O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Nasimxon rahmonov



Download 16,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet175/430
Sana23.06.2023
Hajmi16,49 Mb.
#952986
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   430
Bog'liq
o\'zbek adabiyoti tarixi. raxmonov n. (1)

Imom
Shofe’, 
Imom
Malik, 
imom Ahmad va “ahli bayt” Fotima, Hasan va Husaynga oid voqealar 
bayon qilingan. Bobning har bir fasli bir xalifaga - birinchi fasl Abu 
Bakr (Siddiq)ga, ikkinchi fasl - xalifa Umarga, uchinchi fasl - xalifa 
Usmonga, to‘rtinchi fasl - xalifa Aliga bag‘ishlangan. Qolgan fasllar Fo­
tima, Hasan va Husayn, Imom A ’zam, Abu Xanifa, Imom Shofe’, Imom 
Malik, 
Imom
Ahmad Xanbalga 
oid voqealami o ‘z
ichiga oladi.
Asarda Abu Bakr Payg'ambaming eng yaqin do‘sti, shijoatli saho- 
basi ekanligi Imom Sog‘oniyning “Mashoriq ul-anvor” nomli kitobidan 
keltirilgan hadis orqali dalillanadi. Masjidga istagan darvozadan kirish 
uchun imtiyoz faqat Abu Bakrga berilgani to‘g‘risidagi hikoyat yoki 
Abu Bakr yettita zaif qulni sotib olib, ulaming jonini saqlab qolish uc­
hun uyiga olib kelib, mehribonlik ko‘rsatgani to‘g ‘risidagi hikoya ibratli; 
asarda islom endigina hayotga kirib kelayotgan paytda islom fidoyilari- 
ning jonbozliklarini hayotiy voqealar orqali dalillaydi.
“Nahj ul-farodis”da xalifa Usmon bilan bog‘liq hikoyatlar.
Mahmud Ali xalifa Usmon to'g'risidagi bobda uning hayotiga oid yetti­
ta voqeani tanlab oladi. Har bir hikoya takrorlanmas, xalifa Usmonning 
biron qiyofasini, ayni paytda uning atrofidagi boshqa tarixiy shaxslar- 
ning hamda o‘z davridagi insoniyatning ichki olamini ochib berishga 
xizmat qiladi. Ayni paytda hikoyatlar bir-birini to‘ldirib boradi. Usmon 
Payg'ambar alayhissalomning hurmatiga benihoya sazovor bo‘lgani, 
Payg'ambar hatto uni Abu Bakr va Umardan ham ortiq izzat qilgani 
to'g'risidagi hikoyatdan boshlanib, Usmonning qarg'ishi bir kechada bir 
nokasni qo'lsiz, oyoqsiz, ko'zsiz qilib qo'ygani to'g'risidagi hikoya bi­
lan tugaydi.
264


Mahmud Ali hikoyatlami turli manbalardan olgan, ammo voqealar 
bayonida shunchalik izchillikni saqlaganki, xalifa Usmon - xalifa va amir 
ul-mo‘minin hamda Payg‘ambaming eng yaqin, suyukli safdoshi ekani 
kitobxonda unga nisbatan chuqur hurmat uyg‘otadi, voqealar bir-biriga 
bog‘lanib, yaxlitlik kasb etadi. Xalifa Usmonning shijoati, adolati shu 
o‘rinlarda yanada aniq ko‘rinadi. Quyidagi voqeaga diqqat qilaylik: xa­
lifa Umar vafotidan keyin, Usmon xalifalik taxtiga o ‘tirdi. Xalifa Umar 
davrida Damashq begi bo‘lib tayinlangan Muoviya oldingiday beklik 
qilaverdi. Bu yerda Abu Zar G‘afforiy degan ulug‘ yoshli, Payg‘ambar 
xizmatida bo‘lgan sahobaga ko‘p odamlar xizmat qilardi. U parhyezkor- 
lik bilan umr kechirar, Umardan ko‘rsatma olib, shoyad shahidlik na- 
sib qilib qolsa deb, Shomga g‘azot uchun lashkarga bosh bo‘lgan edi. 
Ammo unga shahidlik nasib bo‘lmagach, Damashqda qoldi. Damashq 
begi Muoviya bu yerda katta saroylar qurdirdi. Abu Zar kelib, Muo- 
viyaga: “Sen Payg‘ambar a.s.ni ko‘rgansan, uylarini ham ko‘rgansan, 
ammo Payg‘ambardan o ‘mak olmaysan. Payg‘ambar 
a.s.
qachon bun- 
day saroylarda o‘tiribdiki, sen o ‘tiribsan?! ” deb ta’na qildi. Muoviya 
esa amirul-mo‘minin Usmonga maktub yozdi. Maktubida Abu Zardan 
ihikoyat qilib, u meni hurmat qilmaydi, xizmatimni qilmaydi, yoningiz- 
ga olib ketsangiz, deb iltimos qiladi. Usmon Abu Zami Damashqdan 
Madinaga olib keldi va unga nasihatlar qildi, Kunlaming birida Usmon- 
ning huzurida Ka’bul-axbor o‘tirgan ekan. Abu Zar G'afforiy amirul- 
mo‘minin Usmonga, boylarga buyuring, darveshlar, miskinlar zakot be- 
rishlari kerakligini uqtirsinlar, deb aytdi. Shunda Ka’b ul-axbor, zakot 
berish farz, zakotdan boshqa narsa berish farz emas, deb uqtiradi. Shunda 
Abu Zar: “Ey yahudiy bolasi ! Sen nega amirul-mo‘minin Usmon hazrat- 
iari huzurida menga shakkoklik qilib o‘rgatyapsan?” deb qo‘lidagi hassa 
bilan Ka’bul-axboming boshiga urib yordi. Amirul-mo‘minin Usmon 
Abu Zarga, sen tilingni, qoiingni musulmonlardan yig‘ib tur, Ka’b ul- 
axborning bu so‘zlari uchun urmoq yoki so‘kmoq shariatda yo‘q, bu qil- 
ganing yaxshi emas, deb tanbeh beradi. Shundan so‘ng amirul-mo‘minin 
Usmon Abu Zarga shunday maslahat berdi: “Ey Abu Zar, sen mana shu 
odamlardan uzoq tursang, odamlaming yomon ishlarini ko‘rmasang, Haq 
Taologa ibodat qilsang, tunu kun Haq bilan birga bo‘lsang”. Abu Zar 
rozi bo‘ldi. Usmon undan, Zabda degan joyga borasanmi, deb so‘ragan 
edi, Abu Zar o ‘sha joyga borishga rozi bo‘ldi. Amirul-mo‘minin Abu 
Zami xotini bilan kimsasiz Zabdaga jo ‘natdi. Er-xotin u yerda uzoq yas-
265


hadilar. Bir kun Abu Zar kasal bo‘lib qoldi. Xotini, agar o ‘lib qolsangiz, 
na yuvadigan bir odam, na kafan, na janoza o'qiydigan odam bor, deb 
yig‘ladi. Shunda Abu Zar xotiniga, tepalikka chiqib, yo'lga qara, kimsa 
kelyaptimikan, dedi. Xotini karvon kelayotgani haqida eriga aytdi. Xo- 
tin karvonni chaqirdi. Odamlar kelib, ahvolni bildi. Odamlar Abu Zami 
tanidilar. Abu Zar ularga Payg'ambar as.ning bashoratini aytib berdi. 
Payg'ambar hayotligida sahobalariga shunday degan ekan: “Orangizda 
bir odam bor, u sahroda vafot etadi. Uning oldida hech kim bo'lmaydi. 
Haq Taolo bir to‘da odamni yuboradi. O'sha odamlar uni yuvadilar, ka- 
fanlaydilar, namoz o'qiydilar va dafn qiladilar. Payg'ambar as. bu so'zni 
men haqimda aytgan ekan. Haq Taolo sizlami yuboribdi. Endi mening 
kafanim yo'q, menga kafan topsalaringiz. Ammo meni shunday odam 
kafanlashi kerakki, u umrida beklik qilmagan bo'lsin, elchi bo'lmagan 
bo'lsin, hatto mahallada ham bosh bo'lmagan bo'lsin.” Shu payt odamlar 
orasidan bir yigit chiqib, o'sha aytganingiz menman, deb javob berdi. 
U yigit yuklari orasidan kafanlik olib keldi. Abu Zar vafot etgach, uni 
yuvdilar, namoz qildilar va dafn etdilar. Karvonboshi Ibn Mas’ud Abu 
Zaming xotinini Madinaga olib keldi.
Mahmud Alining nasr ustasi ekani ana shunday o'rinlarda yanada 
aniq ko'rinadi. Voqealar nihoyatda ta’sirchan, dramatik lavhalarga boy. 
Xalifa Usmonning ulug'larga boTgan izzat-ikromi, e’tiqod va insoniylik 
yo'lida har qanday gunohlami kechirishi, Abu Zaming ulug' mutasav- 
vuf sifatida e’tirof etilishi voqealari, Abu Zaming o'z e’tiqodi yo'lidagi 
qat’iyati bu lavhalami tom ma’nodagi hikoyat deb qarashga imkon be­
radi. Abu Zar e’tiqodiga mos ravishda kimsasiz sahroda yashash uchun 
amirul-mo'minin Usmonning taklifini bajonidil qabul qildi. Zotan, Abu 
Zar uchun eng maqbul joy sahrodir. Bu yerda u gunohkor insonlaming 
kirdikorlarini, munofiqliklarini ko'rmaydi, ruhan azob chekmaydi. Shu 
tariqa Mahmud Ali Muoviyaning ham, Abu Zaming ham, Usmon va 
Ka’b ul-axboming ham feT-atvorini yaxshi ochib beradi, har birining 
hayotidagi biron diqqatga sazovor voqeadan hikoya janrini shakllantirib, 
adabiyotni boyitdi.

Download 16,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   430




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish