O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Nasimxon rahmonov


kur  qo‘lyozma bilan tanishib, fotonusxasini oladi va 1954-yili Anqarada  kichik



Download 16,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet179/430
Sana23.06.2023
Hajmi16,49 Mb.
#952986
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   430
Bog'liq
o\'zbek adabiyoti tarixi. raxmonov n. (1)

kur 
qo‘lyozma bilan tanishib, fotonusxasini oladi va 1954-yili Anqarada 
kichik 
kirish so‘z bilan qo‘lyozmaning faksimilesini nashr ettiradi. 
Qo‘lyozma yaxshi saqlangan, ammo xatolari ко‘p. Faridun Nafiz Uzluk- 
ning 
aytishicha, qo‘lyozma Sayfi Saroyining dastxatidir. Qo‘lyozmaning 
birinchi sahifasida forscha va turkiyeha yettita she’r bor. She’rlaming 
mualliflari ham, dastxatlari ham har xil. Birinchi to‘rtlik Mahmud Gulis- 
toniy degan shoimiki bo‘lib, Iroqdan mag‘lubiyatga uchrab qochib kel­
gan 
shahzoda Ahmadga bag‘ishlangan. Qo‘lyozmaning uchinchi sahifa-
273


sida mazkur tarjimani Saroy shahridan Sayfi otlig1 kishi amir Tayxasga 
bag‘ishlagani to‘g ‘risida aytiladi. 
To‘rtinchi 
sahifadan 
Sa’diy 
“Guliston”ining tarjimasi boshlanadi. So‘ng Sayfi Saroyi tarjimani 
to‘xtatib, o‘z she’rlarini qo‘lyozmaga kiritadi. Keyin mazkur asami tar­
jima qilish sabablarini bayon etadi. Qo‘lyozmaning 11-14-sahifalarida 
Sayfi Saroyi 87 baytdan iborat she’rini keltiradi.
Qo‘lyozmaning oxirgi sahifasida Sayfi Saroyining 13 baytdan ibo­
rat she’ri keltirilgan bo'lib, tarjima tugallangan sana ko‘rsatilgan. Bu 
she’rdan ma’lum bo'lishicha, “Guliston” tarjimasi tamomlangan paytda 
(hijriy 793-yilning shawal oyi — milodiy 1391-yilning avgust oyi) Sayfi 
Saroyi 70 yoshda bo'lgan.
“Guliston”ning tarjimasi to‘g‘risida 1955-yili yana bir turk oli- 
mi Abdulla Battol Taymas jiddiy maqola e’lon qildi va bu maqolasida 
asaming til xususiyatlarini tadqiq etdi. Maqola muallifining yozishicha, 
“Gulistoni bit-turkiy”ning tili qipchoq tilidir. Arab-fors so‘zlariga imkon 
qadar kam o‘rin berilgan, turkiy so‘zlar ko‘p ishlatilgan. Ba’zi so‘zlar 
turli fonetik variantda beriladi. Bundan ma’lum bo‘ladiki, Misr turk dav- 
latida turkiy qabila-urug‘lar ko‘p bo'lgan, ammo adabiy til mezonlari 
ishlab chiqilmagan, shu bois ma’lum so‘zlaming talaffuzida beqarorlik 
hukm surgan.
Asar Oltin 0 ‘rdadagi tarjima adabiyotlarining Misrdagi an’anaviy 
davomidir.
Sayfi Saroyi “Gulistoni bit-turkiy”ni tarjima qilar ekan, birinchi 
navbatda, turkiy tilda so‘zlashuvchi keng kitobxonlar ommasini nazar- 
da tutdi. Shu bois asar tarjimasida arabcha va forscha so‘zlar o‘miga 
ko‘proq xalqona iboralardan foydalandi, eski o‘zbekcha va qadimgi tur- 
kiycha so‘zlardan istifoda etdi; xullas, tarjimani xalqqa yaqin tilda ya­
ratdi. Ikkinchidan, Oltin 0 ‘rdadagi adabiy muhit ancha yuksalgan, Oltin 
0 ‘rda davlatida turkiy adabiyotga va turkiy tilga e’tibor kuchaygan edi. 
Garchi bu davrdagi adabiyot - turkiy adabiyot, til - turkiy til deb yuri- 
tilsa ham, turkiy tilli xalqlar orasida alohida mavqe tutgan Oltin 0 ‘rda 
adabiy muhitida yaratilgan asarlar til jihatdan har bir o'zbek kitobxoniga 
juda yaqin. Aynan “Gulistoni bit-turkiy”ning tili buni to‘liq tasdiqlaydi. 
Qolaversa, Oltin 0 ‘rdada amal qilgan til ham chig‘atoy tiliga juda yaqin, 
aniqroq qilib aytganda, 0 ‘rta Osiyo chig‘atoy tilidan unumli oziqlangan 
edi"._____________________
wTo‘liqroq m a’lumot olish uchun qarang: Rahmonov N. O 'zbek adabiyotini davrlashtirish 
masalalari. - Toshkent, “MUMTOZ SO”Z” nashriyoti. 2016, 74-75-b.
274


Sa’diyning “Guliston”i keyingi asrlarda ham bir necha marta qator 
ijodkorlar tomonidan, jumladan, Ogahiy, mulla Murodxo'ja (1909) tar­
jima qilingan.
“Gulistoni bit-turkiy”ning tuzilishi Shayx Sa’diyning “Guliston” 
asaridan farq qilmaydi. Har ikkalasida ham asar sakkiz bobdan iborat. 
Sa’diyning “Guliston”idagi boblar nomlari “Gulistoni bit-turkiy”ga so- 
lishtirilganda, nisbatan asliyatga yaqinlik kuzatiladi. Sayfi Saroyi boblar 
nomlarini deyarli o‘zgartirishsiz tarjima qilgan:

Download 16,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   430




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish