O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti tarix o`qitish metodikasi kafedrasi


Tadqiqotning nazariy va uslubiy asoslari



Download 299,5 Kb.
bet6/16
Sana27.06.2022
Hajmi299,5 Kb.
#708179
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Холбозоров Санжар

Tadqiqotning nazariy va uslubiy asoslari. Tadqiqotda muammoga eng avvalo umumjahon taraqqiyoti tamoyillari va mustaqil davlatchilik manfaatlari nuqtai-nazaridan hamda tarixiylik asosida yondashildi. Shuningdek, Bitiruv malakaviy ishida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning asarlari, ma’ruza va nutqlarida mustaqil davlatchilik iqtisodiy taraqqiyot omillari haqida ilgari surilgan ko’rsatmalari muhim rol o’ynadi.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi. Zarafshon vohasida o’ziga xos moddiy madaniyatning yuzaga kelganligi va uning yurtimiz tarixida tutgan o’rnini arxeologik va yozma manbalar asosida qiyosiy tahlil qilish
Tadqiqot natijalarining ilmiy-amaliy ahamiyati. Bitiruv malakaviy ishi materiallari va ilmiy xulosalaridan O’zbekiston tarixining qadimgi davri tarixi yoritishda, tarix, san’atshunoslik, etnologiya va boshqa fan sohalari ma’ruza matnlari tayyorlashda hamda kasb-xunar kollejlari va o’rta maktablar uchun qo’llanmalar chiqarishda ahamiyatga ega bo’lishi e’tiborga olingan.
Tadqiqotning tuzilishi va hajmi. Bitiruv malakaviy ishi kirish, ikki bob, xulosa, foydalanilgan manba va adabiyotlar ro’yxati hamda ilovalardan iborat


I-BOB. ZARAFSHON VOHASINING TABIY JUG‘RAFIK SHAROYITI VA O‘RGANILISH TARIXI

    1. Zarafshon vohasining tabiy jug‘rafik sharoyiti

Zarafshon vohasi boshqa vohalardan farqli o‘laroq, O‘rta Osiyoning markaziy qismida, Turkiston – Oqtov bilan Zarafshon tizmalari orasida joylashgan ko‘ndalang vohadir. Uning sharqiy tog‘li qismi Tojikiston, g‘arbiy tog‘ etagi va tekislik qismi O‘zbekiston hududida joylashgan. Vohaning qadimgiligi ham shundaki, u qadimdan tektonik harakat yo‘li bilan vujudga kelgan. Uning hozirgi er ustki relefining shakllanishida Zarafshon daryosining doimiy va vaqtinchalik – mavsumiy irmoqlari hamda davriy ravishda esadigan shamol muhim rol o‘ynagan. Zarafshon daryosi qadimdan vohaning asosiy suv manbai bo‘lib kelgan bo‘lib, qadimgi vaqtlarda turli nomlar bilan va nihoyat, XVIII asrdan boshlab «Zarafshon» deb atala boshlangan. Daryoning uzunligi 877 km, havzasining umumiy maydoni 11710 km2, shundan tog‘li qismi 17710 km2, qolgan joylari tog‘oldi irmoqlari va tekisliklardan iborat.
Zarafshon vohasi baland tog‘li Zarafshon muzligidan boshlanadi va uning eng Yuqori nuqtasi 2775 metr bo‘lib, Sandiqli qumigacha 781 km masofagacha cho‘zilgan. Bu erning balandligi 185 metrdan iborat. Voha ana shu masofada g‘arbiy va janubiy-g‘arbiy yo‘nalish bo‘ylab davom etadi va asta-sekin pasayib hamda kengayib boradi.
Vohaning ustki qismi turli davr, asosan, to‘rtlamchi davr allYuvial jinslari qoplagan uchlamchi davr cho‘kindi jinslaridan tarkib topgan. Voha o‘rnida neogen davrigacha dengiz bo‘lgan va Alp orogenezida voha quruqlikka aylangan. Zarafshon daryosi qadimgi davrlarda hozirgiga qaraganda ancha sersuv bo‘lgan. Suv oqimining kuchayishi va susayishiga qarab, daryo o‘z o‘zanini doimiy ravishda o‘zgartirib va chuqurlashtirib borgan, natijada turli davrlarda har xil qayirlar (terassalar) hosil qilgan. Masalan, sharqiy tog‘li qismida 6 ta qayir hosil bo‘lgan bo‘lsa, vohaning boshqa joylarida undan kamroq qayirlar tashkil topgan. Zarafshon vohasining Yuqori qismi birmuncha tor va chuqur, quyi qismida esa voha ancha kengayib boradi. O‘zbekiston hududiga o‘tgach, uning kengligi ayrim joylarda 60-70 km gacha borib etadi. Xususan, Buxoro vohasi ana shunday kenglikda joylashgan. O‘zbekiston Respublikasi hududida Zarafshon vohasining uzunligi 430 kmni tashkil qilib, uning bu qismida Samarqand, Buxoro, Qorako‘l vohalari joylashgan1.
Aslida Zarafshon daryosi Turkiston, Zarafshon va Oloy tog‘ tizmalari qo‘shilgan joy – Mastgoh (Ko‘ksuv) tog‘ tugunidagi Zarafshon muzligidan boshlanadi. Boshlanish joyidan qariyb 189 km quyida, chapdan Fandaryo qo‘shiladi va Zarafshon nomini oladi. Zarafshon daryosi Rabodxo‘ja to‘g‘oni yaqinida Tojikiston hududidan chiqib, O‘zbekiston chegarasiga kiradi va Samarqand, Navoiy, Buxoro viloyatlari bo‘ylab o‘tadi hamda vohalarni oqar suv bilan ta’minlab keladi. Samarqand shahridan 6-8 km sharqroqda, CHo‘ponota tepaligi yonida daryo ikki tarmoqqa – Oqdaryo (o‘ng), Qoradaryo (chap)ga ajralib, bu ajralish Xatirchi tuman markazi YAngiobod shaharchasi yaqinida birlashadi va yana Zarafshon nomi bilan oqadi. Daryoning bu tarmog‘i oralig‘i esa tarixan Miyonqol oroli nomi bilan Yuritilinadi. Zarafshon daryosi miloddan oldingi davrlarda Amudaryoga quyilgan.
Zarafshon daryosining eng Yuqori qismida umumiy maydoni 557 km2 muzlik qoplab yotadi va vohani suv bilan ta’minlashda muhim va birdan bir zahira hisoblanadi. Zarafshonning boshlang‘ich suv to‘planish maydoni ancha balandlikda joylashgan. Masalan, Dupuli ko‘prigidan Yuqoridagi qismining o‘rtacha balandligi 3100 metr. SHu boisdan uning Yuqori havzasida doimiy qor va muzliklar serob uchraydi. Zarafshon daryosi abadiy muzlik, doimiy va mavsumiy qor qoplami va chashma suvlaridan to‘yinadi. SHuningdek, havzasi Yuqori qismida 80 ga yaqin har xil hajmdagi ko‘llar bor. Qish vaqtlarida daryo asosan erosti buloq suvlari hisobiga to‘yinadi2.
Zarafshon vohasining paleoekologiyasini o‘rganishda arxeologik manbalar muhim o‘rin tutadi. Binobarin, odamzod hayoti qadimgi ekologiyaga bog‘liq bo‘lgan. Paleoekologiya paleontologiya fanining muhim bo‘limi hisoblanib, ko‘hna geologik davrlarda yashagan hayvonot va o‘simliklarning o‘sha vaqt muhiti bilan o‘zaro munosabatini, qirilib ketgan jonzotlarning hayoti va yashash sharoitlarini o‘rganadi. Paleoekologiya cho‘kindi yotqiziqlarini fatsial tahlil qilishda muhim hisoblanib, ularning litologik tarkibi bilan uzviy bog‘liqdir. Paleoekologiya qadimgi organizmlar yashash sharoitini o‘rganishda, asosan, ularning sklet qoldiqlarini o‘rganish (morfofunksional tahlil) usuli qo‘llaniladi. Qadimgi hayvonlar yashagan sharoitlarini o‘rganib, paleoekologiya paleontologiya hamda geologiya uchun ba’zi foydali qazishmlar paydo bo‘lishi sharoitlarini aniqlash va o‘xshash sharoitlarda hosil bo‘lgan turli foydali qazilmalar konini bashorat etishda ham keng qo‘llaniladi.
Zarafshon vohasi asosan 3 ta yirik, ya’ni Samarqand, Buxoro, Qorako‘l vohalaridan iborat. Samarqand vohasi Samarqand botig‘ida joylashgan. Voha shimoldan G‘ubdintog‘ – Oqtog‘ – Qoratog‘, janubdan Qoratepa – Zirabuloq – Ziyovuddin kabi o‘rtacha balandlikka ega tog‘lar bilan o‘ralgan. Voha kengligi 50 kmgacha boradi, Navoiy shahridan o‘tgandan keyin voha yana toraya boradi. Masalan, Qiziltepa va Oftobachi qirlari bir-biriga ancha yaqinlashib, Hazor yo‘lagini hosil qilib, uning kengligi 8 km ni tashkil qiladi. Vohaning er sathi asosan tekis va uni Zarafshon daryosi va vaqtincha, mavsumiy oqar suvli soylar kesib, parchalagan hamda ba’zi joylarda chuqur jarliklar, soylar hosil qilgan. Masalan, Samarqand shahri hududi juda ko‘p soylar va chuqur jarliklardan iborat bo‘lgan. Hozirgi Dinamo o‘yingohi qurilgan joy qadimiy chuqur soylardan biri bo‘lib, u tarixan juda eski. O‘yingohning Yuqorirog‘ida mahalliy suv havzasi qurilgan. 1939 yilda shu qurilish vaqtida soyning chap qirg‘og‘ida so‘nggi paleolit davriga oid manzilgoh topilib o‘rganilgan. O‘yingohning pastki oqimi qirg‘og‘idan yana bir shu davrga oid manzilgoh topilib o‘rganilgan. SHuningdek, hozirgi harakatdagi Kashshoflar binosining atrofidan, sobiq Ivanovo parki hududlaridan, hozirgi Koshg‘ariy ko‘chalaridan o‘rta paleolitga doir tosh qurollar topilgan. SHuningdek, Omonqo‘ton makonidan jayron, moral, ayiq, bo‘ri, tog‘ echkisi, muflon, toshbaqa kabi jonivorlarning, Qo‘tirbuloq makonidan topilgan buqa, buxoro bug‘usi, fil kabi, shuningdek, so‘nggi paleolitga oid Samarqand makonidan topilgan buxoro bug‘usi, yovvoyi ot, buqa, pleystotsen eshagi kabi jonivorlarning suyak qoldiqlarining topilishi pleystotsen davrida Zarafshon vohasi turli hayvonot dunyosi va bargli o‘simliklar dunyosiga boy bo‘lganligidan guvohlik beradi. Bulardan tashqari, Osiyo qo‘yining, kulon (eshak), jayron, dasht toshbaqasi, ko‘rsichqon va boshqa xashakxo‘r jonivorlarning qoldiqlarining taqdim qilinishi vohaning adir va tekislik hududlari o‘tloqlarga serob bo‘lganligidan dalolat beradi. SHuni eslatish lozimki, Qo‘tirbuloq fauna kompleksi Omonqo‘ton va Takalisoy makonlarinikiga juda yaqin o‘xshashligi aniqlangan. Bu topilma ashyolar bundan 100-40 ming yillar avval yashagan ibtidoiy odamlarga tegishli bo‘lib, geologik yotqiziq jihatdan Sirdaryo O3 terassasiga to‘g‘ri keladi. Paleolit davrida Samarqand vohasi boy to‘qayzor, chakalakzor va o‘rmonlardan iborat bo‘lib, turli yovvoyi jonivorlarga serob bo‘lgan. Masalan, Samarqand manzilgohini qazib tadqiq qilish vaqtida yirik yovvoyi otlar, buqalar, buxoro bug‘ulari kabi jonivorlarning olovda toblangan suyak qoldiqlari ko‘plab topilgan.
Hazar yo‘lagidan o‘tilgan voha yana kengayadi va janubiy-g‘arbga burilib, Buxoro vohasini hosil qiladi. Uning bu qismida vohaning kengligi 70 km gacha etadi va asta-sekin tekislikka aylanadi1.
Buxoro vohasi shimoldan Qizilqum bilan, SHarqdan Qo‘shtepa platasi – supa tog‘i bilan o‘ralgan. Voha janubiy g‘arbga, g‘arb va shimoliy g‘arbga tomon biroz nishab bo‘lib, uning mutlaq balandligi 200-280 metrni tashkil qiladi. Vohaning ko‘pgina joylaridan turli asrlarda qurilgan kanallar va yirik ariqlar kesib o‘tgan. Mavsumiy oqar suvlar tufayli ham soylar, ayrim joylarda jarliklar hosil bo‘lgan. Vohaning ko‘pgina joylaridan ibtidoiy davr, xususan, mezo-neolit davrlari makonu manzilgohlari ko‘plab topilgan. Bronza davriga kelib, voha ibtidoiy odamzod tomonidan keng o‘zlashtirilgan va ayrim joylarda sug‘orma dehqonchilik tashkil topgan. Zarafshon vohasi Buxoro vohasida janubiy-g‘arbga qarab torayib borgan, ayniqsa, Qorako‘l platasi yaqinida ancha torayib Qorako‘l yo‘lagini hosil qilgan va voha yana kengayib, so‘ngra Qorako‘l vohasi boshlanadi. Bu vohani janubiy-g‘arbdan Sandiqli ko‘li, shimoliy sharqdan Qorako‘l platasi va janubdan Eshakchi qumligi o‘rab turadi. Bu erda vohaning kengligi 48-50 km, mutlaq balandligi 185-200 metrni tashkil qiladi. Voha hududida Kichik sho‘r ko‘l va pastliklar mavjud.
Zarafshon vohasining tabiiy sharoiti, xususan, uning o‘rta oqimi havzasi to‘rtlamchi davrda ibtidoiy odamlar yashashi uchun ancha qulay ekologik sharoit bo‘lganligidan paleolit davri arxeologik yodgorliklari guvohlik beradi.
Zarafshon vohasi er usti relefi tekisliklardan, tog‘oldi balandliklardan hamda baland tog‘lardan iborat bo‘lib, bu esa tabiiy iqlim va ekologik sharoitlarning ham turlicha bo‘lishini taqozo qilgan holda shunga nisbatan er qoplami, o‘simliklar va hayvonot dunyosini belgilaydi. Zarafshon vohasi tog‘li tumanlari geologik tuzilmasi hamda tog‘ massivlari botiqlari paleozoy davri jinslaridan iborat. Paleogen jinslari tarkibida ibtidoiy odamlarning qurollar ishlab chiqarishi uchun zarur bo‘lgan chaqmoqtosh qatlamlari mavjud. Bundan tashqari, qumtosh, qurtqali tosh jinslari ham keng tarqalgan bo‘lib, voha hosildor tuproq qatlamlariga ham boy.
Zarafshon botig‘i maydoni 29,2 ming m2 dan iborat bo‘lib, to‘rtlamchi davrda Zarafshon daryosining o‘ng va chap tog‘li qirg‘oqlari kelib chiqish jihatidan delYuvial, prolivial va allYuvial qatlamlardan iborat. Zarafshon daryosining Zirabuloq tog‘li yotig‘i boshqa joylarga qaraganda prolYuvial jins yotqizig‘iga boyroq1.
Zarafshon vohasining to‘rtlamchi davr yotqiziqlarini o‘rganishdagi ayrim kamchiliklarga qaramasdan YU.A.Skvorsov, N.T.Vasilkovskiy, N.T.Kostenkolarning O‘rta Osiyo to‘rtlamchi davr yotqiziqlarini ishlab chiqilgan sxemadan ham foydalanish mumkin. Zarafshon havzasi to‘rtlamchi davr yotqiziqlari sxemasining qiyosiy stratigrafiyasi kompleksi geolog G.F.TetYuxin tomonidan ishlab chiqilgan.2 Zarafshon vohasi to‘rtlamchi davr yotqiziqlar qayirlarining (terassalar) tashkil bo‘lishi va rivojlanishini o‘rganishda olingan bu ma’lumotlar o‘z navbatida, paleolit davri manzilgohlarining geologiyasi bilan stratikrafik jihatdan analiz – tahlil qilishda muhim ahamiyatga egadir. Zarafshon vohasidagi paleolit yodgorliklari asosan Toshkent (Karnab) va Mirzacho‘l (Suqay) qayirlari majmuasi sharoiti tarkibida joylashgan1.
Zarafshon vohasi uchun ishlab chiqilgan barcha chizmalarning zaif tomoni shundaki, ularda stratigrafik chizmalarni tuzishda asosiy e’tibor er Yuzasi tuzilishiga berilgan. CHizmalar geomorfologik belgilarga (er Yuzi tuzilishiga, terassa va ularga bog‘liq bo‘lgan pleystotsen yotqiziqlariga) asoslanib tuzilgan.
Hozirgi vaqtda Zarafshonning birinchi va uchinchi terassalarigina o‘z sanalariga ega. Ulardan birining sanasi radiokarbon usuli bilan (Zarafshonning quyi oqimidagi Uchashi 130), ikkinchisining yotqiziqlarda topilgan bir davrga oid jonivorlar suyaklari qoldiqlari (fauna kompleksi) hamda paleomagnit ma’lumotlari asosida belgilangan.
O‘rta Osiyoning turli joylarida amalga oshirilgan arxeologik materiallar va terassa komplekslarini bir-bir solishtirib bog‘lash tajribasi, ayrim xatolar bilan birgalikda, bu usulda ancha muvaffaqiyatli ilmiy xulosaga erishildi2. Qolgan terassalarga arxeologik ma’lumotlar asosida sanalar belgilangan. O‘rta Zarafshon tog‘li massivlari arxeologik yodgorliklar geologiyasi ham M.Djo‘raqulov, E.D.Mamedovlar tomonidan ishlab chiqilgan3. Zarafshonning qadimgi qurib qolgan o‘zanlari Nurota tog‘laridan to Amudaryogacha cho‘zilib yotgan erlarni egallagan ko‘p sonli, turli yoshdagi oqindi yotqiziqlari konuslaridan iboratdir. Uning hududlari ichida bir necha usti tekis bo‘lgan balandliklar – supa tog‘lar – platolar (ular atrofidagi shu singari joylardan jarliklar bilan ajralgan), yon bag‘irlarida qadimgi yotqiziqlari qoldiqlari chiqib, ko‘rinib qolgan tepalik tizmalari mavjud. Bular – jarliklarda Yuqori pliotsen qum toshlari (Aqchagil) va birikmalari ochilib qolgan Obtobachi supa tog‘i; ilk Zarafshonning qadimgi o‘zani tekisliklari qoldiqlari (mikrofauna) asosida sanasi quyi pleystotsen deb topilgan Uchbosh, Qoraqir va boshqa yassi tepaliklardir. Gazli shahri yaqinidagi vohalar allYuvial – o‘zan cho‘kmalaridan iborat bo‘lib, CHorbaqti va Jusantepa tizma tepaliklari o‘rta pleystotsenga oid bo‘lishi mumkin. LYuxcha o‘zani ularning eng qadimgisi deb tahlil qilinadi. Bu o‘zan va eski daryolar orasida shakllanishi jihatidan eng ilk qadimgisi Echkiliksoy – Daryosoy shaxobchasi, eng so‘nggilari esa Buxoro hamda Qorako‘l o‘zanlari (deltalari) hisoblanadi. O‘zanlarning shakllanishida Yuqori qismiga shamol kuchli ta’sir qilgan qum, almashib ketma-ket keluvchi mayda qum va qumtosh, yirik shag‘al qatlamlari ishtirok etgan. Daryosoy vohasida to‘shalgan yotqiziqlar kesmalari va ular bilan bog‘liq arxeologik yodgorliklar yangi texnologik tadqiqot usulida o‘rganib chiqildi va ularning sanasi 6630-100 va 6590+130 yilga teng ekanligi aniqlandi. SHulardan qiziqarlisi Uchashi 131 ilk neolit davri yotqiziqlariga ega ekanligi aniqlandi. Echkiliksoy – Daryosoy shaxobchasining yotqiziqlari kompleksi stratigrafik jihatdan qadimgi, ilk va o‘rta golotsenni qamrab olgan. SHuni ham qayd etish lozimki, Oyoqagitma cho‘kmasida yanada qadimiyroq, asosan, muste davriga oid arxeologik topilmalar ham bor.
Eski o‘zan ko‘l va deltalarning Mohandaryo shaxobchasi Zarafshon tomonidan o‘rta golotsen davri davomida shakllantirilgan bo‘lib, shaxobchada so‘nggi golotsen davrida ham vaqti-vaqti bilan suv oqimi takrorlanib turgan. YA.G‘.G‘ulomov, O‘.Islomov, A.Asqarov bu o‘zan va ko‘l qirg‘oqlaridan 45 ta neolit manzilgohlari va 30 dan ortiq bronza davri manzilgohlarini topib o‘rganishdilar. Qorako‘l va Buxoro deltalariga kelsak, uni shakllantirayotgan qumli gil va qum qatlamlari kelib chiqishi jihatidan irrigatsiya – sug‘orishga bog‘liq bo‘lib, unda ko‘mir, jonivor suyaklari, sopol, o‘rta asr va yangi davr g‘isht parchalari uchraydi1.
Golotsen (so‘nggi 10-12 ming yillikni o‘z ichiga olgan, “buYuk muzlikdan” so‘nggi davr), cho‘kmalari Zarafshon havzasida mufassal ravishda daryoning o‘zan qismida, shuningdek, qisman o‘rta qismida – Samarqand cho‘kmasida o‘rganilgan. Daryoning quyi oqimida golotsenga SHarqiy va G‘arbiy oyoqagitma o‘zanlari bilan birgalikda Echkiliksoy – Daryosoy shaxobchasi, Mohandaryo – Go‘jayli, Buxoro va hozirgi paytda shakllanayotgan Qorako‘l o‘zanlari kiradi.
Zarafshon havzasining pastki etaklarini qoplab yotgan Qizilqum hududlari odamzod tomonidan ilk pleystotsenning birinchi yarmidan boshlab o‘zlashtirila borilib, ilk va o‘rta golotsen davrida hududning barcha joylari ibtidoiy jamoalar bilan o‘zlashtirilgan. Janubiy-g‘arbiy Qizilqumning ayrim joylaridan so‘nggi pleystotsenning oxirlariga doir ilk muster davri yodgorliklari topilib o‘rganilgan. Bu davrda tabiiy iqlim sharoit hali ancha sovuq va quruqlikdan iborat edi. Qizilqumda yog‘ingarchilik yiliga 100 mm ni tashkil qilib, hududning qumloqlashishi va sahroga aylanishida shamol tezligi katta rol o‘ynagan. SHamol tezligi bu erda sekundiga 5-6 metrni tashkil qiladi. SHunga qaramasdan, Qizilqum turli o‘simlik dunyosiga boy. Bu erdan hozirgi vaqtda o‘simlik turi 1000 tadan oshadi. Janubiy-g‘arbiy Qizilqumda 556 ta o‘simlik turi mavjud1. Qizilqum er Yuzi landshaftining shakllanishida suv va shamol muhim rol o‘ynagan. Mil. avv. 10-12 ming yilliklarda golotsen davri boshlanadi. Mil. avv. 10-9 ming yillar avval issiq va quruq iqlim boshlanadi. Bu davrda mezolit jamoalari keng hududlarni o‘zlashtiradi.
Zarafshon vohasining qulay tabiiy jo‘g‘rofik va ekologik sharoiti ma’qulligi tufayli odamzod bu erlarni ancha erta – o‘rta paleolit davridan boshlab o‘zlashtirganligi va uzluksiz, peshma-pesh taraqqiyot sodir bo‘lganligi arxeologik tadqiqotlar natijalari tufayli isbotlangan2.
SHuni eslatib o‘tish lozimki, pleystotsen – katta muzlik davri O‘rta Osiyoda hozirgi paytgacha ham mufassal o‘rganilmagan. Ko‘plab ilmiy ishlar e’lon qilinganligiga qaramasdan, paleontologiya, stratigrafiya va geoxronologiya asosida bu davr to‘laqonligicha yoritilmagan. Bu esa o‘z navbatida, sanani belgilovchi qazilma topilmalarning etarlicha emasligi, mutlaq sanani belgilovchi ishlarning kamchiligi, kontinental arid davri ichida hosil bo‘lgan tog‘ jinslarining yig‘indisiga xos bo‘lgan cho‘kindilarning turli-tumanligi, buning natijasida pleystotsenga oid qatlamlar stratigrafiyasining to‘liq emasligi bilan izohlanadi.
To‘g‘ri, pleystotsenning alohida bo‘limlari (qatlamlari) sanalarini belgilangan, stratigrafiyani o‘rganishda zamonaviy usullardan foydalangan ba’zi geologlarning tadqiqotlari natijasida O‘rta Osiyo soz tuproq (less) formatsiyalarining, ya’ni ma’lum bir davr ichida hosil bo‘lgan yotqiziq jinslar qatlamlari tuzilishi haqida mufassal stratigrafiya kesma chizmalarini olishga muvaffaq bo‘lindi. Jumladan, bir-biriga solishtirib bog‘lash tajribasi, ayrim kamchiliklardan qat’iy nazar bu usulda ancha muvaffaqiyatli ilmiy Yutuqlarga erishish mumkinligini ham ko‘rsatdi.1 Qolgan terassalarga arxeologik ma’lumotlar asosida sanalar belgilangan, ya’ni ko‘p jihatdan bu sanalar ham shartlidir. Ma’lumki, bu tarqoq ma’lumotlar ham katta qimmatga ega bo‘lib, u pleystotsenning yagona va mahalliy shkalalarini ishonchliroq ravishda bir-biriga solishtirishga imkon beradi. SHuni qayd etish o‘rinliki, 1985-1986-yillarda Qoradaryo havzasida va Samarqand shahridan janubiy-g‘arbga cho‘zilib ketgan Qoratepa soylarida daryo terassalari va ularni tashkil qiluvchi yotqiziqlarning metodologiyasi (tog‘ jinslari yotqiziqlarining tarkibi, tuzilishi, qatlamlar joylashishi tartibi) qo‘shimcha ravishda o‘rganildi2.

Download 299,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish