2.2 Fe’lga xos grammatik kategoriyalar va ularning vazifasi
16
Qodirov Z. O‘zbek tilida grammatik kategoriyalarni sistem tahlil qilish (kelishik kategoriyasi): Filol.
fan. nom. ... dis. avtoref. Samarqand. 1993. - 21 b.
20
Fe’lning grammatik kategoriyalariga tasdiq-inkor, nisbat, oʻzgalovchi, fe’lning
modal shakli, mayl, zamon, shaxs-son kategoriyasi kiradi. Bu kategoriyalar o‘ziga
tegishli bo‘lgan kategoriya ma’nolarini o‘z ichiga oladi.
Bo‘lishli-bo‘lishsizlik kategoriyasi
.
Fe’l harakatning bajarilish-bajarilmasligiga
munosabatiga ko‘ra bo‘lishli-bo‘lishsiz shaklli fe’llarga bo‘linadi. Bo‘lishli fe’llar
harakatning yuz berganini bildiradi va nol ko‘rsatkichga ega: o‘qigan, o‘qiyotgan...
Bo‘lishsizlikni hosil qiluvchi fe’l kategoriyalariga:
-ma, -mas, -may, -mayib, -
masdan, -maslik
kabi shakllarni kiritamiz: o‘qimadi, ishlamaslik, bilmay...
17
Nisbat kategoriyasi
.
Fe’ldan anglashilgan harakat-holat bilan shu hara-kat-holatni
yuzaga chiqaruvchi shaxs o‘rtasidagi munosabatni ifodalovchi shakllarga nisbat
kategoriyasi deyiladi. «Fe’lni boshqa so‘zlarga bog‘lash va fe’lga otga xos
vazifalarini berish»
18
Nisbat kategoriyalari 5ta:
●
Aniq nisbat
.
Harakatning ega orqali ifodalangan shaxs tomonidan bajarilishini
bildiradi – nol shakl bilan ifodalanadi:
o‘qidi, kelyapti.
●
Birgalik nisbat.
Fe’l o‘zagidan anglashilgan harakatning bir necha shaxs
tomonidan bajarilishini, harakatni bajarishda bajaruvchining birgalashuvini
bildiradi – -(i)sh shakli bilan ifodalanadi:
oʻqishdi, kelishyapti.
●
Orttirma nisbat.
Harakat bajaruvchisini orttirish, jarayonga “ortiqcha”
bajaruvchini kiritish va fe’l oʻzagidan anglashilgan harakatga da’vat qilingan shaxs
ma’nosini bildiradi,o‘timsiz fe’lni o‘timli fe’lga aylantiradi – -dir (-tir), -gaz (-kaz,
-qaz, -g‘az, -giz, -kiz, -qiz, -g‘iz), -(i)t, -iz, -ir, -ar, -sat shakllari bilan ifodalanadi:
yozdir, keltir;
ko‘rgaz, yurgiz, toʻldirg‘iz, yotqiz, tutqaz, ketkiz, yurg‘az;
o‘qit,kuylat, yurit, kirit; oqiz, tomiz; ichir, kechir, shoshir, botir; chiqar, qaytar;
ko‘rsat.
17
G‘ulomov A. Fe’l. - Toshkent: Fan, 1954.67-bet
18
Sayfullayeva R. va boshqalar “Hozirgi o‘zbek adabiy tili” 2009, 294-bet
21
●
O‘zlik nisbati.
Harakatning subyekti va obyektini birlashtirish, harakatni
bajaruvchi shaxs bilan harakat tushgan obyekt birlashgan holda boʻladi, o‘timli
fe’lni o‘timsiz fe’lga aylantiradi – -(i)n, -(i)l shakllari bilan ifodalanadi:
yuvindi,
kiyindi, qoʻzgʻaldi.
●
Majhul nisbat.
Harakatni bajaruvchi shaxs noma’lum boʻladi, fe’l
“subyektsizlashadi”, aniqrog‘i, obyekt ustuvorlashib, ega vazifasiga o‘tadi,
mantiqiy obyekt grammatik ega maqomini oladi – -(i)n, -(i)l shakllari bilan
ifodalanadi:
yuvildi, qilindi, bajarildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |