O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti



Download 1,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/47
Sana18.02.2022
Hajmi1,12 Mb.
#456836
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   47
Bog'liq
talim jarayonini modernizatsiyalashda talim sifati natijalarini baholash texnologiyasi

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
II BOB. TALABALARNI TA‟LIM SIFATI NATIJALARINI 
BAHOLASHGA AMALIY TAYYORLASHNING SHAKL, METOD VA 
VOSITALARI 
2.1. Talabalarni dars jarayonida o‟quvchilar bilimlarini boholashning 
zamonaviy usullardan foydalanishga metodik tayyorlash 
Ta‟lim-tarbiya ko‟lamining kengayib borishi va zamoniylashuvi bo‟lajak 
pedagogni amaliy tayyorlashga da‟vat etadi. Shuning uchun bo‟lajak 
o‟qituvchilarni tayyorlashda nazariy bilimlarni amaliyot bilan uyg‟unlikda olib 
borish orqali ularda kasbiy ko‟nikma va malakalar hosil qilish lozim. Oliy ta‟lim 
muassasalarida bo‟lajak o‟qituvchilarni tayyorlashda nazariy o‟qitish va amaliy 
faoliyat o‟rtasidagi chinakam uyg‟unlikka darhol hamda birdaniga erishib 
bo‟lmaydi.


48 
O‟zbekiston Respublikasi «Ta‟lim to‟g‟risida»gi Qonun, «Kadrlar 
tayyorlash milliy dasturi»ni ro‟yobga chiqarish asosida ta‟lim-tarbiya tizimini 
tubdan islox qilish, mutaxassis kadrlar yani bo‟lajak o‟qituvchilar tayyorlash 
sifatini jahon andozalari darajasida ko‟tarish imkoniyatini yaratib berdi. 
Bu haqda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da oliy ta‟lim 
muassasalarining maqsad va vazifalari shunday belgilangan: «Ta‟lim sohasini 
tubdan islox qilish va uni o‟tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va 
sarqitlardan to‟liq xolos qilish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida 
yuksak ma‟naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar 
tayyorlashdir»[1] -deb alohida ta‟kidlangan. 
Shundan kelib chiqib talabalarni ana shunday ma‟suliyatli va xayrli ishga 
tayyorlashni, ularni jahon andozlari asosidagi bilim, ko‟nikma va malakalar 
bilan qurollantirish, o‟quv ilmiy faoliyatiga mustaqil ravishda ixtiyoriy jalb 
qilishda birinchi galda pedagogika fani ma‟lumotlari zarur bo‟ladi. 
Dastlab talabalarga ma‟ruza darslarida yangi ilmiy bilimlarni berish, 
seminar, laboratoriya va amaliy darslarda esa amaliy ko‟nikma, malakalar hosil 
qilish lozim bo‟ladi. 
Bo‟lajak o‟qituvchilarni ta‟lim sifatini baholash jarayoniga amaliy 
tayyorlash pedagogika fani oldida turgan dolzarb vazifalardan biridir. Tajribali 
o‟qituvchilar o‟quvchi bilimini baholash jarayonida sinf jamoasi fikriga 
suyanadilar va o‟quvchilarga tarbiyaviy ta‟sir etadilar. Bunda o‟qituvchi sinf 
o‟quvchilarining diqqatini faollashtiradi, o‟rtoqlarining javobiga mas‟uliyat 
bilan qarashga o‟rgatadi, shuningdek o‟z bilimlarini mustahkamlashga, o‟z 
bilimiga tanqidiy qarashga odatlantiradi. Bu esa o‟z navbatida o‟quvchini 
vijdonli, rostgo‟y bo‟lishga o‟rgatadi. 
O‟qituvchi o‟quvchi ta‟lim sifatini aniqlash vaqtida, o‟quvchining 
materialni o‟zlashtirish saviyasi, bola tafakkurining o‟sish darajasi, zehnining 
rivojlanishi kabi xususiyatlarni hisobga oladi. O‟quvchilarning ishlash sur‟ati, 
qobiliyati, o‟qishga ishtiyoqi, nutqining o‟sish darajasi o‟rganiladi. Shuningdek, 
ayrim o‟quvchilarda uchraydigan qo‟rqoqlik, uyatchanlik, tortinchoqlik, o‟z 


49 
kuchiga ortiqcha baho berish, ishonmaslik, shoshqaloqlik, kam gaplik kabi 
xususiyatlari bartaraf etiladi. Buning natijasida ta‟lim jarayonida o‟qituvchi va 
o‟quvchi faoliyatining uyg‟unligi ta‟minlanadi.o‟qituvchi o‟quvchilarning bilim, 
ko‟nikma va malakalarini tekshirish va baholashda juda adolatli, haqqoniy 
bo‟lishi lozim. Bu hol o‟z navbatida o‟quvchi shaxsiga ijobiy va tarbiyaviy ta‟sir 
etadi. Har qanday adolatsizlik, o‟qituvchining bilimga baho qo‟yishdagi xatosi 
o‟quvchilarga salbiy ta‟sir etadi, ularda o‟z kuchiga ishonchini yo‟qotadi, 
o‟qishga bo‟lgan ishtiyoqini so‟ndiradi. Oqibatda o‟qituvchining tarbiyaviy 
ta‟siriga putur yetadi. 
Maktabda o‟quvchilar o‟zlashtirmasliklarining bosh sababi – ularning 
savodlari (o‟qish, yozishlari) yomonligi hisoblanadi. Buning pedagogik sababi 
ularda tezkor xotiraning yetarli emasligi hisoblanadi. 
Hozirda ta‟lim berish tamoyillari ma‟lum, lekin qonunlari ma‟lum emas. 
Shu sababli ta‟lim berish hamda o‟qib o‟zlashtirish qonunlarini aniqlash 
yo‟nalishida, avvalo, insonni, uning psixologik, fizeologik va boshqa 
xususiyatlarini o‟rganish davom etmoqda. Bu sohada ayrim natijalar 
quyidagilardan iborat: 
Har xil mashg‟ulot turlarining imkoniyatlari har xil. Masalan, yangi 
axborotni o‟quvchilarga qanday shakllarda yetkazilishiga bog‟liq ravishda bir yil 
davomidagi vaqt oralig‟ida shu axborotning esda saqlanadigan qismi 
quyidagicha foizlarni tashkil qiladi: 
Axborotni (o‟quv materialini) 
yetkazish shakllari 
3 soatda, 

3 kunda, 

1 yilda, 

Ma‟ruza, hikoya 
Ko‟rsatish, namoyish 
Ma‟ruza va kursatish 
Hikoya, ko‟rsatish, amaliyot 
70 
72 
85 
98 
10 
20 
65 
95 

13 
33 
75 
Yuqoridagi ko‟rsatkichlardan ma‟lum bo‟ldiki, yuqori o‟zlashtirishga 
erishish imkoniyatiga o‟quvchilar tomonidan mashqlar bajarish, so‟zlash, 
ko‟rish bilan bir vaqtda ko‟proq sezgi a‟zolari ishtirok etishini ta‟minlovchi 
boshqa shakl va usullarni qo‟llash orqali erishiladi.


50 
Ta‟lim samaradorligining, o‟quvchilar o‟zlashtirilishini yaxshilashga 
xizmat qiladigan ayrim omillari: 

Download 1,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish