O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Nasimxon rahmonov


“asiru oshiqu devona bo ‘Idi, jam oli sham ’ina parvona



Download 16,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet418/430
Sana23.06.2023
Hajmi16,49 Mb.
#952986
1   ...   414   415   416   417   418   419   420   421   ...   430
Bog'liq
o\'zbek adabiyoti tarixi. raxmonov n. (1)

“asiru oshiqu devona bo ‘Idi, jam oli sham ’ina parvona
bo ‘Idi”.
Yigitning niyati buzildi, uning (akfifini ayol qat’iyan rad qil- 
gach, unga tuhmat uyushtirdi. Qoziga borib, ayolni zinokorlikda aybla- 
di. Qozi ayolni toshbo‘ron qilib oidirishga fatvo berdi. Olomon ayoi- 
ni toshbo‘ron qilib, o‘ldi deb gumon qilib kimsasiz joyga olib keldilar. 
Hammaga ibrat bo‘lsin, deb o‘sha ovloq joyda qoldirib ketdilar. Lekin 
ayolning hali tanasida joni bor edi.
Shundan so‘ng ayolning taqdirida ko‘p qora kunlar yuz beradi: 
a’robiy (badaviy)ning bu ayolga nisbatan qilmoqchi bo‘lgan noma’qul 
xatti-harakati, uning “siyahro‘, la’in” qulining ayolga qilgan tuhmatlari, 
keyin a’robiyning ayolga qilgan himmati va saxovatpcshaligi hikoya qi- 
linadi. Xiroj to‘lay olmagan bir yigitni shoh dorga osishga buyurganda, 
a’robiy i’nom qilgan uch yuz dinorni yigitning xiro
ji
uchun berib, uni 
o‘limdan qutqarib qoladi. Bu yigit bir savrdogarni uni yuz dinorga so- 
tib yuboradi, ayolga savdogar va kemadagi xaloyiq ko‘p xiralik qilaver- 
gach, u Tangriga iltijo qilgan eli, ularga Tangri baio-ofat yubordi. Ayol 
yigit libosini kiyib olib, katta bir mamlakatga keladi va o‘sha mamlakat 
podshohidan kemadagi jamiki mol-mulk evaziga bir ibodatxona qurib 
berishni so‘raydi. Zotan, uning maqsadi va a’moli - toat-ibodat, bu dun- 
yodan u bezgan, unga molu davlat, boylik kcrak emas, faqat egnidagi 
hirqasi bo‘Isa, kifoya:
Ki, qilsam kecha-kunduz anda toat
Ki, budur lazzati faqru qanoat.
492


Bu dunyodin manim bordur malolim,
Kerak uqboda yaxshi bo‘lsa holim.
Ikki dunyisida bir hirqa basdur
Angakim, yodi birla hamnafasdur.
Shoh uning iltimosini qondiradi. Shoh vafotidan oldin o‘sha “yigit”ni 
o ‘zining o ‘miga podshoh qilib ko‘tarishlarini xalqqa vasiyat qiladi. Xul­
las, u bir qancha sarguzashtlami boshdan kechiradi. U o‘zining karomati 
bilan odamlarga shifo beradi, tilsizlarga til ato qiladi, ko‘zi ojizlaming 
ko'zlarini ochadi, katta kichikning e’tiborini qozonadi, mamlakat pods- 
hohi bo‘ladi. Ka’ba ziyoratidan qaytib kelgan eri kelib ko‘rsaki,
Evu eli bori vayron bo'lmish,
Saroyi yer bilan yakson bo‘lmish.
fnining na ayoqi, пае ali bor,
Ikki ko‘zi dog‘i yo‘q, bir tili bor...
Inisidin savol etdi og‘asi,
Uyim, elim qaniyu kadxudosi?
Inisi akaga yuz bergan voqealami aytib beradi, uning zinokorligini, 
qo‘ni-qo‘shnilar guvoh bo‘lganini va qozining fatvosi bilan toshbo‘ron 
qilib oidirilganini birma-bir so'zlab beradi. Aka hasrat chekadi. Ko‘zi 
ojiz inisini “shahrda Iso nafasliq” biri bor ekanini aytadi va uning huzu- 
riga olib boradi. Ayol shifo topishga kelgan odamlar orasidan erini ta- 
niydi. Ayol ulardan tashrif maqsadini so'raydi. Ular shifo topish umidida 
kelganlarini eshitgach:
Ayitdi: - Ul erur behad gunohkor,
Shifo topmasdur oncha qilmay gunohkor
deya javob beradi. 0 ‘sha fitnachi yigit yuz bergan voqealarning 
hammasini birma-bir aytib beradi: xotinning begunohligini, uni tuhmat 
bilan toshbo‘ron qildirganini, nafsi dun uchun uni abgor qilganini, endi 
o‘z qilmishlaridan o‘zi sharmanda bo‘lib turganini aytadi. Ayol uning
493


gunohini kechirib, duo qiladi. Yigit o‘sha zohoti shifo topadi. Shifo to- 
pish umidida kelgan a’robiyning quli, qari kampiming o‘g‘li ham o‘z 
gunohlarini ochiq aytadilar va ayolning duosi bilan shifo topadilar. 
Shundan so‘ng ayol erini boshlab xilvatga kiradi va yuzidagi niqobini 
oladi. Xojasi uning gul jamolini ko‘rib hushidan ketadi. Ayol uni o‘ziga 
keltirib, hushidan ketish sababini so‘raydi. Xoja:
Ayitdi: - Bor edi vaqte halolim
Kim, erdi munisu daf i malolim.
Boiuptur ul bu dam rahmatg‘a vosil,
Gar o‘ltursam o‘zumni na hosil.
Sani man ul sog‘indim, ey pariro'y
Ki, yo‘qtur orangizda farq bir mo‘y.
Ayol xojasiga o4zini tanitadi va mamlakatda hammani boy qilish 
bilan birga, o‘zi qanoatni burch deb bildi.
Doston so‘ngida Sayyid Qosimiy quyidagi baytni kcltiradi:
“Ilohiynoma”yi Attor bu dur,
Davayi siynai afgor bu dur.
[Attorning “llohiynoma”si shudir, yaralangan qalblarga davo budir],
Bundan tashqari, Sayyid Qosimiy bu dostonini yozishda «shayx 
ruhidin talabgor» bolganini alohida ta'kidladi va bu «mushkil asror» 
(Attorning e’tiqodi va maslagi)ni u hal qildi. Shu o‘rinda Sayyid Qosi­
miy o‘z asarining yozilish maqsadi haqida quyidagicha xabar beradi:
Oni turki birla Qosimiy aydi,
Ma’oniy guharin elga yoydi.
Demak, Sayyid Qosimiy Farididin Attorning “Ilohiynoma”sini erkin 
tarjima qilmagan, balki shu mavzuni u o‘zbek tilida yoritishni maqsad qi- 
lib qo‘ygan, degan fikr paydo bo‘ladi. Qutb, Haydar Xorazmiydagi shar- 
qona odob, ustozlarga hurmat Sayyid Qosimiyda ham bo‘rtib ko'nriishi 
va o‘z ijodiga kamtarona baho berishi uning katta ijodkor ekanidan
494


dalolatdir. Fariddidin Attorning 0 ‘zbekiston xalq shoiri Jamol Kamo! 
tarjimasi (“Musiqa” nashriyoti, 2007-yil. 52-b.)dagi “Ilohiynoma”sidan 
o‘rin olgan “Pokiza ayol sadoqati” hikoyati Sayyid Qosimiyning “llo- 
hiynoma” dostoniga mazmunan mos keladi. Ammo har ikkala asaming 
hajmida farq bor: Sayyid Qosimiyning “llohiynoma”si 411 baytni, At­
torning “Ilohiynoma”sida “Pokiza ayol sadoqati” hikoyati esa Jamol Ka- 
mol tarjimasida 305 baytni tashkil qiladi. Har ikkalasi ham dostonda bir 
mavzuni - ayolning boshdan o ‘tkazgan sarguzashtlari va bu orqali har 
ikki muallif vafo, sadoqat, zuhdu taqvoni bosh o‘ringa chiqaradi.
“Ilohiynomalar”dagi farqlar. Dostonlardagi ayrim farqlar quyida- 
gilar:
Attorning “Ilohiynoma”sida: eri ukasini xotiniga xizmat qilishni 
topshiradi.
Sayyid Qosimiy “Ilohiynoma”sida: er Ka’ba ziyoratiga ketayotgan- 
da xotinidan xabar olib, uning xizmatida bo‘lishni ukasiga tayinlaydi.
Attorda: ayol bir xiroj to‘lashga qurbi yetmasdan dorga osilishga 
farmon bo‘lgan yigitni dor tagidan qutqarib oladi, yigit ayolni kemadagi 
savdogarga sotayotib, uning bir kamchiligi bor, bu ayol qaysar, deb uni 
kamsitadi va yuz dinorga sotadi.
Sayyid Qosimiyda: bu ayol telba, deb uni kasitadi va uch yuz dinor­
ga sotadi va h.
Har ikkala asarda farq katta emas. Faqat ayrim voqealar tasvirida 
tafsilotlar Sayyid Qosimiyda ko‘proq uchraydi.
Har ikkala “Ilohiynoma”ning maqsadi va mohiyati deyarli bir- 
dir. Sayyid Qosimiy o‘z “Ilohiynoma”sini turkiyda yozganini alohida 
ta’kidlaydi. Ayni paytda Sayyid Qosimiyning “Ilohiynoma”si Attorga 
tayangan ekan, Attorning “Ilohiynoma”si bir manbaga - sharq adabi- 
yotidagi rivoyatlarga tayangani anglashiladi. Zotan, asaming nihoyasi 
xuddi sharq ertaklari va rivoyatlaridagi singari tugallanma bilan yakun- 
lanadi.
Husayn Boyqaro (Husayniy) ijodi. Husayn Boyqaro Amir Te­
mur Ko‘ragon naslidan bo‘lib, Mirzo Mansur binni Mirzo Boyqaroning 
o‘g‘Iidir. Husayn 1438-yili Hirot shahrida tug‘ilgan. 1469-yili Hirot tax- 
tini egallab, 1406-yilgacha Xurosonning hukmdori bo‘ladi.
Husayn Boyqaro, Navoiyning ta’biri bilan aytganda, forsiy va tur- 
kiy tilda she’r yaratish iqtidoriga ega bo'igun bo‘lsa-da, asosan turkigo‘y 
shoirlami o‘z ona tillarida ijod qilishga chorlab, maxsus farmonlar ber-
495


gan. Bu haqda Naoviy quyidagilami yozadi: “Va iltifot va ehtimom yuzi- 
din ba’zi ma’nilar topib, nazm qilurg‘a hukmlar ham joriy bo‘ldi va so‘z 
uslubig‘a ta’yinlar va adosig‘a ta’limlar ham izhori bo‘ldi”.147 Bu voqea 
turkiy adabiyot tarixida katta siyosiy, madaniy va ijtimoiy ahamiyatga 
molik bo‘ldi.
Navoiy Husayn Boyqaroni yetuk shoir sifatida ko‘rsatishdan avval, 
uning shaxsiyati haqida, iste’dodini vujudga keltirgan omillar haqida 
“Majolis un-nafois”da so‘z yuritadi. Jumladan, Husayn Boyqaroning sha- 
jarasi haqida “Nasabnoma” bitilgan, ammo Navoiy bu “Nasabnoma”ni 
kim bitganligi haqida tazkirada aytmagan. Uning ta’riflashiga ko‘ra, 
Husayn Boyqaro “Nasabnoma”sinmg har sahifasi shunchalik go‘zal qi- 
lib bezalganki, Moniyning suratlari o ‘sha bezaklar qarshisida xijolatda 
qoladi. Boyqaroning obro‘-e’tibori, dong‘i sharbida “Nasabnoma”dagi 
voqealar bitilgan har bir sahifa Chin suratxonalarini uyaltiradi. Shuning- 
dek, Husayn Boyqaroning shonu shavkati, tafakkur olami haqida Navo­
iy so‘z yuritib, Jamshid va Iskandaming bilganlari ham, qilganlari ham 
uning oldida hechdir va h.
Husayn Boyqaro biz uchun ulug‘ shoir sifatida qadrli. Navoiy uning 
devoni haqida quyidagicha ma’lumot beradi: “Ul hazratning (ya’ni 
Husayn Boyqaroning - N.R.) xub ash’ori va marg‘ub abyoti bag‘oyat 
ko‘pdur va devon ham murattab boiubdur. Devon ibtidosidan bunyod 
qilildi va har g‘azaldin bir matla’ yozildi”. Shundan so‘ng Husayn Boy­
qaro devonidagi har bir g‘azalning matla’ini keltiradi. Navoiy “Majo­
lis un-nafois”da Husayn Boyqaro huzurida o‘tkaziladigan anjumanlar- 
ni “oliy majlis” deb yuritilgani va bunday majlisda eng yetuk asarlar 
o‘qilgani va muhokama boisi boigan to‘g‘risida ma’lumot beradi.
Navoiy “Majolis un-nafois”ning VIII bobini Husayn Boyqaroga 
bag‘ishlagan va uning devonidan 164 g‘azalning matla’ini keltirgan. Sho­
ir Husayniy qoilagan poetik obrazlar, vositalar, shoirning she’riyatdagi 
ixtirolari yuzasidan fikr yuritgan. Misol sifatida “Majolis un-nafois”da 
Husayn Boyqaroning devonidan “alif” harfiga keltirilgan matla’ni olib 
ko‘raylik. Navoiy baytni keltirishdan oldin bayt mazmumni sharh qilib, 
mahbubning haddan ortiq iltifotidan behol boigach, hushsizlarcha o‘sha 
iltifotni izhor qilish ma’nosida quyidagi matla’ ajoyib ifodalanganini ay- 
tadi:
1,7 0 ‘zbek adabiyoti tarixi. 2- tom . Toshkent, Fan. (977, 42A-b.
496


Evrulub gul boshig‘a bulbul visol o‘lgay anga,
Gul aning boshig‘a evrulsa, ne hoi o‘lg‘ay anga.
(Bulbul gulning boshida aylanib, unga erishmoqchi bo'ladi;
Agar gul bulbulning boshida aylansa, uning holi qanday bo‘larkin.)
Mana shu baytning o‘ziyoq Husayn Boyqaroning turkiy she’riyat 
homiysigina emas, balki amalda nihoyatda nozik didli shoir ekanini 
ko‘rsatib turadi,
Husayn Boyqaroning mahorati, iqtidori shu qadar baland bo‘lganki, 
boshqa turkigo‘y shoirlar amalda istifoda eta olmagan g‘azalga mahorat 
bilan yondashadi. Masalan, uning devonidagi “se” harfiga bitilgan baytni 
keltirishdan oldin Navoiy quyidagi sharhni beradi: “Bu harfda turk shu- 
arosining malik ul-kalomlari she’r aytmaydurlar, balki ayta olmaydurlar, 
to anga ne yetgayki, bu muqobalada kishi oni keturgay yo nisbat bergay. 
Bu matla’ tarifida muncha basdur:
Yor ko‘yidin o ‘tarda ko‘rguzur bu zor rnaks,
So‘z desa dog'i javobida qilur bisyor maks
(Bechora oshiq mahbubasimng ko‘chasidan o‘tganda, bu bechora 
to‘xtab qoladi;
Mahbuba bir so‘z aytsa, javob berolmay, yana ko‘proq to‘xtab qo­
ladi)”.
Oshiqning ma’shuqa oldida ojizu notavon holatini shoir ana shun- 
day tavsif etadi.
Navoiy Husayniyning yetuk she’rlariga yuksak baho beradi, ayniqsa 
uning she’rlari turkiy tilda yozilganligini alohida ta’kidlaydi.
Zahiriddin Muhammad Bobur ham “Bobumoma”da Husayn Boy­
qaroning faoliyatiga yuksak baho beradi. “Sulton Husayn Mirzoning za- 
moni ajab zamona erdi, ahli fazl va benazir eldin Xuroson, bataxsis Hiriy 
shahri mamlu erdi. Har kishingikim, bir ishga mashg‘ullug‘i bor erdi, 
qimmati va g‘arazi ul erdikim, ul ishni kamolg‘a yetkurgay”. (

Download 16,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   414   415   416   417   418   419   420   421   ...   430




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish