O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Nasimxon rahmonov



Download 16,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet177/430
Sana23.06.2023
Hajmi16,49 Mb.
#952986
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   430
Bog'liq
o\'zbek adabiyoti tarixi. raxmonov n. (1)

Savol va topshiriqlar
1. Mahmud Ali as-Saroyi haqida Davlatshoh Samarqandiy qanday 
ma’iumotlar bergan?
2. “Nahjul-farodis” qachon yozilgan? Asar necha bobdan iborat?
3. “Nahjul-farodis”ning birinchi bobi kimga bag‘ishlangan? Shu 
bobdan biron hikoyatni ayting.
4. “Nahjul-farodis”ning ikkinchi bobi kimga bag‘ishlangan? Shu 
bobdan biron hikoyatni ayting.
5. “Nahjul-farodis”ning uchinchi bobi kimga bag‘ishlangan? Shu 
bobdan biron hikoyatni ayting.
6. “Nahjul-farodis”ning to‘rtinchi bobi kimga bag‘ishlangan? Shu 
bobdan biron hikoyatni ayting.
269


Sayfi Saroyining hayoti va ijod!
Reja:
1
.
Sayfi Saroyi yashagan muhit, uning ijodi.
2. Sayfi Saroyi - iste’dodli tanqidchi.
3. Sayfi Saroyining “Gulistoni bit-turkiy” asari. Asaming yuzaga
kelishi.
4. “Gulistoni bit-turkiy”taijimasining o‘ziga xos xususiyatlari.
5. “Gulistoni bit-turkiy” asarida obrazlar tizimi.
6. “Gulistoni bit-turkiy”da janrlar rang-barangligi.
7. Sayfi Saroyining zamondosh shoirlariga she’riy javoblari.
8. “Suxayl va Guldursun” dostoni.
Tayanch so‘z va iboralar: 
epik janr, taxallus, Oltin O'rda davla-
ti, dardli baytlar, tarjimai hoi, zamondosh shoirlarga she ’riy javoblar,
qasida, qit ’a, ruboiylar, “Suhayl va Guldursun ” dostoni, erkin tarjima,
ijod ahli, asliyat, debocha.
Sayfi Saroyi yashagan muhit, uning ijodi. 
Sayfi Saroyi XIV asrda 
yashab ijod etgan va epik janr taraqqiyotida sezilaxli iz qoldirgan ijod- 
kordir. U 1321-yili Qamishli qishlog‘ida tug‘ilib, 1396-yili Misrda vafot 
etgan deb taxmin qilinadi.
Shoiming taxallusidan ma’lum bo‘ladiki, u Oltin 0 ‘rda davlati- 
ning poytaxti Saroy shahrida ijod qilgan. Vatan sevgisi, yurt qayg‘usi 
uning ijodida dardli baytlami paydo qildi. Shoiming “Yodgomoma” 
asari muqaddimasida ana shu baytlar bor. “Yodgomoma” - o‘tgan asr- 
ning 60-yillar o‘rtalarida Qo‘qon shahri yaqinidan topilgan. Bu asar 
“Suxayl va Guldursun” nomi bilan Sayfi Saroyi ijodidan o‘rin olgan. U 
Oltin 0 ‘rdadagi urushlar, nizolar oqibatida vatanni tark etishga majbur 
bo'lganini “Yodgomoma”ning muqaddimasida shunday misralar orqali 
bayon qilgan edi:
0 ‘sub tufrog‘im uzra nayzalar, ban evdin ayrildim,
Vatandin benishon o‘ldim-da, o‘zga yurtga evrildim.
Nechuk falak jav(i)r ayladi, qanday(in) gunohimbor?!
Ilohim, o‘yla kim javring,ban elga sodiq ul erdim98.
98Mashhur tatar olimi X.Yu.Minnegulov Sayfi Saroyi ijodi bilan izchil shug'ullangan bo‘lib,
270


Shuningdek, Sayfi Saroyi Movarounnahrda va ma’lum vaqt Turki- 
* yada ham istiqomat qilgan, Sayfi Saroyining quyidagi she’ri uning tarji- 
< mai holiga oid ba’zi tomonlami yoritishga yordam beradi:

Ilohi, bu qari miskin qulingni
Bag‘ishla ko'rguzub to‘g‘ri yo‘lingni,
Maliklar rasmidir dilshod qilmoq,
Qarisa qullami ozod qilmoq.
Sayfi Saroyi bu she’rini Misrda - Mamluklar davlatida yashayotgan 
paytda yozgan bo'lib, hayotining so‘nggi yillarini o‘sha yerda o‘tkazgan. 
, Yuqorida aytganimizdek, Oltin 0 ‘rda tanazzulga yuz tuta boshlagan 
I paytda Sayfi Saroyi Misrga ketgan. U mazkur she’ri orqali hukmdor- 
l
dan o‘z yurtiga qaytish uchun ijozat so'ragan. Bundan shunday xulosa- 
ga kelish mumkinki, Sayfi Saroyi shoh saroyidagi e’tiborli shaxslardan 
bo‘lgan. Zamondosh shoirlarga she’riy javoblaridan ham Sayfi Saroyi­
ning o‘z davridagi baland mavqei haqidaxulosa chiqarish mumkin. Sayfi 
j , Saroyi vafot etgan yillari Misr Mamluklar davlatida Zohir Sayfiddin Bar- 
i
quq ikkinchi marta (birinchi marta 1382 y.) taxtga o‘tirgan edi. 

Misr turk davlatida o‘zbek adabiyoti tarixidagi yirik hodisa sifatida 
1 Sayfi Saroyi va uning zamondoshlari adabiy merosini keltirish mumkin. 
Taxminimizcha, Sayfi Saroyining adabiy merosidan oz qismi ye­
tib kelgan. Uning bir necha g ‘azallari, qasida, qit’a, ruboiylari (uchta 
forscha ruboiysi ham), “Suhayl va Guldursun” dostoni va Sa’diy Shero- 
ziyning “Guliston” (1258-yili yozib tugallagan) asarining o‘zbek tiliga 
qilgan erkin taqimasi yetib kelgan.
Sayfi Saroyi - iste’dodli tanqidchi. Sayfi Saroyi adabiyotga ha- 
lol, e’tiqod bilan munosabatda bo‘lish tarafdori edi. Uningcha, adabi­
yot, jumladan she’riyat - bir bog‘. Boqqa bulbul ham, zog‘ ham kelib 
qo‘naveradi. Ijod ahlining she’riyat bog1 idagi o‘mi alohida. Ijodda o‘mini 
topgan shoirlar “bulbul”, shunchaki adabiyot atrofida o'ralashib yurgan- 
lar “zog‘”lardir. Quyidagi she’r ana shular haqida ma’lumot beradi:
yangi topilgan asami “Yodgomoma” deb ataydi. Zotan, bu asar qoMyozmasi debocha&idan “Suxayl 
va Guldursun” dostonidan tashqari, Tug‘li Xoja va Mavlono Is’hoq Xorazraiylaming bittadan 
g'azali, Mavlono Abmad Urganjiyning uchta she’riy parchasi, qolaversa, Sayfi Saroyining taijimai 
holiga aloqador mazkur baytlari o ‘rin olgan (Tatar adabiyoti tarixi, tatar tilida. Olti jildlik, birinchi 
jild, Qozon, Tatariston kitob nashriyoti, 1984, 247-b.). Shularga ko‘ra, “Suxayl va Guldursun” 
degan nomdan ko‘ra, “Yodgomoma” deb atash to‘g ‘riroq ekani ma’lum bo‘ladi.
271


Jahon shoirlari, ey, gulshani bog‘,
Kimi bulbul durur so‘zda, kimi zog‘.
Kimi to‘ti bikin chaynar shakami,
Kimi lafzi bila o‘rtar durarni.
Kimning so‘zlari mavzunu shirin,
Kimining loyiqi tashrifu tahsin,
Kimi o‘zganing ash’orin menim der,
Kimi halvo kibi shalg‘om cho‘bin yer,
Kimi ma’ni qo‘yub, lafzin tuzotur,
Kimi vaznni buzub, san’at kuzotur.
Alarning ush biri Sayfi Saroyi,
Jahon oriflarining xoki poyi.
Ani sen jumla shoir kamtari bil,
Qamar yuzga hamisha mushtari bil.
Qarshilantirish usulida yozilgan bu she’r Sayfi Saroyining katta 
adabiyotshunos olim, o ‘z davrining tanqidchisi ekanini ko‘rsatadigan 
bir dalil. Uning she’riyatga halol munosabatda bo‘lish kerakligi haqidagi 
qarashlaridan shu narsa anglashiladiki, u o‘z davri she’riyatidan, ada­
biy jarayonidan doimo xabardor bo‘lib turgan, ijodkorlardan she’riyatga 
mas’uliyat bilan munosabatda bo‘lish tarafdori. Shoir ahliga bunchalik 
talabchan ijodkor hukmdor saroyida katta mavqega ega bo‘lishi tabiiy 
hoi edi. Qolaversa, she’riyatga halollik bilan munosabatda bo‘lish ha­
qida she’r yozgan shoiming devoni bo‘lmasligi mumkin emas. Bunday 
she’mi shoir ahli orasida e’tibor qozongan va e’tirof etilgan shoir yozishi 
mumkin. Ammo uning devoni hali noma’lum.
Quyidagi parcha Sayfi Saroyining tarjimai holiga aniqlik kiritish bi­
lan bir qatorda, adabiyotda o ‘z o‘miga ega shoir bo‘lib tanilganini va 
e’tirof etilganini dalillaydi:
Qamishli yurt manim tuvg‘on elimdi,
Bilik g‘urbatg‘a kelturg‘on bilimdi.
Kelib o‘ldim Saroyda she’r fidoyi,
Saroyning shoiri, elning gadoyi.
Shoir birinchi misrada o‘zi tug‘ilgan yurt Qamishli haqida xabar 
bermoqda. Nasrullo Davron “Gulistoni bit-turkiy”ni nashrga tayyorlab,
272


o‘zbek kitobxonlariga taqdim etar ekan, bu joyni Xorazm viloyatidagi 
Sariqamish qishlog‘i deb taxmin qiladi. N.M.Mallayev ham shu fikrda 
bo‘lgan edi.
Ikkinchi baytda, ayrim adabiyotshunoslar aytganlariday, shoir ij­
timoiy ahvoli - g‘urbatda yashagani haqida emas, balki bilim olish, 
o‘rganish mashaqqatli ekaniga ishora qilmoqda. Uchinchi va to‘rtinchi 
misrada 

Download 16,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   430




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish