.
Nazoratni boshqaruv tizimidagi o‟rni va vazifasi
Pedagogik Texnologiyalarni
amalga oshirishning sharoit
va vaziyatini aniqlash
Joriy kuzatuv Og‟zaki va
yozma Amaliy
O‟z-o‟zini nazorat
Ta‟lim
beruvchiningtashqi
nazorati
Ta‟lim beruv-chinig
ichki nazorati
студента
Qaytar aloqa
Nazorat
Vazifasi
Usullar
Oraliq va yakuniy
natijalar to‟g‟risida
ma‟lumot
Ta‟lim
beruvchining
kamchiliklarini bartaraf etish
to‟g‟risida
xulosasini
o‟zgartirish
Ma‟lumotlarni
yig‟ish
ularni tahlil qilish
O‟zgarish
yo‟nalishini
aniqlash
33
Bir qancha nazorat turlari bo‟lgan test nazoratini ko‟rib chiqamiz. Test
topshiriqlarini tuzish ta‟lim natijalarini ifodalash bilan o‟zaro bog‟liqlikda olib
boriladi.Test topshiriqlar soni unga ajratilgan nazorat turi va vaqtga bog‟liq
bo‟ladi.
Mazmun bo‟yicha test topshiriqlari rejalashtirilayotgan o‟quv materialini o‟zlashtirish darajasiga mos
kelishi zarur. B.L. Farberman tomonidan tavsiya etilgan bir qator misollarda tushuntiramiz.
O‟zbekiston Respublikasi Oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligini 2005 yil
21-feraldagi 34-sonli buyrug‟i bilan tasdiqlangan “Talaba mustaqil ishini tashkil
etish nazorat qilish va baholash tartibi to‟g‟risida Nizom”
1.3. Ta‟limni modernizasiyalash orqali talabalarni ta‟lim sifati natijalarini
baholash texnologiyasiga tayyorlashning imkoniyatlari.
O‟zbekistonda ta‟lim sifatini “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” talablari
asosida ta‟minlash va sifatni nazorat qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasining
34
1994 yil 14 maydagi 258-son qaroriga asosan O‟zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi (DTM) tashkil etildi. DTM davlat
boshqaruv organi hisoblanib, o‟z faoliyatini davlat boshqaruvi boshqa organlari,
mahalliy davlat hokimiyati organlari, jamoat birlashmalari va boshqa
tashkilotlari bilan o‟zaro hamkorlikda amalga oshiradi.
O‟zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 24 iyundagi
“O‟zbekiston respublikasi Vazirlar mahkamasi huzuridagi davlat test markazi
faoliyatini takomillashtirish to‟g‟risida”gi 293-son qarori ga muvofiq
quyidagilar DTM ning asosiy vazifalari etib belgilangan:
da test sinovi
orqali tanlab olish, kadrlar tayyorlash sifati va o‟quv jarayoni samaradorligi
xolisona baholanishini nazorat qilish sohasida davlat siyosatini amalga oshirish;
Respublikasi davlat ta‟lim standartlariga va davlat talablariga muvofiqligini
tahlil qilish
;
ta‟minlash;
-
o‟qituvchilar tarkibi va rahbar xodimlarni attestasiyadan o‟tkazishni tashkil etish
va amalga oshirish;
muassasalarini attestasiyadan va davlat akkreditasiyasidan o‟tkazishni tashkil
etish va amalga oshirish, ta‟lim muassasalari reytingini aniqlash;
lisenziyalash komissiyasining ishchi organi funksiyalarini bajarish;
etish va nostrifikasiyalash (tengligini aniqlash) tartibi amalga oshirilishini
tashkil etish va ta‟minlash.
O‟zbekistonning ta‟lim modeli eng zamonaviy talablarga javob beradigan
ta‟lim muassasalarini barpo etish bilangina cheklanib qolmasdan, ushbu model
35
avvalambor, sifatga, ya‟ni o‟qituvchilar, o‟quvchilar, talabalar, o‟quv dasturlari
va pirovard natijada bilimlar sifatini oshirishga asoslangandir. Bundan tashqari,
globallashuv bilan bog‟liq ehtiyojlar ham hisobga olingan holda ishlab chiqilgan
mazkur ta‟lim modeli O‟zbekistonnning Osiyoda, umuman, jahon
hamjamiyatida munosib o‟rin egallashini ta‟minlash vositasi bo‟lib xizmat
qiladi.
Mamlakatimizdagi zamonaviy ta‟lim tizimini o‟zining milliy an‟analarga
tayanganligi bilan boshqa rivojlangan mamlakatlar ta‟lim tizimidan tubdan farq
qiladi. Bu faqat ta‟lim darajalari, sifati, mazmuni, holatiga ko‟ra aniqlanadi.
So‟ngi yillarda mamlakatimizda ta‟lim mazmunini isloh qilish, boyitish,
muntazam yangilab borish sohasida sezilarli o‟zgarishlarni kuzatishimiz
mumkin. Bugungi kunga kelib, yangi pedagogik nuqtai nazarlar asosida ta‟lim
muassasalarida qator o‟zgarishlar amalga oshirilmoqda. Bu ta‟lim mazmuni,
tarkibiy tuzilishi va texnologiyalarni takomillashtirish bilan bog‟liq
o‟zgarishlardir. Shu ma‟noda ta‟lim jarayoni jamiyat va Davlat talablari asosida
yangilanmoqda. So‟ngi yillarda ta‟limni rivojlantirishga qaratilgan bir qator
Qonunlar va Davlat dasturlari qabul qilindi. Jumladan: “2008-2009 yillarda
uzluksiz ta‟lim tizimini mazmunan modernizasiyalash va ta‟lim-tarbiya
samaradorligini yangi sifat darajasiga ko‟tarish bo‟yicha chora-tadbirlar dasturi”
asosida belgilab berilgan vazifalar amalga oshirilib kelinmoqda.
Bu borada, yurtboshimiz I.Karimov “Zero, har yurtning buguni va
kelajagi, tom ma‟noda, ta‟lim tizimini qay darajada rivojlangani, barkamol
avlodni tarbiyalash uchun yaratilgan shart-sharoitlar, islohotlarning natijalari
bilan belgilanadi”[9] -deb ta‟lim-tarbiya sohasida amalga oshirilayotgan
islohatlarni yurtimizdagi tub o‟zgarishlar, yangilanishlarning asosini tashkil
qilishini e‟tirof etadi.
O‟qituvchining kasbiy bilim va tayyorgarligini oshirish, o‟quvchilarning
shaxsiy tajribalarini boyitish, ularning ijtimoiy hayotga tayyorlash sohasida
erishilayotgan yutuqlar bilan bir qatorda mavjud bo‟lgan kamchiliklarni bartaraf
etish yo‟llari ham izlanmoqda. Bularning barchasi zamonaviy ta‟lim-tarbiyaning
36
umumiy yo‟nalishini, sifatini belgilash, dunyo miqyosida uning rivojlanishiga
ta‟sir ko‟rsatadigan omillarga keng yo‟l ochish imkonini beradi.
O‟quvchi shaxsini bilish ta‟limda samarali natijalarni olib keladi. Bu
borada olib borilayotgan nazariy va amaliy ishlarni davr talablari darajasida deb
bo‟lmaydi. Bu esa o‟quvchi shaxsini kamol toptirish sahasidagi tadbirlar
samarasiga ma‟lum darajada salbiy ta‟sir ko‟rsatadi.
Demak, eng avvalo o‟quvchining qiziqish mayllarini juda yaxshi bilish
kerak. O‟quvchi shaxsi yo‟nalishini, uning ehtiyojlari, qiziqishlari, ishtiyoqi va
idealini tashkil qiladi. O‟z navbatida bu xususiyatlar o‟quvchining borliqqa,
ijtimoiy hayot voqyea-hodisalariga, jamiyatga, boshqa shaxslarga hamda o‟z-
o‟ziga munosabatini anglatadi. Tarbiyaviy tadbirlarning samarali bo‟lishi uchun
o‟qituvchi har bir o‟quvchining maqsadi, qiziqish ko‟lami, kasb tanlashga,
mehnatga va o‟zini rivojlantirishga munosabati haqida aniq ma‟lumotga ega
bo‟lishi zarur.
Tabbiiyki, o‟quvchining barcha qiziqishlari bilish faoliyati bilan bog‟liq.
Uning bilish jarayonida diqqat, sezgi, idrok, xotira, xayol, tafakkur va boshqalar
ishtirok etadi. Demak o‟qituvchi psixologik bilim tajribaga ega bo‟lmasa,
o‟quvchi shaxsi, ruxiyatidagi imkoniyat va o‟zgarishlarni o‟z vaqtida
payqamaydi, ularni baholash va tahlil etish asosida rivojlantirish borasida to‟g‟ri
usul tanlay olmaydi.
Bundan tashqari, o‟qituvchi har bir o‟quvchini baholashda uning ruxiy-
jismoniy imkoniyatini, oilaviy muhiti va undagi tarbiyaning o‟ziga xosligini,
o‟quvchi shaxsini biror sohaga yo‟naltirish borasida olib borilayotgan
tadbirlarga ham jiddiy e‟tibor bermog‟i lozim.
Psixologik tadqiqotlarga ko‟ra, o‟quvchilik davri qiziqishlari rivojlanib va
murakkablashib boradi. Masalaning yana bir jihati shundaki, bu davr
qiziqishlarida jins ham ahamiyatga ega. O‟g‟il bolalar asosan fizika, matematika
va texnika sohalariga ko‟proq qiziqsa, qizlar esa ko‟proq tabbiy yoki ijtimoiy
gumanitar fanlarni o‟rganishga moyildirlar.
37
O‟qituvchining yo‟naltiruvchi faoliyati ham muhim ahamiyatga ega.
Uning bu faoliyati tufayli o‟quvchilarda bilish havaslari tarkib topa boradi. Agar
o‟qituvchi bu paytida ularning qiziqishlarini ongli ravishda sifatlarga aylantirib
bormasa, ular yanglishadilar, u yoki bu sohani o‟zlari uchun ideal hisoblab, ko‟p
qirrali bilish imkoniyatlarini chegaralab qo‟yadilar.
O‟quvchining individual qiziqishini to‟g‟ri o‟rganish, baholash va uning
barqarorligiga to‟la ishonch hosil qilish juda muhimdir. Shuning uchun
o‟qituvchi o‟quvchi qiziqishi, bilimining avvalgi mazmuni, hozirgi darajasi va
kelgusi rivojlanish darajasini tasavvur eta olishi darkor. Shu bois o‟qituvchi
o‟quvchi qiziqishini, bilishni uning boshqa individual-psixologik sifatlari:
qobiliyat, is‟tedod, temperament va xarakter bilan bog‟liq holda o‟rganish
maqsadga muvofiqdir.
O‟quvchining fan sohalariga qiziqishini, bilimini aniqlashning pedagogik
ahamiyati juda katta. O‟qituvchi har bir o‟quvchining yoshi, tajribasi,
intiluvchanligini hisobga olgan holda uning qiziqishi mohiyatini tushuntirsa,
o‟quvchi o‟zining istak va hohishlarini o‟qituvchiga ochiq-oydin aytadi, uni
o‟zining sirdoshi va yo‟lboshchisi sifatida qadrlaydi.
Biz o‟quvchilarning o‟z hayotida qanday maqsadlarga eirishni zarur deb
hisoblashini, tegishli sohaga qiziqishlar ko‟lami, kasb tanlashga, aqliy mehnat va
o‟z-o‟zini tarbiyalashga munosabatini batafsil o‟rgandik.
Ta‟lim sifati yaxshilanishi o‟quvchilarning kelgusidagi tanlagan kasb
yo‟nalishlariga ham bog‟liq. Ta‟lim sifati yaxshilanishining bu jihati aniq
tashxislash uchun maxsus savollar tuzdik. Bu savollar mazmuni o‟quvchilarga
lingvistik, matematik, ko‟rish, kinetik, tabiatsevarlik, musiqaviy, suhbatdoshlik
va xayolparastlik qobiliyatlarini aniqlashga yo‟naltirildi. Biz qiziqish asosida
yuqoridagi qobiliyat turlarining o‟quvchilarda shakllanishini aniqlash uchun
ularni savollarning mazmuni bilan to‟la tanishtiridik.
Shundan so‟ng, psixologik adabiyotlarda mavjud bo‟lgan Ayzeng testi
[41.31,34] modeli orqali o‟quvchilar qobiliyatini aniqladik. Testni to‟g‟ri
qo‟llash uchun quyidagi shartlarga qat‟iy amal qilindi:
38
1. Ajratilgan vaqt birligiga (80 ta savol uchun 40 daqiqa) qat‟iy rioya qilish.
2. O‟quvchining savol mazmunini to‟g‟ri idrok etishga eirishish.
3. Javoblar o‟quvchining mustaqil fikriga asoslanganligiga erishish.
4. Savollarga berilgan javoblarni ishlab chiqish (100 ballik tizim asosida).
5. O‟quvchilarning savollari mazmuniga to‟la tushunishga erishish.
O‟quvchi savollarini diqqat bilan o‟qib chiqadi. U qaysi savollar o‟zi
haqida ketayotganiga ishonch hosil qilsa, shu savolni belgilab chiqadi, qolgan
savollarga hyech qanday belgi qo‟ymaydi. O‟quvchi savollarga shoshilmasdan,
ochiq-oydin va to‟g‟ri javob berishi lozim. Belgilangan savollarning kam yoki
ko‟pligi muhim emas. O‟quvchida qancha ko‟p savolni belgilasam
o‟qituvchining men haqimdagi fikri shunchalik yaxshi bo‟ladi degan fikr
tug‟ilmasligi kerak. Savollar:
1.
O‟ylayotganingizni yaxshi bayon etib bera olasizmi?
2.
Tajriba va sinovlar o‟tkazishni yaxshi ko‟rasizmi?
3.
Karta yoki sxema yordamida istalgan manzilgohni qiynalmasdan topa
olasizmi?
4.
O‟zingizni tanish kuy ostida qo‟shiq kuylay olasizmi?
5.
Arg‟imchoqda uchishni yoqirasizmi?
6.
Uyda yolg‟iz o‟tirishdan ko‟ra do‟stlaringiz bilan suhbatlashish afzalmi?
7.
Hayvonlarga ozor bermay yaxshi munosabatda bo‟lasizmi?
8.
Yolg‟izlikni, xayol surib yurishni yoqtirasizmi?
9.
Siz adabiyotga qiziqasizmi?
10.
Suratga tushishni yoqtirasizmi?
11.
Qiladigan ishlaringizni oldindan yon daftaringizga yozib qo‟yasizmi?
12.
O‟zingiz yoqtirgan qo‟shiqlarni tez-tez hirgoyi qilib turasizmi?
13.
O‟zingizning kuchli va kuchsiz tomonlaringizni yaxshi bilasizmi?
14.
Boshqalarning maslahatiga quloq tutmay, mustaqil qaror qabul qila
olasizmi?
15.
Ko‟pgina maslalarda boshqalarga maslahat bera olasizmi?
16.
Psixologiya bilan qiziqasizmi?
39
17.
Hazil-mutoyibani yoqtirasizmi?
18.
Rang-barang bezatilgan kitoblarni yaxshi ko‟rasizmi?
19.
Odamlarning hatti-harakatlarini kuzatib borasizmi?
20.
Har xil imo-ishoralar va harakatlarni yaxshi eslab qolasizmi?
21.
Sportga qiziqasizmi?
22.
Qiynalmasdan bir guruh odamlarni boshqara olasizmi?
23.
Dunyoviy muammolarga, masalan ekologiyaga qiziqasizmi?
24.
Sayohatga, baliq oviga borishni yoqtirasizmi?
25.
Har xil so‟z o‟yinlarni va topishmoqlarni topishni yaxshi ko‟rasizmi?
26.
Narsalar bilan raqamlar orasidagi bog‟lanishni aniqlay olasizmi?
27.
Yosh bolalar bilan o‟yin o‟ynashni yoqtirasizmi?
28.
Yugurishdan ko‟ra futbol, valeybol, basketbol o‟ynash ma‟qulmi?
29.
Gullarni nomini yoddan bilasizmi?
30.
Toqqa chiqishni yoqtirasizmi?
31.
Tez-tez musiqa eshitib turasizmi?
32.
Narsalarni buzib, boshqatdan terishni yaxshi ko‟rasizmi?
33.
Radio, televizordan eshitgan ma‟lumotlarni yaxshi eslab qolasizmi?
34.
O‟z fikringizni bayon qilganda rasm va sxemalardan foydalanasizmi?
35.
Hisob-kitob daftarini yaxshi olib borasizmi?
36.
Raqsga tushishni yaxshi ko‟rasizmi?
37.
Tez-tez barmoqlaringiz yordamida musiqa chalib turasizmi?
38.
Eng yaqin do‟stlaringiz bormi?
39.
Hayotingiz haqida o‟ylab turasizmi?
40.
O‟zingizni fermer sifatida tasavvur qila olasizmi?
41.
Shaxsiy tashvishlar sizni ko‟proq qiziqtiradimi?
42.
Biror narsani hal etishda do‟stlaringiz bilan maslahatlashasizmi?
43.
Shaxmat o‟ynashni yoqtirasizmi?
44.
Narsalarning kelajakda qanday bo‟lishini tasavvur qila olasizmi?
45.
Musiqa asbobida kuy chala olasizmi?
40
46.
Narsa haqida to‟la tasavvurga ega bo‟lishingiz uchun uni ushlab ko‟rishingiz
shartmi?
47.
Bahslashganda o‟z fikringizni qat‟iyat bilan himoya qilasizmi?
48.
Yo‟lda biror kuyni hushtak orqali chalib yurasizmi?
49.
Ekologiya hozirgi davrning eng asosiy muammosimi?
50.
Biror jamoa, guruh yoki qo‟mita tarkibida bo‟lishni xohlaysizmi?
51.
Boshqalar bilmaydigan qiziqish, ermagingiz bormi?
52.
Narsalarning mohiyatini baholash uchun ularni turli guruhlarga ajratasizmi?
53.
Siz rasm tomosha qilishni yoqtirasizmi?
54.
So‟zlashayotgan imo-ishoralarni ko‟p ishlatasizmi?
55.
Ko‟zingiz tushgan hamma yozuvlarni, hatto buyumlarning etiketkalarini
ham o‟qiysizmi?
56.
Mantiqiy o‟yinlarni yaxshi ko‟rasizmi?
57.
Tushuntirganda misollar keltiramiz?
58.
Odamning har bir a‟zosi joylashish o‟rnini yaxshi bilasizmi?
59.
Kelishmovchilik va janjallarni hal qila olasizmi?
60.
Doim biror narsani o‟rganishni o‟ylab yurasizmi?
61.
Bir marta eshitganingizni eslab qolasizmi?
62.
Bilimlarni tajriba va sinov orqali o‟zlashtirasizmi?
63.
So‟zlashganda kitoblarda o‟qigan obrazlardan foydalanasizmi?
64.
Algebradan ko‟ra geometriya ko‟proq yoqadimi?
65.
Kompyuter bilan ishlashni yoqtirasizmi?
66.
Mashhur aktyorlarning gaplarini o‟zlariga o‟xshatib aytishni, ya‟ni taqlid
qilishni yaxi ko‟rasizmi?
67.
Hayotingizni qo‟shiqsiz tasavvur qila olasizmi?
68.
To‟ylarda qatnashishni yoqtirasizmi?
69.
Planetalarning nomlarini bilasizmi?
70.
Kundalik yuritasizmi?
71.
Uy hayvonlariga ovqat berishni yoqtirasizmi?
72.
Hayotingizda biror narsaga erishish uchun hamma narsaga tayyormisiz?
41
73.
O‟simliklarga suv quyishni yoqtirasizmi?
74.
Tez-tez konsertlarga borib turasizmi?
75.
Yo‟lda o‟z shaxsiy muammolaringiz haqida o‟ylab yurasizmi?
76.
Matematikani yaxshi ko‟rasizmi?
77.
Dars paytida daftaringizga ba‟zi narsalarning rasmini chizib o‟tirasizmi?
78.
Juda ko‟p so‟zlarni ma‟nosini bilasizmi?
79.
Ovoz chiqarib fikrlashni yoqtirasizmi?
80.
Odamlar qiynalganda sizdan maslahat so‟rab turishadimi?
Endi bu savollarga javoblarni baholash ustida to‟xtalamiz. O‟quvchi o‟zi
belgilagan savol nomerlarini jadvalda «doira» ichiga olib chiqadi. Qaysi ustunda
8 tadan 10 tagacha «doiracha» bo‟lsa, o‟quvchining o‟sha qobiliyat ustun
bo‟ladi.
Testni o‟tkazish tartibi shundayki, o‟quvchini 8 ta yo‟nalishdagi qobiliyat
yoki bilim yo‟nalishini o‟zida mujassamlashtirgan 80 ta savoldan iborat holda
tuziladi. Savol yo‟nalishlari raqamlarda aralash holda joylashtiriladi. Har bir
o‟qituvchi maqsaddan kelib chiqib yo‟nalishlarga oid savollarni aralashtirib
qo‟yadi. Masalan:
Do'stlaringiz bilan baham: |