O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti tasviriy san’at va mehnat ta’lim fakulteti



Download 1,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/73
Sana17.07.2022
Hajmi1,02 Mb.
#815917
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   73
Bog'liq
Ajiniyoz nomidagi

Kostyum va moda funktsiyasi. 
Dizaynerning asosiy maqsadi – buyumning yaxlit badiiy 
kontekstining belgisi va borlig`ini loyiha ob`ektini yaratishdir. Buyum muayyan funktsiyani 
bajaradi. Buyumning funktsiyalari har xil, uning funktsional “portretini” yaratish uchun 
funktsiyalarni tiplashtirib, tagtizimlarini ajratish kerak, ular inson tizimiga kiradi va eng avvalo 
tagtizim-inson buyum muhitiga. Unda inson va muhitning o`zaro aloqasi barpo etiladi: inson 
tabiatni o`zlashtirib, unga moslashadi. 
Buyumda inson siymosini (individual va ijtimoiy) ifodalash, odam tanasi morfologiyasini 
tiklash – loyhalovchining vazifasidir, qayerda buyumning funktsiyasi modellashtiriladi. Buyum 
bu holda inson–buyum– muhit tizimida bog`lanuvchi funktsional qismi sifatida qo`riladi. 
“Buyum funktsiyasi” tushunchasi – badiiy loyihalashning markaziy kategoriyasidir. 
Kostyum funktsiyalari tarixiy tashkillangan. Jamoaning turmush tarzi kiyim bilan 
foydalanishda o`z aksini ifodalaydi. 
Ilk bor kiyim himoya (tashqi muhitdan) funktsiyani bajargan. 
Xalqning turmush tarzi, asosiy faoliyat turi (tomir va meva yig`ish, ov va dehqonchilik va 
b.) kiyimda spetsifik elementlarni paydo bo`lishiga sabab bo`lgandi (belbog`lar, yopinchoqlar, 
to`qilgan bosh kiyimlar va b.). 
Kostyum funktsiyasida jugrafik va iqlim sharoiti, milliy an`analari, estetik didlari va 
jamoaning ijtimoiy buyurtmalari aks etadi. SHakl va kostyum funtsiyasi yoki uning funktsional 
tarkibi bir-birini o`zaro bog`laydi. 
Kostyumning funktsional tarkibini tadqiqod etib, quyidagi xulosaga kelish mumkin: 
kostyumning mo`ljali, uning funktsiyasi, “adresi” shakl, gazlama va bezaklarni o`zaro 
bog`likligini aniqlaydi. Ammo funktsiya tushunchasini faqat utilitar omillari bilan cheklamaslik 
kerak. 
Ma`lumki, ilk bor funktsiya atamasini (lot. functio – bajarish, qilish) XU11 asrni oxirida 
G.Leybnits matematikaga kiritdi. Gumanitar va tabiiy fanlarda bu ko`rsatkich boshqacha 
echiladi. Ba`zilari funktsiyaning elementlarini o`zaro bog`likligini aniqlaydi. Bizni esa sanoatda 
ishlab chiqaradigan buyumning muljaliga binoan funktsiyasi qiziqtiradi. 
Funktsiya - bu buyumning faoliyati va uni harakatini dinamik tavsifidir. 
Mo`ljal tushunchasi maqsdli kategoriyalariga kiradi va buyum bilan foydalanish imkonini 
muayyan jarayonda odamning konkret talablarini tavsiflaydi. 
Buyum funktsiyasini ta`riflash uchun ikki dastlabki nizomni ifodalash mumkin: funktsiya 
buyumning mo`ljali emas, mo`ljal va funktsiya o`zaro bog`liq; funktsiya - bu buyumning 
morfologiyasi emas, funktsiya va morfologiya o`zaro bog`liq. 
Demak, bo`larni asos qilib olganda, funktsiyani quyidagicha ta`riflash mumkin: buyum 
funktsiyasi – bu buyumni o`z vazifasini real bajarish uchun tafsifidir. Boshqacha aytganda, 
iste`mol jarayonida uni mo`ljali va morfologiyasi belgilaydigan realizatsiyasi. 
Dizaynning asoschilaridan biri G.Zemper X1X asrda quyidagini yozgan: san`atning har 
bir asarni unga berilgan utilitar belgisini yoki ramziy effektini, unga berilgan moddiy funktsiya 
nuqtai nazaridan ko`rib chiqilishi lozim; har bir badiiy asar yaratilganda material bilan 
foydalanish natijasi, foydalangan mehnat qurollarni, mashinalarni va texnologik jarayonlarni 
ta`siri bo`ladi. 


23 
Demak, funktsiya, shakl va konstruktsiya o`zoro bog`liq. I = f (x, y, z, …, 
n), qayerda I – yakuniy rezul`tat, 
x, y, z,…, n – o`zgaruvchan ko`rsatqichlar. 
“Funktsiya” atamasi yaxlit 
va qisimni o`zaro bog`langan ma`noda 
qo`llanadi. 
Buyumning funktsiyasi uning foydasi va ijtimoiy qiymatidan kelib chiqadi. Buyumning 
foydali funktsiyasini uch ko`rsatkich ifodalaydi: nimaga mo`ljallanganligi, foydaligi, qiymati. 
Buyumning shunday funktsiyasini konkret ko`rsatqichlari va ifodasi uni ijtimoiy–qiymat 
xossalaridir – foyda, qulaylik, go`zallik. 
Buyumning funktsiyasi iste`mol sharoiti va buyumning morfologik tarkibi bilan 
asoslangan. Real funktsiyani aniqlash uchun uni iste`mol etish tashqi tavsiflarini bilish zarur. 
Foydali funktsiyani bajarish uchun u bir qator xossalarga ega bo`lishi kerak: vazni, o`lchamlari, 
materiali, konstruktiv-texnologik xususiyatlari va b. 
Har bir foydali buyum baravariga ijtimoiy, madaniy, estetik ifodali bo`ladi, ya`ni 
ko`pgina ijtimoiy foydali xossalariga ega va insonning turli ijtimoiy ixtiyojlariga mos bo`ladi. 
Agar kostyumda utilitar funktsiyasi ustunlik qilsa, kostyum buyum sifatida bo`ladi; 
mintaqaviy, ijtimoiy, marosim yoki estetik funktsiyasi ustunlik qilsa u timsol yoki belgiga ega 
bo`ladi. 
Kostyum funktsiyasi badiiy manoga ega emas. Buyumning qiymati uni iste`mol 
qilinganda aniqlanadi. Muhitsiz, mo`ljali yo`q, inson siymosidan holi buyum – bu mujmal qobiq, 
“latta”dir. SHunga ko`ra funktsiyaning mohiyati g`oya va reallikni birligidadir. 
Funktsiyaning asosiy mazmuni – buyumga insonning talablari va ularni echish 
darajasidir. Javob fakturani, shakl, konstruktiv va rang echimlarida va materialning belgilarida 
ko`rinadi. 
Kostyum 
– 
bu 
bizning 
maqsadlarimizni, 
xarkatlarimizni, 
intilishilarimizni o`ziga xos aksidir. SHuning uchun funktsiya badiiy siymoga ega bo`lmasdan, 
o`zi siymoning badiiy qiymatini tasdiqlaydi. 
“Ratsionallik va maqsadga muvofiqlik” tushunchalar mohiyati ijtimoiy-iqtisodiy va 
estetik kontseptsiyalarni o`zgarishi bilan o`zgaradi. Demak, yangi davrda eski kostyumni avvalgi 
turida kiiysh mumkin emas. 
Kostyum funktsiyasini quyidagicha tasniflanishi tavsiya etiladi: 
-
muhit va insonni o`zgartiradigan funktsiya; 
-
moslashtiruv funktsiya, inson-kostyum tizimini saqlash
-
maqsadga erishishni ta`minlaydigan rezul`tativ funktsiya; 
- integrativ funktsiya buyumning madaniy yutuqlarini ko`rsatadi. 

Download 1,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish