O`zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti


Taqrizchi: Umumiy psixologiya kafedrasi katta o’qituvchisi: M.Qodirova



Download 204 Kb.
bet2/9
Sana18.07.2022
Hajmi204 Kb.
#821577
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
kurs ishi Shodiya

Taqrizchi:
Umumiy psixologiya kafedrasi katta o’qituvchisi: M.Qodirova
MUNDARIJA

Kirish………………………………………………………………………….…3-6

I bob. Mavzuning adabiyotlardagi tahlili

    1. Kichik maktab yoshining o’ziga xos xususiyatlari………………................7-15

    2. Kichik maktab yoshidagi bolalarda shaxs

xususiyatlarining shakllanishi…………………………………………………16-18

II bob. Kichik maktab yoshidagi o’quvchilarning shaxs shakllanishida gender xususiyatlarni inobatga olgan holda psixologik tadqiqotlar qo’llash
2.1. Kichik maktab yosh davrida shaxs shakllanishida gender ajralishning moxiyati……………………………………………………….………….……19-26
2.2 . Bolalarning shaxs sifatida shakllanishiga o’z-o’ziga baxoning ta’sirini o’rganish…………………………………………………………………...…..27-33

Xulosa…………………………………………………………………………34-36
Foydalanilgan adabiyotlar
KIRISH
Bizning asosiy maqsadimiz – yoshlarning sifatli ta’lim olish imkoniyatiga ega bo’lishiga erishish, ularning o’z qobiliyati va iste’dodini ro’yobga chiqarish uchun barcha zarur sharoitlarni yaratib berishdan iborat.
Sh.M.Mirziyoyev
O’zbekistonning buyuk davlatga aylanishida ta’lim-tarbiya ishlarini oqilona yo’lga qo’yish, fuqarolarni zamonaviy ilm-fan, madaniyat, texnika va texnologiya yutuqlari bilan muntazam ravishda tanishtirib boorish benihoya katta ahamiyatga ega. Chunki taraqqiyot taqdirini ma’naviy jahatdan yetuk, dunyoviy bilimlar va texnologiyani egallagan, irodasi baquvvat, iymoni butun, zamonaviy fikrlaydigan yuksak salohiyatli odamlar hal etadi. Kelajak taqdirimizga hal qiluvchi ta’sir ko’rsatadigan asosiy omil fan, texnika, madaniyat, ma’rifat, ta’lim-tarbiya, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar borasidagi yangiliklar va yutuqlarni, jahon mamlakat tajribalarini keng ko’lamda o’rganish, rivojlantirish va hayotga joriy etishdir.
Biz shoshilmasdan, asosiy maqsaddan og’ishmay, izchillik bilan Milliy dasturni amalga oshirishimiz lozim. Shundagina u umumiy madaniyatni yuksaltirishga, farzandlarimizning jamiyatda o’z munosib o’rnini topishga xizmat qiladi.
Bu o’rinda o’sib kelayotgan yosh avlodni ruhiyati qonunyatlarini o’rganuvchi yosh davrlar va pedagogik psixologiya fanining o’rni va ro’li benihoya kattadir. Yosh avlodni yangicha ta’lim standartlari asosida, jahon talablariga javob beruvchi mutahassislar qilib tarbiyalash uzluksiz ta’limning bir bo’g’ini bo’lgan maktabda tahsil olayotgan yoshlar maktab ta’limi va tarbiyasining o’rnini nixoyatda oshiradi. Bu ish esa o’zidan tashqari, atrofdagilar bilan bo’ladigan munosabatlarda eng ilg’or va vatan taraqqiyotiga hizmat qiluvchi fikrlarni omma ongiga singdirish kabi muhim vazifani bajarishga hizmat qiladi. “Avvalambor, yoshlarimizning iymon-e’tiqodini mustahkamlash, irodasini baquvvat qilish, ularni o’z mustaqil fikriga ega bo’lgan barkamol shaхslar etib tarbiyalash, maktab ta’lim – tarbiya ishlarining samarasini tashkil etadi,“ deb yuqori ishonch bilan aytishimiz mumkin.
Inson psixologiyasini bilish, o’z taraqqiyoti va iqtidorini tashkil etishni bilish, har qanday yosh davrida ham optimal tarzda ishga yaroqlilikni, turli o’zgarishlarga psixologik jihatdan tayyorlikni ta’minlash, yangicha fikrlash va tafakkur qilish, ro’y berayotgan jarayonlarni obektiv va to’g’ri idrok etish qobilyatini rivojlantirish muammosini ilgari surdi va bu ishlarni ta’limning kichik bog’inlarida amalga oshirish kerakligi ayon bo’lib qoldi. Shu sababli O’zbekiston respublikasining “Talim tog’risida”gi qonuni, “Kadrlar tayorlash milliy dasturi”da boshlang’ich sinf o’quvchilarining ta’lim-tarbiyasiga alohida ahamiyat berilganligi so’zimizning isboti bo’la oladi. Kadrlar tayorlash milliy dasturining asosiy tushunchalaridan biri- shaxs tushunchasi bo’lib, uning maqsadi ham mustaqil fikrlaydigan shaxsni tarbiyalashdir. Shaxsning xis-tuyg’ularini tarbiyalash, estetik va badiiy didni o’stirish, go’zallikka mehr uyg’otish insonparvar jamiyatning asosiy vazifalaridan biri bo’lib kelgan. Shaxs ma’naviyatini shakllantirishda bevosita ta’sir qiladigan muhim hayotiy omillardan biri ta’lim va tarbiya tizimi ekanligi muhtaram Birinchi Prizidentimiz I.A. Karimovning “Yuksak ma’naviyat- yengilmas kuch” asarida ilmiy asoslab berilgan.
Boshlang’ich ta’limni qonun talablari darajasida tashkil etishda ta’limni boshqaruv organlari rahbarlari, o’qituvchilar ota –onalar va keng jamoatchilikning vazifalari belgilab qo’yilgan va ana shu talablar asosida vazifa qilib olingan . Bu o’z navbatida ,o’quvchilarning bilish faoliyatlarini rivojlantirishga yo’naltirilgan ilg’or pedagogik texnologiyalardan foydalanish , o’qituvchilarning ijodiy izlanish qobiliyatlarini rivojlantirish va amaliyotga moslashtirishni taqozo qiladi.
Shuningdek, boshlang’ich ta’lim konpensatsiyasida yetuk , ijtimoiylashgan , ma’naviy jihatdan shakllangan shaxsni yetishtirish masalasi ustuvor qilib qo’yilgan. Bunday maqsadga erishish uchun dastlab o’quvchilarning bilish faoliyatlarini rivojlantirishga ahamiyat berish lozim . Bunday faoliyat esa, atrof-muhit, tabiat va ijtimoiy hayotga nisbatan ongli yondoshuv natijasida rivojlanadi.
Boshlang’ich sinf o’quvchisining bilish faoliyatini rivojlantirish, ularning maylli-ehtiyojli, hissiy-ixtiyoriy, kognitiv sohalariga muntazam tarzda ta’sir o’tkazish orqali amalga oshadi. O’quvchilarni bilishga doir qiziqishlarini rivojlantirishdan ko’zda tutilgan asosiy maqsad ularda bilim olishga nisbatan ehtiyojni shakllantirish, qiziqishni uyg’otish, erkinlik tarzida o’z fikrlarini bayon etish, hamda fikriy faoliyat ko’nikmalarini shakllantirish va shu asosda yetuk shaxs qilibtarbiyalashdaniborat. Barkamol insonning shakllanishi uning kommunikativ qobiliyatlarining rivojllanishi, boshqalar bilan yaxshi munosabatlar o’rnatishi, jamiyat taraqqiyoti uchun baholi qudrat o’z hissasini qo’shib yashashi, shaxslararo munosabat qonunlarini bilishi va shu orqali jamiyatda o’zligini namoyon etishi ya’ni shaxs sifatida kamol topishi davlatimiz siyosatining ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi. SHu nuqtai nazardan olganda kichik maktab yoshidanoq bolalarning shaxs sifatida shakllanishini o’rganish mavzuning dolzarbligini ko’rsatib beradi.
  • Kurs ishining ob’ekti: Kichik maktab yoshidagi o’quvchilar

  • Kurs ishining maqsadi: Kichik maktab yoshidagi o'quvchi shaxsining gender xususiyatlarini o’rganish

  • Kurs ishining vazifalari:


    • Kichik maktab yoshidagi bolalarda shaXs

xususiyatlarining shakllanishini adabiyotlarda tahlili

    • Kichik maktab yoshidagi o’quvchilarning shaxs shakllanishida gender xususiyatlarni inobatga olgan holda psixologik o’yinlar qo’llash

    • Bolalarning shaxs sifatida shakllanishiga o’z-o’ziga baxoning ta’sirini o’rganish
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish