O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Nasimxon rahmonov


Hikoyat. Bu janr qissalaming tarkibida berilgan. Rabg‘uziy qissa- 240



Download 16,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet163/430
Sana23.06.2023
Hajmi16,49 Mb.
#952986
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   430
Bog'liq
o\'zbek adabiyoti tarixi. raxmonov n. (1)

Hikoyat.
Bu janr qissalaming tarkibida berilgan. Rabg‘uziy qissa-
240


ning qahramoni - biron payg‘ambar yoki boshqa shaxsning hayotidagi 
biron voqeani tasdiqlash, kitobxonning diqqatini jalb qilish uchun o‘sha 
voqea mazmuniga hamohang hikoyat keltiradi.
“Qissasi Rabg‘uziy”da qissalardan ko‘ra hikoyatlar ко‘p. Hikoyat- 
laming ba’zilari biron payg‘ambaming sifati va m o‘jizaviy qudratini tas­
diqlash uchun keltirilgan. Masalan, Iso alayhissalom qissasida Isoning 
xastalarga shifo berish, oTiklami tiriltirish qudratini tasdiqlash maqsadi- 
da Rabg‘uziy bir hikoyat keltiradi.
Iso bir xumdan suv ichgan edi, suv achchiq ekan, to‘kib tashladi. 
So‘ng ariq suvidan ichgan edi, suv chuchuk ekan. Hayron bo‘Iib so‘radi: 
“Ariq suvi chuchuk, xumning suvi achchiq. Buning hikmati nimada 
ekan?” Shu lahzada: “Xumdan so‘ra”, degan nido keldi. Olloh Taolo 
xumga til ato qildi va Iso boyagi savolini berdi. Xum shunday javob 
berdi: “Men inson edim, o ‘ldim. Ko‘p yillar o ‘tdi. Etim, tanam, suyakla- 
rim chiridi, tuproqqa aylandi. 0 ‘sha tuproqdan xum yasadilar. Suvning 
achchig‘i jonning achchig‘idir”. Ayishlaricha, Isoga bir xilda turish ravo 
emas edi. U yurganda, xastalar manfaat topar edilar. Iso qachon harakat- 
da bo‘lib, yurganda, xaloyiq ozor topar edi.
Yoki Iso haqidagi boshqa bir hikoyatda uning faqirlikni ixtiyor qil- 
gani bayon etiladi. lnsonlar mol-dunyo tashvishida umrini behudaga 
o‘tkazishlari aqldan emas degan o ‘gitni ilgari suradi, faqirlik ulug‘lanadi.
Bir kuni Iso cho‘Iga chiqdi. Inidan chiqayotgan bir tulkini ko‘rdi. Iso 
aytdi: “Tulkining uyi bor, Isoniki yo‘q”. Odamlar bu gapni eshitib: “Biz 
senga bir uy qurib beraylik”, dedilar. “Molim yo‘q”, dedi Iso. Odam­
lar mol yig‘dilar, so‘radilar. “Qayerda quraylik?” Iso dengiz qirg‘og‘iga 
bordi va “Qumning ustiga quringlar”, dedi. Odamlar aytdilar: “Qum us- 
tida uy turadimi?” “Oqil odam bu dunyoda uy qiladimi?!” deb javob 
berdi Iso.
Rabg‘uziy bu hikoyatni keltirish orqali uy qurishni emas, balki 
hashamatlilikni qoralaydi, inson hashamat bilan yashar ekan, buning 
oqibatida inson ko‘p narsadan - e’tiqod, maqsad, ko‘pchilikka manfa­
at keltirish, ruhiy sobitlik, m a’naviy uyg'oqlikdan mahrum bo‘ladi, deb 
aytmoqda. Iso ana shu fazilatlami o‘zida mujassam etgan solih zot eka-
241


nini ta ’kidlamoqda.
Ayrim hikoyatlaming tuzihshi, bayon usuli esa ertaklamikiga 
o ‘xshaydi. “Qissai valodati Muhammad Rasulullohi Sallallohu alayhi 
va sallam”da Muhammad a.s.ning dunyoga kelishiga oid hikoyat bor. 
Bu hikoyatni uch qismga bo‘lish mumkin. Hikoyatning birinchi qismi 
xuddi ertaklaming boshlanmasi singari makon tasviri bilan boshlanadi: 
“Shorn viloyatindag‘i malikning bir Fotima otlig‘ qizi bor erdi”. Hiko- 
yadagi bundan keyingi voqealar safar (Fotimaning qullari va xizmatkor- 
lari bilan molu boyliklarini tuyalarga yuklab, Makkaga kelishi) motivini 
eslatadi. Voqealar rivojida g‘ayritabiiy detal - Abdullohning qo‘lidagi 
nur alohida tasvirlanadi, Fotima o ‘sha nur ilinjida Abdullohga, menga 
uylangin, deb taklif qiladi, ammo nur Abdullohdan o ‘z zavjasi Aminaga 
o4ib qoladi va Amina yukli bo‘ladi. Shu orada Abdulloh vafot etadi. Ab- 
dulloh vafotidan keyin Amina o‘g‘il tug‘adi. 0 ‘g‘ilning tug‘ilish lavhasi 
g ‘aroyib tarzda beriladi: jamiki farishtalar o ‘g ‘il tug‘ilishi arafasida ha- 
voda yig‘ilib turadilar. Farishtalar olamning faxri ana shu tug‘ilajak cha- 
qaloq ekanini bashorat qiladilar. Chaqaloq o ‘g‘il tug‘ilganda, bir parcha 
oq bulut tushib, uni osmonga olib chiqib ketadi.
Xuddi shu voqeadan so‘ng Rabg‘uziy voqeani tamomila boshqa to- 
monga buradi. Bu voqeani kiritma hikoya deb atasak to‘g‘riroq bo‘ladi. 
Bir parcha oq bulut tushib kelib, chaqaloq Muhammadni osmonga olib 
chiqib ketgandan keyin Muhammadning sifatlari Tavrotda, Zaburda, In- 
jilda bayon qilingani, oq bulut doimo Rasulga umri davomida hamroh 
bo‘lgani, Rasulning onasi Amina ammasi Otikaga yuz bergan voqealar- 
ni - o ‘g ‘li bilan bog‘liq mo‘jizalami hikoya qilib bergani va Rasulning 
keyingi hayotiga oid ko‘p voqealar hikoya qilinadi (2-jild, 104-105). Gu­
nohkor bandalar ming yil kofir bo‘lganda ham, bir soat Muhammadga er- 
gashsa, gunohlari yuvilib ketishi haqidagi voqea bilan Rabg‘uziy kiritma 
hikoyani nihoyasiga yetkazadi.
Ana shu o‘rinda Rabg‘uziy hikoyachilikdagi mahoratini namoyon 
qiladi. U mazkur hikoyani qolgan joyidan - oq bulut chaqaloqni osmon­
ga olib chiqib ketgan joyidan 

Download 16,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   430




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish