Kislota, asos va tuzlarning dissotsilanishi
Dissotsilanganda kation sifatida H+ ionlari hosil qiladigan murakkab moddalar kislotalar deyiladi. Kislotalar ulardagi vodorodning soniga qarab bosqichli dissotsilanadi. Misol uchun HCl, H2SO4, H3PO4 kislotalarning dissotsilanishini ko‘rib chiqamiz: I. HCl ↔ H+ + Clˉ ;
I. H2SO4 ↔ H+ +HSO4ˉ ;
II. HSO4ˉ ↔ H+ + SO42- ;
I. H3PO4 ↔ H+ + H2PO4ˉ ;
II. H2PO4ˉ ↔ H+ + HPO42- ;
III. HPO42- ↔ H+ + PO43- .
Yoki ularni umumiy holda ham yozish mumkin. Masalan ko‘p negizli kislotalar uchun:
I. H2SO4 ↔ 2H+ + SO42- ; II. H3PO4 ↔ 3H+ + PO43-
Dissotsilanganda anion sifatida OHˉ ionlari hosil qiladigan murakkab moddalar asoslar deyiladi. Ular gidroksil guruhning soniga qarab bosqichli dissotsilanadi:
I.NaOH↔Na++OHˉ;
I. Ca(OH)2↔CaOH++OHˉ; II. CaOH+↔Ca2++ OHˉ;
I. Al(OH)3↔Al(OH)2+ + OHˉ; II. Al(OH)2+↔AlOH2+ + OHˉ;
III. AlOH2+ ↔ Al3+ + OHˉ .
Ularni umumiy holda quyidagicha yozish mumkin:
I. Ca(OH)2↔Ca2+ + 2OHˉ; II. Al(OH)3↔Al3+ + 3OHˉ;
Dissotsilanganda metall kationi va kislota qoldig‘i anioni hosil qiladigan murakkab moddalar tuzlar deyiladi. Faqat o‘rta tuzlar bir bosqichda, qolgan barcha tuzlar ko‘p bosqichda dissotsilanadi.
O‘rta tuz: Na2CO3 ↔ 2Na+ + CO32-;
Al2(SO4)3 ↔ 2Al3+ + 3SO42- ;
Nordon tuz: NaH2PO4 ↔ Na+ + H2PO4ˉ (birinchi bosqich);
H2PO4ˉ ↔ H+ + HPO42- (ikkinchi bosqich);
HPO42- ↔ H+ + PO43- (uchinchi bosqich).
Asosli tuz:Al(OH)2Cl ↔Al(OH)2+ + Clˉ (birinchi bosqich);
Al(OH)2+↔AlOH2+ + OHˉ (ikkinchi bosqich);
AlOH2+ ↔ Al3+ + OHˉ (uchinchi bosqich).
Qo‘sh tuz: KNaSO4 ↔ K+ + NaSO4 ˉ (birinchi bosqich);
NaSO4 ˉ ↔ Na+ + SO42- (ikkinchi bosqich).
Kompleks tuz:
[Ag(NH3)2]Cl ↔ [Ag(NH3)2]+ + Cl- (birinchi bosqich);
[Ag(NH3)2]+ ↔ AgNH3+ + NH3 (ikkinchi bosqich);
AgNH3+ ↔ Ag+ +NH3 ˉ (uchinchi bosqich).
Na3[Co(NO2)6]↔3Na+ + [Co(NO2)6]3- (birinchi bosqich);
[Co(NO2)6]3- ↔ Co3+ + 6NO2- (ikkinchi bosqich);
Ma’lumki, eritmada elektrolit molekulalarining hammasi ham ionlarga dissotsilanmaydi va natijada eritmada ionlar va ionlarga ajralmagan molekulalar paydo bo‘ladi. Ionlarga ajralgan molekulalarning eritmadagi umumiy molekulalarga nisbati dissotsilanish darajasini beradi va u foizlarda ifodalanadi
α = · 100% (1)
bu yerda: n – ionlarga ajralgan molekulalar soni;
N – eritmadagi erigan molekulalarning umumiy soni;
α – dissotsilanish darajasi.
Dissotsilanish darajasiga qarab moddalarni kuchli, kuchsiz va o‘rtacha kuchli elektrolitlarga ajratiladi. Masalan, agar dissotsilanish darajasi 30% dan yuqori bo‘lsa – kuchli elektrolit, 30 – 3% bo‘lsa – o‘rtacha kuchli elektrolit, 3% dan kam bo‘lsa – kuchsiz elektrolit deyiladi.
Mavzuga doir masalalar yechish
1-masala. Eritmada 500 ta molekula mavjud bo‘lib, shulardan 100 tasi ionlarga ajralgan bo‘lsa, dissotsilanish darajasi qanchaga teng bo‘ladi?
Yechish: Berilgan: N=500; n=100; α=?
α = · 100% = ·100% = 20% javob: α = 20%
2-masala. Dissotsilanish darajasi 60% ga teng bo‘lgan eritmada 120 ta ionlarga ajralgan molekulalar mavjud bo‘lsa, eritmadagi umumiy molekulalarning soni qanchaga teng?
Yechish: Berilgan: α=60%; n=120; N=?
N = · 100 = · 100 = 200 ta javob: N=200 ta.
Do'stlaringiz bilan baham: |