiycha an’ana va rah o‘zbek adabiyotining bu o‘lkada rivojiga imkoniyat 
yaratib berdi.
“Shohnoma”ning tarjimasi ham ana shu madaniy muhitning mah- 
sulidir. Mashhur venger turkiyshunosi Von Lekok shunday yozgan edi: 
“Misming madaniyati va san’atining muttasil ravishda rivoji va gullab- 
yashnashi hokimiyat arablardan turkiy hukmdorlar qo'liga o‘tgan davr 
bilan bog‘liq”. Misrda nafaqat adabiyot turkiy tilda edi, balki turkiy 
qavmlar o‘zlarining azaliy udum va qadriyatlarini ham saqlab qoldilar.

Download 16,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   430




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish