O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Nasimxon rahmonov


aytti:  “Falon voliyning o‘g‘li onama so‘kti”. Horun ar-Rashid vazirlarina  aytti



Download 16,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet185/430
Sana23.06.2023
Hajmi16,49 Mb.
#952986
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   430
Bog'liq
o\'zbek adabiyoti tarixi. raxmonov n. (1)

aytti: 
“Falon voliyning o‘g‘li onama so‘kti”. Horun ar-Rashid vazirlarina 
aytti: 
“Ul kishikim munung kabi yaramas so‘z so‘zlagay, aning jazosi ne 
turar?” Biri aytti: “Ani o‘lturmak kerak”. Dag‘i biri aytti: “Aning tilin 
kesmak kerak”. Dag‘i biri aytti: “Ani musodara qilmoq kerak”. Dag‘i 
biri 
aytti: “Ani ta’zir qilmoq kerak”. Dag‘i biri aytti: “Ani ixroj qilmoq 
kerak”.
Horun ar-Rashid aytti: “Ey o‘g‘lum, muruwat va karam ul turur- 
kim, andin kechkaysan. Agar afv eta bilmasang, sen dag‘i aning onasini 
SO‘kkul. Eylakim, intiqom haddan kechmagay. Agar kechar bo‘lsa, zulm 
bizim tarafimizda bo‘lg‘ay” (202-b.).
Tarbiya haqidagi hikoyatlar “Gulistoni bit-turkiy”da muhim o‘rin 
tutadi. Bu turkumdagi hikoyatlaming qahramonlari - ijtimoiy kelib chi- 
qishiga ko‘ra turli toifadagi odamlar, aql-tafakkuri, dunyoqarashi va 
hayotiy masalalarni anglash darajasiga ko‘ra bir-biridan farq qiladigan 
ahli odamzod. Bu turkum hikoyatlar hahramonlarining har biri takror- 
lanmas, saviya va dunyoqarash nuqtai nazaridan kitobxonda goh kulgi 
uyg‘otsa, gohida saboq beradi. Hikoyatlar - Sharq donishmandligining 
mezoni sifatida taassurot qoldiradi, hikoyatlardan kitobxon o‘z-o‘zidan 
saboq chiqaradi. Bu turkum hikoyatlaming asosida aksariyat hollarda us- 
toz va shogird munosabatlari yotadi. Hikoyatlar quruq va’zxonlik yoki 
nasihat ruhida emas, balki kitobxon saboq chiqarib olishiga qaratilgan. 
Saboq - asar qahramonlarining didi va farosatini belgilovchi omil ham- 
dir. Farzandlar uchun har qancha oltinu kumushdan ko‘ra, odob va fa- 
zilatlar afzal. Bu omillar orqali boylik, martabalarga erishishi mumkin 
ekanligi haqida otaning o‘g‘illariga qilgan o‘gitlari (286-b.), qattiqqo‘l 
va o‘zi halim, ko‘ngli salim ustozlar, tarbiya yo‘llari va turli qobiliyatga 
egabo'lgan o‘g‘illar (290-b.), safarda nihoyatda pahlavonligini, o‘q-yoy 
otishda mahoratini yo‘lma-yo‘l namoyish qilib, ikki qaroqchi hujumi 
oldida esa titrab-qaqshab, bor budini qaroqchilarga topshirib salomat 
qolgan yigit (295-296-b.) obrazlarida tarjimonning g ‘oyaviy-estetik ta-
281


fakkurini, link nutqini va obrazli tilini ko‘ramiz. Shubhasiz, Sayfi Saro- 
yining hikoya qilish usuli bu adabiy kategoriyalar doirasida o‘ziga xoslik 
bag‘ishlagan. Misol tariqasida quyidagi hikoyatni olib ko‘raylik:
Bir olimi fozil bir malik o‘g‘lina ta’lim berur edi. Hadsiz javr va 
hisobsiz jafo qilib, bir kun bu o‘g‘lon otasi xizmatina kelib, shikoyat 
ali bilan nomus yoqasin yirtti dag‘i holini arz etti. Sulton ustodini indab 
yig‘rib aytti: “0 ‘zganing o‘g‘lonlarindan javrung menim o‘g‘lum uza or- 
tuqroq turur, sabab ne?” Ustodi aytti: “Avval kishi kerakkim, ne so‘zlasa, 
sag‘ish qilib, aslini bilib so‘zlagay dag‘i ne harakatkim qilsa, mavzun 
bo‘lg‘ay. Bu barcha xalq o‘g‘lonlarina kerak, xossa malik o‘g‘lonlari ne 
so‘zlasalar dag‘i ne ishlasalar, el tilina tushar, ammo avomning qavlina 
dag‘i fe’lina ul qadar e’tibor yo‘q turur”.
She’r
Jurm etsa qachon faqir andan,
Kimdur so‘rab eshitkan xatoni.
Sulton ming ishinda bir yanilsa,
Eldin uyla yetkururlar oni.
Albatta malik o‘g‘lonlarining tazhibi (ziynatlash) axloqina ijtihod 
(kuch boricha tirishish) ortuqraq kerak, andankim, avom o‘g‘lonlarina 
bo‘lg‘ay. Bu malik ul olimning husni taqrimi (qaroming go‘zalligini) 
eshitib, tarbiyani bekandi dag‘i xil’at (hashamatli sarpo) va ne’mat berib, 
johu (mansab) martabasin ziyodat qildi... (287-b).
Hikoyatda hukmdor o‘g‘lining tarbiyasi bir oz oqsoqligini hamda 
ustozning donishmandona qiyofasini yorqinroq chizish uchun Sayfi Sa­
royi obrazli tildan unumli foydalangan. Hikoyatga link nutq, obrazlilik 
bag‘ishlagan “shikoyat ali bilan nomus yoqasin yirtti”, “tazhibi axloq”, 
“husni taqrir” jumlalari va iboralari hikoyat qahramonlari obrazini kitob- 
xon ko‘z o‘ngida yorqinroq gavdalantirishga, qahramonlarni so‘zlatish 
orqali ulaming ichki olamini ham namoyon etishga xizmat qiladi. Bir 
so‘z bilan aytganda, nutq qahramonning kimligini namoyon qilib turadi.

Download 16,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   430




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish