O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Nasimxon rahmonov



Download 16,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/430
Sana23.06.2023
Hajmi16,49 Mb.
#952986
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   430
Bog'liq
o\'zbek adabiyoti tarixi. raxmonov n. (1)

Yovuzlik qilmaslik. Yaxshilik
qilish. Aqlni poklash.
Buddaviylikda uch xazina nihoyatda qadrlangan, 
shuning uchun ham har doim buddaviylikka e’tiqod qiluvchilar bu uch 
xazinani ko‘z-ko‘z qilib emas, balki o'z zimmalariga majburiyat sifatida 
olib, e’tiqodning asosiy tayanchi sifati deb bilganlar.
Bu uch xazina “uch zahar” yoki uch turli yomon qilmish deb atala- 
digan zararli odat va ko'nikmalarga - ochko'zlik yoki shahvoniy istak, 
nafrat, yo'ldan ozish yoki nodonlikka qarshi qo'yiladi.
Insoniyat “uch xazina”ga bog'lanib, “uch zahar”dan qochishga in- 
tilishni maqsad qilib olishi lozim (IV 9b -10a). Darvoqe, odamzodning 
tabiati doimo dunyo viy lazzatga moyil bo‘lib kelgan. Dunyoviy lazzat
- inson uchun boshpana, maskan. Faqat tashqi olam insonning tana is- 
taklarini qondira oladi. Kimdir pul va boylikdan lazzat topib, uni o‘ziga 
maskan deb biladi, kimdir giyohvand moddalardan, kimdir lazzatli ov- 
qatdan, kimdir dengiz bo'yida dam olishdan lazzat topib, tashqi dam ­
ning huzur-halovatini hayotning asosiy mazmuni deb biladi, o'zini bax- 
tiyor, hamma narsaga erishgan deb hisoblaydi. Ammo inson umr bo‘yi 
botiniy ozodlikni - botiniy maskanni izlaydi.
“Oltun yorug‘”da ruhiy kamolotga intilish jamiyatning hamma to- 
monini va hamma qatlamini qamrab olgan. Hammasining ostida insonga 
muhabbat yotadi. Insonning kamoloti uchun, birinchi navbatda, mamla- 
katda adolat barqaror bo‘lmog‘i, qonun-qoidalar amal qilmog'i lozimligi
- asardagi muhim aqidalardandir. Qonun-qoidalarga amal qilish - bud­
daviylik aqidalariga rioya qilishni anglatadi, ya’ni solihlik, poklik har 
bir odamning shiori bo‘lishi kerak. Jumladan, asaming uchinchi bobida 
bu haqda shunday deyiladi: “Qaysi bir yurtdagi podshoh, bek, amaldor 
to‘g‘ri qonun-qoida bo‘yicha yursa, bu kitobdagi farmonlar bo‘yicha 
yursa, xalqi ham shu kitobdagi qonun bo‘yicha yuradi”.
“Oltun yorug‘”ning shu bobida yana aytilishicha, insonning shon- 
shuhrati uning mulkidan iborat emas. ya’ni inson boyligiga tayanib shon- 
shuhratga erishmaydi. “Boylik, - deyiladi bu asarda, - qonunni oyoq osti 
qilishga olib boradi. Inson boylikdan nafratlansagina, qonun-qoidani 
hurmat qiladigan bo'ladi. Inson bu olamdan manfaat izlamagandagina,
101


shon-shuhratga erishib, ta’magirlikka, faoliyatsizlikka, ruhsizlikka chek 
qo‘yadi”. 0 ‘zlikni namoyon qilish, ko‘pchilikning izzat-hurmatiga sa­
zovor bo‘lish ham manfaat izlamaganda paydo bo‘ladi. “Oltun yorug1” 
asaridagi “haqiqiy bilim”ni - aqidalar, o‘gitlami yuragiga joylay olgan- 
dagina, inson fazilatlilar qatoriga o‘tadi. Haqiqiy bilimni egallagan odam 
bu dunyoda solih hayot kechirib, jamiki jonzotlaming azob-uqubatlariga 
sherik bo‘ladi. Jonzotlarga najot bag‘ishlash, ulaming azoblariga sherik 
bo‘lish, jon fido qilib bo‘lsa ham yordam berish - “Oltun yomg‘”dagi 
yana bir muhim aqidadir. Ana shu aqidaga amal qilgan odam “tanalar- 
ni, tirik jonlami o‘ldirmaydi, birovning mol-dunyosini tortib olmaydi, 
o‘g‘irlik qilmaydi, boshqalaming xotiniga bog‘lanmaydi, yolg‘on gapir- 
maydi, tuhmat qilmaydi, qo‘pol, yoqimsiz so‘z so'zlamaydi, tilyog‘la- 
malik qilmaydi, hasad qilmaydi, boshqalarga g‘azabini sochmaydi” 
(IV). Bir so ‘z bilan aytganda, oddiy hayotiy haqiqatni anglab, unga rioya 
qilish shudir.
Ochko‘zlikka olib keladigan oqibatlardan ham tanani, ham ko‘ngilni 
tiyish yana bir fazilatdir. G‘azabni tiyish, ko‘ngilni kirlardan ketkazib 
ruhan poklanish, bilimlilik va aqllilikni paydo qilish kabi qator fazilatlar 
ham insoniyatning bezagidir, deb uqtiriladi asarda.
Botinan va zohiran komil, ruhan sobit insonni tarbiyalash masa- 
lasi islomiyatdan oldin ham jiddiy masala bo‘lib ko'tarilgan. “Oltun 
yorug1 ”dagi bu singari aqidalar ma’naviy barkamol insonni tarbiyalash- 
da bugun ham katta ahamiyatga ega.
Turkiy budda she’rlarining asosiy mazmuni budda g‘oyalarini targ‘ib 
qilishdan iborat bo‘lsa-da, bu she’rlaming orasida tabiatning go‘zal tasvi­
ri madh qilingan, tabiat bilan inson ruhiyati o‘rtasidagi botiniy bog‘liqlik 
ko‘rsatilgan misralami ham ko‘ramiz. Turk budda she’rlarining asosiy 
mazmuni ham buddaviylik aqidalarini targ‘ib qilishdan iborat.

Download 16,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   430




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish