Zamonaviy kostyum assortimentining umumiy tavsifi, muammolari va
rivojlanish tamoyillari
.
Reja:
1.
Zamonaviy kiyim assortimentini o`ziga hosligi.
2.
Kiyim assortimentining rivojlanish tamoyilari.
3.
Kiyim assortimentining rivojlanish muammolari va istiqboli
Tayanch iboralari:
zamonaviy, talab, kelajak, assortiment, kostyum, dizayn iste`molchiyu
Adabiyotlar: 4, 16, 26.
Texnikaviy progressning templarini tezlashtirgan ilmiy-texnikaviy progress (ITP) badiiy
madaniyatga kuchli ta`sir ko`rsatdi.
San`at va ITP bir-biriga qarama-qarshi emas. ITP qo`ygan masalalar “hayotni go`zallik
qonunlari bo`yicha” tasdiqlashni nazarda tutadi. Ikki sohani o`zaro bog`liqligi ijodiy fikrni
kontsentratsiyalashda aniq ifodalangan. San`at jamiyatda ijodiy fikrning akkumulyatori bo`lib,
faol ijodiy shaxsni tarbiya qililishi lozim.
Zamonaviy san`at, ya`ni jahon san`ati, jahon badiiy madaniyati, bir xil emas va o`zaro
keskin qarama-qarshidir. Mamlakatlar va jahon xalqlar zamonaviy san`atda universal badiiy
uslub mavjud emas. Jahon san`ati o`z ijtimoiy-tarixiy tipologiyasi bo`yicha har xil badiiy
madaniyatlarni o`zaro bir-biriga ta`sir etib barpo etilmoqda. Hozirgi davrda jahon san`at tarixini
dialektikasiga binoan g`oyaviy-badiiy harakatlarni yaqinlashi va tuqnashi ro`y bermoqda.
Ammo, bu sharoitda ayrim san`at turlari orasida uyg`un bog`lanish muammosi, yagona
uslub yaratish, yaxlitlik va mukammallikni barpo etish lozimligi juda muhimdir. Zamonaviy
demokratik ruhlangan rassomlar jahondagi ziddiyatlarni oqlaydigan va uyg`unlikni inqor
qiladigan estetikaga qarama-qarshi insonparvar ideallarni tasdiqlamoqda.
XX asr ilmiy-texnikaviy inqilob voqelik va hayotga yangi qarashlar bilan bog`liq. YAngi
san`at o`tmishning ulug`ligini o`zlashtirib, ana`nalarga yangiliklarni kiritdi.
San`at bilan aniqlik, tejamlik, tektonik, ravshanlik, etakchilik qilmoqda. Zamonaviy
san`atning asosiy vazifasi - insonning faoliyatiga maksimal mos bo`lish va unga komfort va
qanoatni hosil qilish.
Korxonani ijtimoiy funktsiyalariga mos yangi uslub sanoatda ishlab chiqaradigan
mahsulotlarda yangi estetik qiymatlarni hosil qiladi. Bu buyumlarda sanoat mollarnni yangi sifat
printsipi mavjud: ritm, musiqalik va shakllari geometrizatsiyalanishi.
Sanoat san`ati – dizayn moddiy ishlab chiqarish sohasida borlikni estetik o`zlashtirish
faoliyati sifatida ishtiroq etmoqda. Hozirgi zamon – bu texnikani kuch-qudratiga tan berishdir,
endi u akl va mantiqani ifodasidir.
Buyumlarning funktsionalizmi va keyinroq psixologizmi zamonaviy go`zallik va
madaniyatni ifodasi deb ayon etiladi. Buyumlarning funktsionalizmi va u bilan bog`liq
konstruktivizm hozirgi davrda asosiy g`oya bo`lib qoldi.
X1X asr kostyumidan yaratilib, zamonaviy kostyum undan butunlay farqlanadi – u sodda,
oddiy, hajmi katta emas, engil, figuraga yaqinlashgan. Ammo, o`tgan asr kostyumini inqor etib,
zamonaviy kostyum uni
108
printsiplarini rivojlab qo`llaydi. Siymo inson va kostyumning uygunligida hosil bo`ladi.
Zamonaviy kostyum go`zal proportsiyalarni yaratmasdangina ularni ko`rsatadi. U o`zgaruvchan,
egiluvchan va dinamiklik. Kostyum figurani o`zgartirmasdan uni go`zalligini namoyon
etadi.
Zamonaviy davr quyidagilarni talab qiladi: mukammal shaklni; figurani yaxlit tasavvur
etilishini; buyumni texnikaviy jihatidan yaxshi ishlanishi; buyum figurada “yaxshi turibdi” ideali
o`rniga yangi estetik ideal paydo bo`ldi – “buyum figuraga plastik moslanishi”.
XX-XX1 asrlar garderobini ta`minlanishi vaqtlar sari sinalgan shakllar asosida barpo
etilmoqda, ularni asosida moda yo`nalishlari yaritilmoqda, ular har doim yangi timsol tizimlari
va badiiy siymolari bilan boyitilmoqda.
Zamonaviy kostyumni quyidagilar tavsiflaydi:
-
kostyum ansamblining yorqin siymoligi;
-
qo`shimchalar kostyumni nimaga mo`ljallanganligini ko`rsatadi;
-
kiyim yagona turlarining materiallarini erkin kompozitsiyasi;
-
rang aktsentlarini erkin joylanishi;
-
ko`pfunktsiyaliigi,
mavsumga
mos
emasligi,
turlanishi
kostyumni
universalligi va qo`layligini ifodalaydi;
-
yangi kiyim turlarini yaratish va ana`naviylarni transformatsiyalash;
-
materiallarning qo`llanishini qayta taqsimlash;
-
materiallarni universalligi;
-
ichki kiyimlarni ustki kiyim sifatiga o`tishi;
- kostyumda
uzunliklar
va
hajmlar,
va
siluetlarni
kontrast
birikmalari,
ko`pqavatlik, ko`ppog`onalik, komplektlarni notipikligi ustunlik qilmoqda;
-
sport uslubini etakchiligi;
-
uslublarni mosligi yoki kontrastligi;
-
uslublar, materiallar va buyum turlarini barcha yosh guruhlarida eklektik birikmalari yangi
estetik sifatni barpo etdi;
- kostyum
elementlarini
kiyish
turli
usullari,
ulardan
har
xil
birikmalarni yaratish;
- inson garderobida bir xil mo`ljalga belgilangan buyumlar kamaymoqda.
Kiyimni
takomillashtirishiga
majbur
etadigan
asosiy
kuch
–
bu
inson
talablarini
rivojlantirish
va
ularni
qondirishdir.
Kiyimga
qo`yiladigan
talablar
inson
– kostyum – muhit – korxona tizimida tuziladi,
qayerda inson, iste`molchi bo`lgani bois
tizimni loyihalashga
yo`naltiriladi.
Kiiym
assortimentining
rivojlanish
tamoyillari
tizimli
nuqtai
nazar
printsiplari
va
o`zidan
o`zi
jalb
etadilishi
bilan
asoslanadi:
insonni shakllantiradigan
kiyim (figurani
ta`qidlaydigan yoki
yashiradigan); tashqi muhit o`zgarishlariga odamni moslanishiga va rivojlanishiga imkoniyat
beradigan kiyim; chiqindisiz kiyim.
Kostyumnig an`anaviy turlari va bir xil materiallardan tayyorlangan kiyimlar endi
insonlarning ehtiyojlarini qondirmaydi.
Hozirgi davrda insonning ruhiy rivojlanishi, o`z fikrini erkin ifodalashi nazarda tutiladi.
SHuningdek jismoniy rivojlanishi, o`z o`zini takomillashtirishi ro`y bermoqda.
Birinchisi – insonning rivojlanishida ko`zga yaqqol tashlanadigan tengsizlikni ifodalasa,
ikkinchisi – odamlarning sport bilan shug`ullanishi va korxona talablari bilan bog`liq.
Kostyum assortimenti bo`limlarga parchalanishi va odamda sinalish jarayoni ro`y
bermoqda. Tizimli tahlil nuqtai nazaridan bu aholining zichligi bilan bog`liq.
Zamonaviy va kelajak kostyumga quyidagi talablar qo`yladi: har xil qomatli odamlarga
kiyish imkoniyatini yaratish; tashqi muhitni o`zgarishiga va uslubiy yo`nalishiga mos siymoni
kostyum bilan ta`minlash; insonning ahvolini tezlik bilan tiklash; materialning universalligi va
konstruktsiya tuzilishalar yordamida kiyimni har xil qomatli odamlarga kiyish imkoniyatini
109
yaratish (bu talablarga rel`efli yuzalar yoki olib qo`yiladigan detallar yordamida erishish
mumkin).
YAngi kiyim yaratish uchun iste`molchi va korxona talablari nuqtai nazaridan loyihalash
usullarni, ishlab chiqish texnologiyasini va qo`llanadigan asbob-uskunalarni butunlay qayta
kurib chiqishni majbur etadigan muammolar:
1)
sog`lomlashtiradigan, davolaydigan va kasalliklarni oldini oladigan kostyum uchun
materiallar, shakllar, konstruktsiyalar va texnologiyalarni yaratish (masalan, charchashni, ruhiy-
jismoniy keskinlikni yo`qotish, jarohatni davolash, odamning harorati o`zgarishga ko`ra rangini
o`zgartiradigan kiyimlar va h.k.);
2)
noyob xususiyatli materiallar shakllar, konstruktsiyalar va texnologiyalarni yaratish:
odamni o`z-o`zidan isitadigan yoki sovutadigan material va kostyumlar; rang sezgili va yorug`lik
o`tishni rostlaydigan kostyum; ovozni rostlaydigan kostyum; hidni sezadigan kostyum; odamni
ovoziga javob beradigan kostyum elementlari; o`z-o`zidan tiklanadigan materiallar; belgilangan
muhitda istem`olchi talablarini ta`minlaydigan kostyum; himoya kostyumlarni yaratish: o`z-
o`zidan tashqi muhitning har xil zarali tahsirlaridan rad etadigan; har xil mikroblar uchun tuzoqli
kiyimlar; sanitariya kiyimi – odam organizmi chiqindi moddalaridan himoya qiluvchi.
3)
insonning
jismoniy,
ruhiy
va
psixik
imkoniyatlarini
kengaytiradigan
kostyum
uchun
yangi
materiallar,
shakllar,
konstruktsiyalar
va
texnologiyalarni
yaratish:
aqliy
va
jismoniy
og`irlikni
engillashtiradigan
yoki
olib
tashlaydigan
(masalan,
shaxtyorlar
kostyumida
kumirdan qo`shimchalar va o`zgarmas magnitlar yordamida bu muomala echiladi);
ogohlantiradigan
kostyumlar
(bolalar,
ko`zi
ojizlar,
qarilar
va
b.
uchun);
inson
amalga
oshirmagan
(san`atga,
fanga
va
h.k.)
potentsial
imkoniyatlarini
yuzaga
chiqaradigan
kostyumlar;
insonni
nohush
rag`batlarini
ogohlantiradigan kostyumlar.
4) bir marta kiyiladigan kiyimlar: o`zidan o`zi yuviladigan, erib ketadigan, kimyoviy hodisalaridan
darak beradigan kostyumlar.
SHu ravshda kostyum assortimentini kengaytirish va sifatini yaxshilash real perspektivalar
kiyimni tizimli loyihalashda o`zaro bog`liqlarni prognozlash va optimizatsiyalashganda barpo
etilishi mumkin, u inson -kostyum – muhit – korxona tizimida o`zlashtirilishi lozim.
Hozirgi kunda bu muammolar Frantsiya, YAponiya, AQSH, Janubiy Koreya va b.
mamlakatlar Amaliylarida tadqiqot etilmoqda. Masalan, Frantsiyada chiqarilgan maxsus gazmol
bir tomoni odamni isitsa, ikkinchi tomoni esa - sovutadi; YAponiyada vitamin S bilan ishlov
berilgan gazlama yaratilgan, u odamni ushbu vitamin bilan ta`minlaydi (50 karra yuvilishni
chidaydi), xidi bo`lmaydigan paypoqlar chiqarilmoqda (maxsus antimikrobli modda bilan ishlov
berilgan); haroratga ko`ra rangi o`zgaradigan gazlama chiqarilgan, va h.k.
Nazorat savollari.
1.
Zamonaviy kostyum assortimentiga ITPning ta`siri.
2.
Zamonaviy kostyumga qanday talablar qo`yiladi?
3.
Zamonaviy kostyumni nima tavsiflaydi?
4.
Kostyum assotimentining tamoyilari.
5.
Kelajak kostyumga qo`yiladigan talablar.
6.
YAngi buyumlarni yaratish uchun iste`molchi va korxona talablari.
Do'stlaringiz bilan baham: |