2-Аmаliy mаshg‘ulot
KONSENTRASIYANI IFODALASH VA ANIQLASH USULLARI
(2 soаt)
Nisbiy miqdori keng ko‘lamda o‘zgara oluvchi ikki yoki undan ortiq komponent-tarkibiy qismlardan tashkil tipgan qattiq yoki suyuq gomogen faza eritma deyiladi.
Barcha eritmalar erigan moddalar va erituvchilardan tashkil topgan bo‘ladi. Erigan modda bilan muvozanatda bo‘lgan eritma to‘yingan hisoblanadi. Amaliyotda to‘yinmagan eritmalar, ya’ni tarkibida erigan modda konsentratsiyasi kamroq bo‘lgan eritmalar ko‘p ishlatiladi.
Eritmalar 2 xil bo‘ladi: konsentrlangan va suyultirilgan.
Eritma yoki erituvchining ma’lum hajmda erigan moddaning miqdori eritmaning konsentratsiyasi deyiladi.
Eritmada erigan modda konsentratsiyasi yuqori bo‘lganda konsentrlangan, kam bo‘lganda suyultirilgan eritma deb yuritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |