O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti tarix o`qitish metodikasi kafedrasi


Zarafshon vohasi bronza yodgorligining o‘rta osiyo moddiy



Download 299,5 Kb.
bet9/16
Sana27.06.2022
Hajmi299,5 Kb.
#708179
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16
Bog'liq
Холбозоров Санжар

2.2. Zarafshon vohasi bronza yodgorligining o‘rta osiyo moddiy madaniyatini urganilishdagi o‘rni va ahamiyati.
Darhaqiqat, Sarazmning Yuqori qatlamida dasht qabilalariga xos qo‘lda ishlangan Andronova madaniyati sopol parchalari uchraydi. SHuningdek, Sarazm IV davri metall komplekslari orasida ham bronza davri dasht qabilalari madaniyatiga tegishli pichoq va xanjarlar uchraydi. SHu bilan birga, Sarazmning eng Yuqori madaniy qatlam chuqurchalarida qo‘lda yasalgan, sirti qizg‘ish oq tiniq angob bilan pardozlangan rangli naqshli sopollar seriyasi uchraydi. Bu sopollar bir qarashda chust madaniyati sopollarini eslatadi. Demak, bu ashyoviy dalillar tahliliga ko‘ra, sarazmliklar dasht qabilalari bilan (Dashti Qazoni eslang) ma’dan konlari mojarosi tufayli Sarazmni tashlab ketgach, u joyda ma’lum vaqtlar o‘tgandan so‘ng so‘nggi bronza davri rangli sopol madaniyati (CHust) qabilalarining kulbalari paydo bo‘ladi. Agar masalaga A.Isxoqov xronologik davriy sistemasi nuqtai nazaridan yondashilsa, bu faraz g‘ayritabiiy bir hol edi. Ammo qadimgi Sarazmning eng Yuqori qatlami kompleksida so‘nggi bronza davrining rangli sopol madaniyati sopolining uchratilishini ikki holat bilan tushuntirish mumkin: birinchisi, keyingi yillar tadqiqotlarida chust madaniyati sanasini arxeologlar orasida mil. avv. II-ming yillik o‘rtalarigacha qadimiylashtirish kayfiyati hukm surmoqda , ikkinchisi, Sarazm IV Yuqori sanasini miloddan avvalgi II-ming yillikning o‘rtalarigacha yoshartirish g‘oyasi olga surilmoqda. SHunday qilib, Yuqorida keltirilgan faktlardan kelib chiqib, Sarazm 1-Nomozgoh III bilan, Sarazm II - Nomozgoh IV bilan, Sarazm III - Nomozgoh V bilan, Sarazm IV - Nomozgoh VI bilan davrlashtirish mumkin.
Zarafshon vohasining ilmiy adabiyotlarda so‘nggi eneolit va ilk bronza davri madaniyati hisoblanib kelingan Zamonbobo yodgorligi shu madaniyatga tegishli manzilgohlarning topilishi munosabati bilan A.Asqarov tomonidan muxtasar o‘rganilib, ularning yoshi miloddan avvalgi II-ming yillikning birinchi yarmi bilan belgilandi. Biroq V.I.Sarianidi go‘yoki Dashli kompleksida zamonbobo madaniyatiga xarakterli qushdonlarning topilishi bahonasida Zamonbobo madaniyatining yoshi miloddan avvalgi II-I ming yilliklar oralig‘idan uzoqqa bormaydi, degan da’vo bilan chiqadi. V.I.Sarianidining xato xulosasi ta’sirida A.Asqarov Zamonbobo madaniyatining sanasini yoshartirish yo‘lida maxsus maqola bilan chiqadi. B.A.Litvinskiy ham Zamonbobo manzilgohi yuzasidan terib olingan dasht qabilalarining sopollariga ishora qilib, V.I.Sarianidi taklifini asoslashga urinib ko‘radi.
Darhaqiqat, Katta tuzkon 35 manzilgohidan terib olingan sopollarning 98 foizini naqshsiz kulrang, shamot aralashmali qalin sopollardan iborat ekanini va manzilgoh maydonidan mis igna-bigiz va pichoq siniqlari hamda Zamonbobo qushdonlari parchalarining topilishini hisobga olganda Zamonbobo madaniyatining so‘nggi eneolit va ilk bronza davriga tegishli ekanligiga hech bir shubha qolmaydi.
Zarafshon vohasi bronza davri, ayniqsa, miloddan avvalgi II ming yillikning ikkinchi yarmida chorvador qabilalar tomonidan keng o‘zlashtiriladi. Yodgorliklardan topilgan ashyoviy dalillar orasida sopol idishlar, turli xil taqinchoqlar, metalldan ishlangan uy-ro‘zg‘or va mehnat qurollari ob’ektlar xronologiyasini o‘rganishda alohida ahamiyat kasb etadi. Bugungi kunda ulardan qolgan ashyoviy dalillarning uchrashi oriy qabilalarining janubga migratsiyasi bilan bog‘lanmoqda. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, oriylarning janubga Yurishi Avestoda ko‘rsatilganidek, bir sana doirasida bo‘lmagan. Ularning O‘rta Osiyoga ommaviy ravishda kirib kelishi ikki bosqichda Yuz bergan. Birinchi bosqich – miloddan avvalgi II-ming yillikning o‘rtalariga to‘g‘ri kelsa, ularning ommaviy ravishda kirib kelishining ikkinchi bosqichi mil. avv. II-ming yillikning oxirgi choragiga to‘g‘ri keladi. Bu davr materiallari shimoliy Baqtriyada Qo‘ng‘irtut va Teguzak manzilgohlarida uchraydi. Bu yodgorliklar davriy jihatdan Sopolli madaniyatining Mo‘lali bosqichi bilan zamondoshdir. Bu sanalar mutaxassislar orasida tan olingan . Shu bilan birga, ular orasida qadimiylikka davo qiluvchi Jukov memorial diniy kompleksi xronologik jihatdan Evroziya cho‘llarida chorvachilik xo‘jaligi endigina shakllanib borayotgan ilk bronza davri madaniyatlarining hosilasi bo‘lishi mumkin. Undan keyingi xronologik prioretitga da’vo qiluvchi ob’ektlar To‘qayli manzilgohi, CHakka qabristoni va Siyob yolg‘iz mozori bo‘lib, ularning mualliflari sopollardagi Andronova madaniyatining Olaqo‘l va Fyodorov bosqichlariga xos elementlariga qarab, ularning yil sanasini mil. avv. XIV-XIII asrlarga tegishli , degan g‘oyani ilgari suradilar. Biroq ularda topilgan Fyodorov bosqichiga tegishli sopollar va bronza bezaklarining shakli, materialni miloddan avvalgi XIII asrdan qadimiylashtirishga imkon bermaydi.
Zarafshon vohasida ishlab chiqaruvchi xo‘jalikka asoslangan yana bir yodgorliklar kompleksi Zamonbobo madaniyatidir. Bu madaniyat miloddan avvalgi III-ming yillikning oxiri va II-ming yillikning boshlarida Zarafshonning quyi havzasida, ikki mintaqa jamoalarining o‘zaro iqtisodiy va etnomadaniy aloqalari natijasi sifatida, mahalliy aholi etnik asosida shakllandi1. Ushbu madaniyat sohiblari iqtisodiy hayotiga janubiy qo‘shnilarning xo‘jalik ixtirolari katta ta’sir ko‘rsatgan. Zamonboboliklar ulardan boshoqli ekinlar ekishni, kulolchilikda charxdan foydalanishni, ikki kamerali xumdonlarda sopol idishlar pishirishni, yarim qimmatbaho rang-barang toshlardan nafis san’at asarlari darajasida munchoqlar yasash, ularni pardozlash va teshish texnikasini o‘rgandi.
Masalaga tadrijiy tarixiylik nuqtai nazaridan qaraganda, bu hududda ilk va rivojlangan bronza davrida istiqomat qilgan zamonboboliklar izsiz yo‘qolib ketmagan. Ularning avlodlari so‘nggi bronza davriga kelganda bu hududga kirib kelgan yangi etnik guruhlar bilan aralashib, kelgindilar (Andronova oriylari) siyosiy xukmronligi ostida yashashda davom etganlar2.
Zarafshonning quyi havzalarida bizga ma’lum bo‘lgan navbatdagi tarixiy bosqich bronza davri bo‘lib, bu davrning sohibi egalari tozabog‘yob tipidagi dasht qabilalarining andronova oriylari edi. Ular O‘rta Osiyoga, uning shimoliy-sharqiy tumanlaridan ko‘chib kelganlar. Albatta, ular Sarazm va Zamonbobo aholisi bilan to‘qnashgan va ular o‘rtasida qandaydir aloqalar oqibatida aralashib ketganlar. Masalan, Quyi Zarafshonning Gujayli mavsumiy mazilgohlarida Zamonbobo madaniyatiga tegishli predmetlarning uchrashi (masalan, chaqmoqtoshdan yasalgan lavoviylist shaklidagi paykonlar, qimmatbaho toshlardan ishlangan munchoqlar) yoki To‘qayli manzilgohida dasht madaniyatiga xos sopollar bilan birga sirti silliq qilib pardozlangan och qizg‘ish angobli sopollar va kulolchilik charxida yasalgan Sarazm 4 davrining g‘isht rangli sopollarining uchrashi, shuningdek, To‘qaylida ruda eritish va ruda yanchish bilan bog‘liq mehnat qurollari hamda chaqmoqtoshdan yasalgan maftunkor paykonlarning uchrashi ikki etnik guruhlarning asta-sekin o‘zaro qorishuvidan guvohlik beradi.
Zarafshon vohasi urug‘ jamoalari hayotida turli ilk diniy e’tiqodlardan so‘ng tabiat unsurlariga, birinchi navbatda, quyoshga sig‘inish dehqonchilik va chorvachilikning kashf etilishi bilan bog‘liq edi. SHuning uchun ham Zarafshon vohasining ilk dehqonchilik madaniyati Sarazmda otashparastlik ob’ektlari yaqqol ko‘zga tashlanadi. Masalan, Sarazmda, uning Sarazm II bosqichidan boshlab uy-joy komplekslarida maxsus altarli xonalar uchray boshlaydi. Mahobatli platforma ustida aniq reja asosida qurilib, 12 ta altar topilgan. Ushbu bino umumsarazm jamoasining otashparastlik ibodatxonasi bo‘lmasa ham, har qalay, u so‘nggi eneolit davri qabila sardori-kavisining qarorgohi bo‘lgan bo‘lishi mumkin1.
Zarafshon vohasida otashparastlik diniy e’tiqodi yaqqol ko‘zga tashlangan ob’ektlardan yana biri Zamonbobo madaniyatidir. Zamonbobo manzilgohi kulbasini qazish vaqtida otashparastlikdan dalolat beruvchi quyosh ramzining sopol parchasidagi aksi topilgan2.
Sopolga chizilgan quyosh ramzi qizg‘ish rangda doira shaklida bo‘lib, uning issiq nurlari quyosh aylanasi bo‘ylab oval shaklida chizilgan erga nur taratib turibdi. Ergacha yoyilib etib kelgan quyoshning bu issiq nurlaridan ona zamin toblanib, insonlarga hayot bag‘ishlamoqda. Zamonboboliklar e’tiqodida inson joni chiqqach, uning ruhi quyosh kabi tanadan ajralib, boqiy olamga uchib ketadi va tanadan tez-tez xabar olib turiladi, degan tasavvur mavjud. SHuning uchun ular mozorlarga kvadrat shaklida ishlangan sopol qushdonlar qo‘yganlar. Qushdonlarning ichki qismi ikkiga bo‘lingan, ya’ni qushdonning katta qismi don uchun, kichik bir burchak qismi suv uchun rejalashtirilgan3. Mana shu tipdagi sopol idishlarning qabrlarda uchrashi zamonboboliklar ruhiy olamining otashparastlik bilan bog‘liq ramziy ko‘rinishidir.
Zarafshon vohasida ibtidoiy otashparastlarning yana bir ob’ekti Samarqand shahridan 16 km sharqda, Jukov qishlog‘i yaqinidan topilgan1. Qazishmalar vaqtida er sathidan 4 metr chuqurlikdan diametri 3,06 metrli toshg‘ov ochiladi. Toshg‘ov devori xarsang toshlardan tarkib topgan fundament ustiga qurilgan. Toshg‘ovning ichidan ikkita kulga to‘la chuqurchalar topilgan. Uning birida toshbolta, chaqmoqtosh o‘q uchlari, ikkinchisida mitti hovoncha sopi topilgan. Ularning atrofida mitti hovoncha sopining siniqlari, kamon o‘qining uchlari (paykonlar), turli tosh qurollar, suyak va terrakota buYumlari, isiriqdon sinig‘i, dasht qabilalar madaniyatiga tegishli sopol parchalari sochilib yotardi. Toshg‘ovning g‘arbiy qismidan (diametri 22 sm) uchinchi chuqurcha – olovxona topilib, uning ichi oxraga to‘la bo‘lgan. Uning ichida sadafdek oq mayda munchoqlar va ikkita qo‘y oshig‘i topilgan. Olovxona chuqurchasi usti sopol bo‘lagi bilan berkitilgan. Toshg‘ovning qolgan qismlarida oxra va ko‘mir dog‘lari, hayvon suyaklari, suyak va bronza topilmalar, chaqmoqtoshdan ishlangan mayda mehnat qurollari sochilib yotgan.
Toshg‘ov ichida hech qanday qabr izlari yoki odam suyaklarining parchalari uchratilmadi. Toshg‘ov ichidan topilgan ashyoviy dalillar tarkibiga qaraganda, ushbu ob’ekt dasht qabilalari madaniyatiga tegishli, ularning hayot tarziga mos otashparastlik ibodatxonasiga o‘xshaydi. Mualliflarning ta’kidlashicha, bu joy ajdodlarimizning eng qadimgi va uzoq vaqtlar faoliyat ko‘rsatgan ochiq maydondagi “ibodatxona”si bo‘lishi mumkin. Chunki bu joyda ajdodlar ruhi va quyosh xudosiga atab qurbonliklar qilingan, muqaddas olov yoqilib, turli qurollar va sopol idishlar sindirilib, olovga tashlangan, qabila xudolariga maqtovlar aytilib, olov atrofida turli marosimlar o‘tkazilgan2. Demak, toshg‘ov ichidan topilgan ashyoviy dalillar va qabr izlarining uchramasligi ushbu ob’ektni otashparastlik dini bilan bog‘liq marosimlar o‘tkazish me’morial diniy kompleksi sifatida talqin etishni taqozo etadi1. YOdgorlikka bu jihatdan yondashilganda uning ma’naviy olami janubiy mintaqalar bobo dehqonlarining otashparastlik dunyosi bilan bog‘liq ekanligiga ishora qiladi. Ammo ushbu ob’ektdagi topilmalar, ayniqsa, sopol va ularning naqshlari, toshg‘ov konstruksiyasi yodgorliklarining kelib chiqish tarixiy ildizlarini ko‘proq dasht qabilalari ma’naviy dunyosi bilan bog‘liq ekanligidan guvohlik beradi2.
Zardushtiylik diniga tegishli yana bir ob’ekt ilk temir davriga tegishli bo‘lgan Ko‘ktepa yodgorligidir. Bu yodgorlikning markaziy qismida qandaydir monumental bino bo‘lib, uning tomonlarining beshdan to‘rt qismi va ustki qismi mahalliy aholining ekin-tekinlari tufayli buzilib, tuproqlari toshilib, undan atigi taxminan 70 kv metr maydon saqlanib qolgan. Ob’ektda qazishma ishlarini olib borgan M.X.Isomiddinov va K.Rapen bu shaharning bosh otashgohining o‘rni bo‘lsa kerak, degan faraz bilan, uning 2 metr balandlikda saqlangan platforma g‘ishtlari ostidan pol ochishadi. Pol Yuzasida Ko‘ktepa 1 davri sopol parchalari, o‘roqsimon tosh pichoq topilgan. Pol kesib tushilganda, uning ostidan Ko‘ktepa 1 arxeologik kompleksi aralash qalin (2 metrga yaqin) kulli Yumshoq kuygan tuproq qatlami va qandaydir qurilma qoldiqlari borligi aniqlanadi. Uning ostida g‘isht rangi darajasida kuygan ikkinchi pol chiqadi. YOdgorlik markazini egallagan monumental bino qoldig‘i qazishma mualliflarining tahliliy xulosasiga ko‘ra, otashparastlarning diniy kompleksi bo‘lishi mumkin. Chunki bu, birinchidan, yodgorlik markazida joylashgan, ikkinchidan, bu erda o‘tkazilgan qazishma natijalariga ko‘ra platforma ostidan olov bilan bog‘liq qandaydir qurilma qoldiqlari uchraydi, bu esa uning diniy xarakteridan dalolat beradi3. Ushbu ob’ektni Ko‘ktepa shahar jamoasining markaziy otashparastlik ibodatxonasining o‘rni bo‘lgan, degan farazga qo‘shilgan holda, yana shuni ta’kidlash joizki, bu markaziy tepalik nafaqat Ko‘ktepa 1 davrida, balki shahar hayotining Ko‘ktepa II davrida ham Zardushtiylikning bosh otashgohi joylashgan makon bo‘lgan. Afsuski, undan atigi bizgacha platforma saqlangan bo‘lib, uning ustidagi ibodatxona qurilmalari yoki bosh otashgoh – altar buzilib ketgan.
Shunday qilib, Yuqorida bayon etilgan fikr-mulohazalarga yakun yasab aytish mumkinki, Zarafshon vohasida eneolit va bronza davrida yashagan ibtidoiy urug‘chilik jamoalari diniy va ma’naviy dunyosida otashparastlik fundamental asosga ega bo‘lgan. So‘nggi bronza va ilk temir davrining noyob yodgorligi – Ko‘ktepadan topilgan monumental xarakterdagi zardushtiylik ibodatxonasi fikrimizning yanada asosli ekanini tasdiqlaydi. Demak, otashparastlikning zardushtiylik diniy mavqeiga o‘sib chiqishida Sug‘diyona o‘lkasining hissasi qadimgi Baqtriya va Marg‘iyonadan kam bo‘lmagan.
Biroq miloddan avvalgi II-ming yillikning o‘rtalaridan arxeologik va yozma (Avesto) manbalarning tahliliga ko‘ra, chorvador oriy qabilalarining shimoliy-sharqdan janubga migratsiyasi munosabati bilan O‘rta Osiyoda, jumladan, Zarafshon vohasi ibtidoiy jamoalari hayotida ham tubdan o‘zgarishlar Yuz beradi. Butun O‘rta Osiyo, jumladan, Zarafshon vohasiga, o‘zga etnik guruhlarning kirib kelishi bilan mintaqaning an’anaviy hayot tarziga putur etadi. Ular mahalliy aholi hayotiga kirib boradilar. Sarazmda gullab-yashnab borayotgan ilk shaharsozlik madaniyatining inqirozi, YOri, Konchach va Jilou ma’dan konlarining sarazmlilardan ular qo‘liga o‘tishi bu jarayonlardan dalolat beradi.
Biroq an’anaviy xo‘jalik va madaniy Yuksakliklar xech qachon izsiz yo‘q bo‘lib ketmaganidek, butun O‘rta Osiyo bo‘ylab Yuz bergan ilk urbanistik jarayonning bu inqirozi mintaqaga xos Qadimgi SHarq sivilizatsiyasi tarixiy ildizlari asosida miloddan avvalgi II-ming yillikning oxiri va I-ming yillikning boshlaridan yana jonlana boshlaydi. Ana shu jonlanishning guvohi sifatida Zarafshon vohasining o‘rta qismida Ko‘ktepa, Afrosiyob kabi ilk shaharlar qad ko‘taradi.
Sun’iy sug‘orishga asoslangan qadimgi dehqonchilik madaniyati jamoalarining hayotiy tajribalarisiz qisqa muddatda bunday Yuksak madaniyatga erishish mumkin emas edi. Zarafshon vohasida Yuksak an’anaviy turmush tarzi bilan yashab kelayotgan Sarazm madaniyati jamoalari dasht qabilalarining janubga tomon migratsiyasi davrida batamom yo‘q bo‘lib ketmagan. SHu boisdan Ko‘ktepa 1 davri aholisining ibtidoiy turmush tarzi uzoqqa cho‘zilmaydi. Zarafshon vohasining qaysi bir joyida Yuksak dehqonchilik madaniyati sohiblari – sarazm avlodlari yashashda davom etadilar. Harbiylashgan jangovar dasht qabilalari esa mahalliy aholining Yuksak darajada rivojlangan madaniy-xo‘jalik hayoti ta’sirida asta-sekin o‘troq hayotga o‘tib, muqimlashadilar. Ikki xo‘jalik sohiblarining birgalikda yashash shart-sharoitlari, ularning nafaqat madaniy-xo‘jalik jihatdan uyg‘unlashishiga, balki etnik jihatdan yaqinlashishga, o‘zaro etnomadaniy qorishuv Yuzaga keldi.

Download 299,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish