O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Nasimxon rahmonov


“Gulistoni bit-turkiy”tarjimasining o‘ziga xos xususiyatlari



Download 16,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet181/430
Sana23.06.2023
Hajmi16,49 Mb.
#952986
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   430
Bog'liq
o\'zbek adabiyoti tarixi. raxmonov n. (1)

“Gulistoni bit-turkiy”tarjimasining o‘ziga xos xususiyatlari.
Sa’diyning “Guliston”i bilan Sayfi Saroyining “Gulistoni bit-turkiy” 
asari solishtirilganda, ular o'rtasidagi ayrim farqlar darrov ko‘zga tashla- 
nadi. Jumladan, Sa’diy “Guliston”ining “Muqaddima”si Ollohga hamd, 
Sheroz hukmdori “Muzaffariddin ibn Zangi ibn Sa’d ibn Abu Bakr” 
madhi, “Guliston” kitobining sababi ta’lifi bayoni” tarkibiga kirgan ami- 
ri kabir Abu Bakr bin Abu Nasr vasfi, “xizmati vazirda voqye’ bo‘lg‘on 
qusuming uzri va ixtiyori uzlatning sababi bayoni”ni qamrab oladi.
Sayfi Saroyi kitobxonni, o‘z davrining ijtimoiy-siyosiy jarayonini, 
Oltin 0 ‘rda davlatidagi ijtimoiy-madaniy jarayonlami nazarda tutadi 
va asari debochasida o‘zgarishlar qiladi. Jumladan, u asar debochasida 
yuqorida biz keltirgan Sa’diy “Guliston”ining tarjima qilinishiga oid 
taklifni qabul qilgani haqida parchadan keyin oltmish misradan iborat 
masnaviyni keltiradi. Bu masnaviy mazmunan qasidaga o‘xshaydi. Sayfi 
Saroyi bu she’rida “Guliston” asarining jamiki fazilatlarini bayon qiladi: 
bu asarda g‘aroyibotlar mavjudligi, bunday g‘aroyibotlar hatto “Xusrav 
va Shirin”da ham yo‘q ekani (chamasi, u Qutbning “Xusrav va Shirin” 
asarini .nazarda tutgan), asaming “latoif bog‘i”, “ma’ni gulistoni” sifat- 
larga boy ekanini ta’riflaydi. Shundan keyin o‘tmishdagi nomdor hukm- 
dorlaming avlodlar osha abadiy qolganiga sabab ulaming himmatlilikla- 
ridir, degan o‘gitni beradi:
Xayr etib bo‘lgan maliklar nomdor,
Ketti qo‘yub har biri bir yodgor.
Eygu oti qolsa eming yaxshiroq,
So‘ngra qolg‘uncha to‘li oltun ravoq...
Bu sifatli er bukun xayri kasir,
Misr ichinda bor bir orif amir.
keyin mazkur kitob sahifasi ko‘rsatildi.
276


Mana shu misralardan keyin o‘sha amiming - Mamluklar sultoni- 
ning hojibul-hujjobi (eshik og‘asi) Tayxosbekning tengsiz zakovati, el- 
parvarligi, saxiylikda Hotam Toy, lutf, axloq va karamning koni ekanini 
ta’rif-tavsif qiladi. Sayfi Saroyi masnaviy nihoyasida o‘z “Guliston”ini 
ana shu amirga bag‘ishlaganini aytadi va tarjima Sa’diy “Guliston”idan 
ayrim farqli jihatlarga egaligini ta’kidlaydi:
Ul hadiya bu kitob erur mufid,
Jumla alfozi to‘lu ma’niy jadid
(Bu kitob foydali in’omdir, kitob yangi ma’nolarga to‘ladir).
Mana shu misralar ham Sayfi Saroyining tarjima ustida ko‘p mehnat 
qilganidan, Sa’diyning maqsadini keng kitobxonlar ommasiga o‘zbek ti­
lida go‘zal tilda yetkazib berganidan va o‘z ijodiy qobiliyatini namoyon 
qilganidan dalolatdir. Tarjimadagi “ma’niyi jadid” ko‘proq Sayfi Saroyi­
ning tarjima tarkibidagi she’rlariga tegishli bo‘Isa kerak.
Darvoqe, Sa’diy “Guliston”i boshqa o‘lkalarda tarjima qilingan- 
da o‘sha o‘lkaning hukmorlariga yoki yuqori mansabdagi amaldoriga 
bag‘ishlangan. Jumladan, “Guliston”ning Qoziy tomonidan 1430-yili 
turk tiliga qilingan tarjimasi Turkiya sultoni Murod II ga bag‘ishlangan.
Sayfi Saroyi asar ustida ishlash jarayonida ijodiy pozitsiyasini -
asami aynan tarjima qilmay, o‘zining adabiy-estetik qarashlarini ham 
singdirganini, eski o'zbek tilining boyligini namoyish qilganini, ijodkor- 
lik mahoratini ko‘rsata borganini boblardagi hikoyatlarda ham ko‘ramiz. 
Misollarga murojaat qilaylik.
“A w alg‘i bob”ning birinchi hikoyati vaziming ezgu fe’lligi va oqil- 

Download 16,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   430




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish