O`zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti



Download 204 Kb.
bet8/9
Sana18.07.2022
Hajmi204 Kb.
#821577
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
kurs ishi Shodiya

Da’vogarlik darajasi
Da’vogarlik darajasi 60 balldan 89 ballgacha bo’lsa, bunda da’vogar darajasini normalligini, realligini bildiradi. Agarda natija 75 dan 89 ball oralig’ida bo’lsa, sinaluvchi o’z imkoniyatlari haqida optimal tasavvurgа ega ekanligini bildiradi. Optimal yondoshish shaxs sifatida rivojlanishda muhim omil bo’lib xizmat qiladi. 90 balldan 100 ballgacha bo’lgan natija esa ko’pincha o’quvchilarning o’z imkoniyatlariga noreal, notanqidiy yondoshishni bildiradi.
Natija 60 balldan past bo’lsa, da’vogarlik darajasining pastligini bildiradi, bu – shaxsning rivojnlanishi salbiy ekanligidan dalolat beradi.
O’z- o’zini baholash darajasi.
O’z-o’zini baxolashda ballar 45 balldan 74 ball (“o’rtacha” vа “yuqori”) gacha bo’lsa, bu real (haqqoniy) baholanishni bildiradi.
75 dan 100 ballgacha ko’rsatkich esa o’z-o’ziga juda yuqori baho berganini bildirib, bunda shaxs shakllanishida ayrim og’ishlar borligini ko’rsatadi. O’-o’ziga ortiqcha baho berish shaxsning yetuk emasligini, o’z faoliyatini to’g’ri baholashni va o’zini boshqalar bilan solishtirishni bilmasligini ko’rsatadi.
Sinaluvchining o’zini bunday baholashi shaxs shakllanishi aytarli darajada buzilganligi – “tadqiqotga yopiqligini”, o’zini xatolari, omadsizliklari, atrofdagilarning tanbeh va baholariga beta’sirligini va o’ziga olmasligini ko’rsatadi.
Natija 45 balldan kam bo’lsa u o’ziga past baho berishini o’zini qadrlamasligini, shaxs rivojlanishida birmuncha salbiyligini bildiradi. Bunday o’quvchilar “Xavfli guruh” ni tashkil etadilar, bundaylar hozirgi jamiyatda kam uchraydi. O’ziga past baho berish ortida, umuman, ikki hil psixologik ko’rinish bo’lishi mumkin: o’ziga kuchli ishonchsizlik yoki “ximoyalanish”, bunda o’ziga “men hech narsani eplolmayman” deb baho berish, hech narsaga urinmaslikka, o’zgarmaslikka olib keladi.
Dembo-Rubenshteynning “O`z-o`zini baholash metodikasi blankasi
F.I____________________________________


Sog`liqq



Xarakter

Baxt

Aql, qobiliyat

O’tkazilgan metodikaga ko’ra, olingan natijalar quyidagi jadvalda havola qilinadi:






Past

O’rta

Yuqori

Sog’liq

13

10

77

Aql va Qobilyat

8

10

82

Xarakter

15

20

65

Baxt

15

20

65

Sog’liq ko’rsatkichi:


Sinaluvchilarning sog’liq bo’yicha ko’rsatkichlarini eng past darajasi 13% ni, o’rtacha darajasi 10% ni, yuqori darajasi esa 77% ni tashkil etgan. Demak, sinaluvchilarning asosiy qismi o’zining salomatligiga ishonadi. Bu ularning ko’p kasal bo’lmasliklari bilan bog’liq bo’lishi mumkin. Bu ko’rsatkich umumiy tahlil qilinsa, ijobiy natija sifatida olinishi mumkin, chunki barkamol va sog’lom avlodni tarbiyalash muhim bo’lgan ayni sharoitda yosh avlodning salomarligi dolzarb ahamiyat kasb etadi.
Sinaluvchining BAXT ko’rsatkichi bo’yicha natijalari quidagicha – past darajasi – 8%, o’rta ko’rsatkich – 10%, yuqori ko’rsatkich – 82% ni tashkil etdi. Bunga ko’ra sinaluvchilarning kata qismi o’zini baxtli xis qilinishini ko’rishimiz mumkin. Bbu ko’rsatkich ham davlatimiz tomonidan qo’yilgan ayni kundagi talab va siyosatga mos keladi. Bolalarning o’zini baxtli xis qilishi ularning ozod va obod Vatanda yashashini his qilishi bilan bog’liq holda tahlil qilinsa yanada ijobiy baho berish mumkin. Qolaversa, o’zini baxtli his qilgan bola, avvalo, ruhan baquvvat bo’ladi, bu uning po’quv faoliyatiga ham o’zining ijobiy ta’sirini ko’rsatishi mumkin. Bu esa uning shaxs sifatida shakllanishiga o’z ijobiy ta’sirini ko’rsatmasdan qolmaydi.
AQLIY DARAJA ko’rsatkichi – sinaluvchilarda quidagicha taqsimlangan – past daraja – 15%, o’rta daraja, 20%, yuqori daraja 65% ni tashkil etgan. Sinaluvchilarning asisiy qismida o’zining qobilyatlarini yuqori darajada baholashgan. Buni shunday izohlash mumkinki, bolalarning o’z kuchi va imkoniyatlariga bo’lgan ishonchini ko’rsatadi. Malumki, “Men” – obrazi shakllanishining reallik darajasi va tayanchlari maktabgacha davrda paydo bo‘lib, aynan maktabdagi o’zlashtirish darajasi bilan bog‘liq. Shu o’rinda bolalardagi past ko’rsatkich - o‘z qadr qimmati haqidagi tasavvurning yaxshi shakllanmaganligi va bu esa bolada maktabda o‘qish bilan bog‘liq turli qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi.
Sinaluvchilarning XARAKTER ko’rsatkichlari quidagicha - past daraja - 20%, o’rta daraja - 13%, yuqori daraja - 67%ni tashkil etgan. Bu ko’rsatkich sinaluvchining “MEN” konsepsiyasi bilan bog’liq. Shaxsning o‘z-o‘zini baxolashi, o‘zining xulq atvori, hatti-xarakati, fikr ma'sulligi hamda jamiyatdagi o‘rnini aniq bilib borishi uning ayni paytdagi “Мen” ini belgilaydi.
Yuqoridagi ko’rsatkichlar sinaluvchilarning shaxs sifatida rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatuvchi omillar sifatida ko’rinadi.
Bilamizki, Shaxsning o‘y-fikrlari, muayyan maqsad yo‘lidagi kelajak orzu-intilishlari, tasavvurlari “men” obrazini tashkil etadi. Shuning zaminida shaxs rejalari, kasb faoliyati jarayonidagi faol harakatlari va istaklarini ro‘yobga chiqa borishi esa “men” qobiliyatini vujudga keltiradi. Shaxs qobiliyatining rivojlanishi va ro‘yobga chiqishida ichki va tashqi omillarning ta'siri bor. Ichki omil deganda shaxs ruhiyati va fikriy sog‘lomligi, mantiqiy tafakkurining aniqligi, iroda va e'tiqodning butunligi tushuniladi
XULOSA

Bizga malumki, bolalarning shaxs sifatida shakllanishiga ва kelajakda jamiyatda o’z o’rnini topisihgа uning o’z-o’ziga beradigan bahosi kata ahamiyat kasb etadi. Biz olib brogan tadqiqotimiz natijalariga ko’ra quidagi xulosalatrni berish mumkin: O‘ziga- o‘zi baho berish- shaxsning o‘zi tomonidan o‘ziga, o‘z imkoniyatlariga, boshqa odamlar orasidagi fazilatlariga va o‘rniga baho berilishidir.


Shaxs o‘ziga - o‘zi baho berish orqali o‘zining xulq- atvorini to‘g‘irlab tartibga solib boradi. U shaxsning yadrosiga taaluqli bo‘lib,xulq- atvorni muhim boshqaruvchisidir. Odamning atrofdagilar bilan o‘zaro munosabatlari, uning tanqiydiligi,o‘ziga talabchanligi, muvaffaqiyat va muvaffaqiyatsizlikka munosabati uning o‘ziga- o‘zi beradigan bahosiga bog‘liqdir. Shu bilan u shaxsning faoliyati samaradorligiga va shaxsning keyingi taraqqiyotiga ta'sir etadi.
Shaxsning o‘z-o‘zini baxolashi, o‘zining xulq atvori, hatti-xarakati, fikr ma'sulligi hamda jamiyatdagi o‘rini aniq bilib borishi uning ayni paytdagi “men”ini belgilaydi. Shaxsning ya’ni o’smirning o‘y-fikrlari, muayyan maqsad yo‘lidagi kelajak orzu-intilishlari, tasavvurlari “men” obrazini tashkil etadi.
Shuning zaminida shaxs rejalari, kasb faoliyati jarayonidagi faol harakatlari va istaklarini ro‘yobga chiqa borishi esa “men” qobiliyatini vujudga keltiradi. Shaxs qobiliyatining rivojlanishi va ro‘yobga chiqishida ichki va tashqi omillarning ta'siri bor. Ichki omil deganda shaxs ruhiyati va fikriy sog‘lomligi, mantiqiy tafakkurining aniqligi, iroda va e'tiqodning butunligi tushuniladi.
Yuqoridagi xulosalarga ko’ra quidagi tavsiyalarni berish mumkin:
Kichik maktab yosh davridagi bolalarda o’z-o’ziga ishonchni adekvat yuqori darajada shakllantirish uchun avvalo, ularning salomatligi, baxtli ekanligiga ishonchini ortirish maqsadga muvofiq.

  1. Bolalarning o’zlarini baxtli xis qilishlari uchun ularning ota-onalari, o’qituvchilari va tengdoshlari bilan ijobiy munosabatni yo’lga qo’yish maqsadga muvofiq;

  2. Bu yosh davrida o’qituvchining so’zi senzitivligini hisobga olib, bola tomonidan to’g’ri bajarilgan har qanday topshiriq uchun uni rag’batlantirish maqsadga muvofiq;

  3. Bolalarga o’zlariga real adekvat baho berishga o’rgatish va shu orqali ularda shaxs xususiyatlarini normal rivojlanishiga e’tiborni qaratish.

Kichik maktab yoshidagi bolalarda intellektual va axloqiy hislar, o‘rtoqlik, do‘stlik hislari katta o‘rin ola boshlaydi. Vatanpar- varlik, vijdoniy burch hissi va shu kabi hislar paydo boladi va o'sadi. Axloqiy hislarning rivojlanishiga jamoaviy ishlar, o‘qish mazmuni, turli jamoat tashkilotlari va shubhasiz o'qituvchining shaxsiy namunasi ta’sir ko'rsatadi. O‘qishning boshida aynan shu o‘qituvchi shaxsi kichik maktab yoshidagi o‘quvchining juda ko‘p axloqiy hislarining rivojlanishini belgilab beradi. Birinchi vaqtlar- da o‘quvchi sinf jamoasi bilan o‘qituvchisi orqaligina bog‘langan bo‘ladi. 0 ‘qituvchi bola uchun barcha diqqat-e’tibori va hislari qaratilgan markaziy figura bolib hisoblanadi. Bilimli, mahorat- li, bolalarni sevuvchi pedagog o'qishning keyingi bosqichlari- da ham o‘quvchilarining o‘ziga bolgan shunday munosabatini saqlab qoladi. Lekin keyinchalik bu muhabbat, bogliqlik usto- zi va sinf jamoasi, o‘rtoqlari, do‘stlari o‘rtasida bolinadi. Shunga qaramasdan boshlanglch sinf o‘quvchisi uchun o‘qituvchi asosiy avtoritet hisoblanadi. U o‘qituvchisi haqida uyida jo‘shib va hur- mat bilan gapiradi. 0 ‘qituvchining ta’siri ostida asta-sekinlik bilan o‘quv, mehnat va o‘yin faoliyatlarida har bir sinfdoshi uchun tashvishlanish, jamoa (kollektivizm) hissi paydo boladi. Bu esa bolalardagi oltoqlik hissining rivojlanishiga zamin boladi. Bolalar o‘qishda past o‘zlashtirayotgan oltoqlariga yordam berishga harakat qiladilar. Bu motivlar shunchalik chuqur va kuchli boladiki, ular maqsadlariga erishish uchun juda ko‘p qiyinchi- liklarni: o‘zlashtirmayotgan o‘rtog‘ining dangasaligi, o‘zining darslarini tayyorlashga tezroq ulgurishi, ba’zan esa hatto ota-ona- larning qarshiliklarini ham yengishi kerak. Bunday vaziyatlarda bolada shakllanayotgan mas’uliyat hissi qiyinchiliklarni yengish- ga va o‘z ishini muvaffaqiyatli bajarishiga yordam beradi. Birinchi sinfda o‘quvchi o‘qituvchisining tanbehlari o‘rtoqlarining oldida yoki o‘ziga yolglz berilganiga e’tibor bermasa, ikkinchi sinfda o'rtoqlari oldida berilgan tanbehlardan uyaladigan bolib qolishi bolaning o‘zini jamoa a’zosi sifatida toliq his etayotganidan va oltoqlari uni hurmat qilishlarini istayotganidan dalolat beradi. Estetik hislar birinchi navbatda bolalarning badiiy asarlarni idrok qilish jarayonida namoyon boladi. Uchinchi sinfga borib bolalar ustozi o‘qiyotgan she’rlarning nafaqat mazmuniga, balki o‘qilishidagi go‘zalligiga ham e’tibor beradilar. Badiiy asarlarni o‘qiyotganlarida va kinofilmlarni ko‘rayotganlarida bolalar asosan asar qahramonlarining axloqiy sifatlarini baholaydilar. Badiiy asarning estetik tomoni pedagog tomonidan bolalarga ko‘rsa- tilishi kerak. Ana shunday o‘rgatish bolgan taqdirdagina kichik maktab yoshidagi bolalar ularga mos bo‘lgan musiqiy asarlarga emotsional baho bera oladilar.
Shunday qilib, kichik maktab yoshi 7—11 yoshli bolarlarni o‘z ichiga oladi. Bu davrda o‘qish yetakchi faoliyatga aylanadi, o‘qituvchining so‘zi bola uchun senzitiv hisoblanadi. Intellektual refleksiya bu davrda paydo bolgan yangi psixologik tuzilmadir.


Download 204 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish