O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Nasimxon rahmonov


Rabg'uziy - manbashunos va tanqidchi



Download 16,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet160/430
Sana23.06.2023
Hajmi16,49 Mb.
#952986
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   430
Bog'liq
o\'zbek adabiyoti tarixi. raxmonov n. (1)

Rabg'uziy - manbashunos va tanqidchi. 
Rabg'uziy qissalami 
hikoya qilar ekan, nozik didli, chuqur bilimli adabiyotshunos sifatida 
qissalaming mavjud variantlarini o'rganadi, qaysi rivoyat haqiqat, qaysi
“ Nosiruddin Burhonuddin Rabg'uziy. Qisasi Rabg'uziy. 1 jild. Toshkent. “Yozuvchi” nashriyoti. 
1 990,10-b. (Bundan keyingi misollar shu nashrdan olinib, faqat asar jildi va sahifasi ko‘rsatiladi.)
232


biri uydirma ekanini tahlil qiladi. U qiyosiy usuldan foydalangan hol­
da, o ‘z qarashlarini ilgari suradi. U manbashunos va tanqidchi sifatida 
qarashlarini tasdiqlash yoki noto‘g‘ri dalillarni rad qilish uchun rivo­
yat hamda xabar janrlaridan foydalanadi. Bu jihatdan Rabg‘uziyning 
rivoyat janridan foydalanish usuli Beruniynikiga o‘xshaydi. Rabg‘uziy 
deyarli har bir qissa tarkibida “savol” va “javob” keltiradi. Bu “savol” 
va “javob”lar voqealarga aniqlik kiritish, ularga kitobxonni ishontirish 
maqsadida keltiriladi. Buning uchun dalillaming bir nechtasini kitobxon 
hukmiga havola qiladi. Bir misol keltiraylik:
Olloh Taolo o ‘tdan yaratgan Jonn ismli xalq to‘g ‘risida uch dalilni 
Rabg‘uziy bayon qiladi. Biri - Kalbiyning rivoyati, ikkinchisi - Abdul­
la ibn Abbosning rivoyatidir. Uchinchi dalil sifatida boshqa bir xabami 
keltiradi. Har uchalasida keltirilgan dalillar bir-biridan tamomila farqli, 
bir-birini toldirmaydi, aksincha, bir-biriga ziddir. Rabg‘uziy aslo, mana 
bu dalil yoki rivoyat ishonchlidir, deb aytmaydi, balki ishonchli dalilni 
oxirida keltirib, boshqa dalillarga nisbatan batafsil bayon qiladi. Uning 
ishonchli rivoyat yoki ishonchli xabar janriga qo‘ygan talabi shudir. Yu­
qoridagi Kalbiy rivoyatida o ‘tdan yaratilgan Jonn ismli xalq dunyoni 
yetmish ming yil boshqardi. Abdulloh ibn Abbos rivoyatiga ko‘ra esa, 
o‘n sakkiz ming yil boshqardi, degan m a’lumotni keltiradi. Har ikkala 
rivoyat ham Rabg‘uziyda to‘laqonli ishonch hosil qilmaydi va uchinc­
hi dalilni - xabami keltiradi. Xabaming Rabg‘uziy uchun ishonchliligi 
shundan iborat: Mavlo Taolo dunyoni yaratganda, yemi qushlarga mulk 
qilib berdi, yetti ming yil qushlar boshqardi. Undan so‘ng Jin ibn al- 
Jonnga berdi, yetti ming yil uning xalqi boshqardi. U xalq ko‘p gunoh 
ishlar qildi, qon to ‘kkanlari uchun, yemi ulardan olib, farishtalarga berdi. 
yetti ming yildan keyin farishtalardan olib, yer yuzida xalifa yaraturman, 
deb xitob qildi.
So‘nggi xabami Rabg'uziy ishonchli deb topgani uchun batafsil hi­
koya qiladi. Shu xabardan keyin keltirilgan “savol” va “javob” aynan 
xabarda keltirilgan voqealami yana bir marta tasdiqlash uchun keltiril­
gan (14-15-bet).
Rabg‘uziy qissa, rivoyat, xabar va boshqa janrlar tarkibiga olib kir- 
gan “savol” va “javob” “Qisasi Rabg‘uziy” tarkibida muhim qism ekani- 
ga e’tibor qaratish lozim. Rabg‘uziy barcha “savol”ga hikmat, y a’ni sir, 
sabab yuklaydi, “javob” ana shu sirlami, sabablami ochadi.
B a’zan qissa tarkibidagi “savol” bitta bo‘lgani holda, javoblaming
233


bir necha variantlari keltiriladi. Masalan, “Y usuf’ qissasi boshlanishida 
“ahsan ul-qasas” - “qissalaming eng go‘zali” deb ta ’rif beriladi. So‘ngra 
Rabg‘uziy “Y usuf’ qissasining mohiyatiga va qissaning haqiqatan go‘zal 
qissa ekaniga e ’tibomi qaratadi: “SAVOL: “Ahsan” demakda hikmat 
ne erdi?” Rabg'uziy bu savolga to‘qqizta javob ilova qiladi. Javoblar 
so‘ngida “Y usuf’ surasi o‘n turli qayg‘udan xalos qiladigan sura ekanini 
ta’kidlaydi (100-b.) Umuman, savol va javoblar qissalaming asosiy maz- 
muniga urg‘u qaratishga, qissalami to ‘g ‘ri tushunishga xizmat qiladi.
Rabg'uziy o‘z davrining yetuk adabiyotshunos olimidir. U dalil- 
laming ishonchli ekanini tasdiqlash usullarini topadi. “Qissai Ismoil 
alayhissalom” va “Qissai zabihi Ismoil alayhissalom”da Rabg'uziy is­
honchli manbaga tayanish uchun qiyosiy usuldan foydalanadi. Bu usul 
Rabg'uziyning nuktadon adabiyotshunos sifatidagi qirrasini ko'rsatadi. 
Jumladan, Ismoil Hojardan tug'ilgani voqeasini hikoya qilganda, ikki 
rivoyatni qiyoslaydi. Ba’zi rivoyatlarga ko‘ra, deydi Rabg'uziy, Ismoil 
Hojardan shu yerda (ya’ni o'zlari yashab turgan Kan’on yurti - N.R.) 
tug'ildi, ayrim rivoyatlarga qaraganda, Hojaming oy-kuni yaqinlashgan- 
da, Sora sabr qilmay, Hojami o'zlari yashab turgan joydan Ibrohim bilan 
birga jo'natib yubordi. Ikkinchi rivoyatni Rabg'uziy ishonchli deb top- 
gani uchun, shu variantim hikoya qiladi.
B a’zi rivoyatlarda kelmish, Ismoil Hojardin mundag'uq tug'di. 
Yana 

Download 16,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   430




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish