O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti tarix o`qitish metodikasi kafedrasi


Zarafshon vohasining bronza davri yodgorliklarining o‘rganilish tarixi



Download 299,5 Kb.
bet7/16
Sana27.06.2022
Hajmi299,5 Kb.
#708179
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16
Bog'liq
Холбозоров Санжар

1.2. Zarafshon vohasining bronza davri yodgorliklarining o‘rganilish tarixi
Zarafshon vohasining tarixiy yodgorliklari xakidagi dastlabki xabarlar ilk bor tog‘ injenerlari K.F.Butenev, F.Bogoslovskiy, yosh sharkshunos N.V.Xanыkov asarlarida uchraydi. Ushbu asarlar Samarqandning me’moriy yodgorliklari, shuningdek, Samarqandda temuriylargacha kadimgi shaxar xarobasi –Afrosiyob va «Devori Qiyomat» xakida ilk bor ma’lumot beradi. Zarafshon general gubernatori topshirigi bilan 1874 yilda mayor Borzenkov Afrosiyobda ilk bor arxeologik kazishma ishlarini boshlab Yubordi. Birok u hech kanday ilmiy tayyorgarlik va malakaviy uslubsiz kazish ishlarini olib borgan.
Mashxur sharqshunos va arxeolog olim A.Yu.Yakubovskiyning ta’kidlashicha, mayor Borzenkov xech bir arxeologik tayyorgarliksiz kazishmalar olib borgan, chunki uning asosiy maqsadi noyob topilmalar topish bolgan1. SHunga qaramay, uning qazishmalari va ular xakidagi M.Rostislov publikatsiyasi Afrosiyobni o‘rganuvchilar oldiga keng istikbolni ochib berdi. 1883 yilda general gubernator M.G.Chernyaevning topshirig‘i bilan Afrosiyobda qazish ishlari bilan V.V.Krestovskiy shug‘ullandi. U hatto Afrosiyob qazishmalariga N.I.Veselovskiyni jalb qilish masalasida gubernator M.G.Chernyaevga xat bilan murojaat kiladi2. Birok tarixiy yodgorliklarni o‘rganish bilan bog‘liq ishlar Arxeologiya komissiyasi ruxsati bilan bilishi kerakligi bois V.V.Krestovskiyning bu xatti-harakatlari Sankt-Peterburg olimlari orasida norozilik kayfiyatini kelib chikishiga sabab buladi. Hatto, I.P.Minaev Rossiya arxeologlar jamiyatining yigilishida yodgorliklarni o‘rganish ishi bilan faqat mutaxassis olimlar shug‘ullanishi kerakligini aloxida ta’kidlab o‘tadi. Ammo N.I.Veselovskiy nomzodini komissiya ma’kullaydi va unga Turkiston o‘lkasi yodgorliklarini o‘rganish buyicha ruxsat berilishi bilan birga, unga arxeologik kazish ishlari bilan bog‘lik ba’zi bir uslubiy maslahatlar berish kuzda tutiladi. Chunki u tajribali arxeolog sifatida tegishli ma’lumotga ega emas edi. N.I.Veselovskiy 1885 yilda Samarqandga etib kelib, Afrosiyobni o‘rganishga kirishadi. U o‘zining xisobotida Iskandar fatx etgan kadimgi Samarqand aynan Afrosiyob ekanligini, 1220 yilda CHingizxon vayron etgan Samarqand xam aynan Afrosiyob ekanligini anik aytadi.
Sobik sovetlar davrining dastlabki yillarida (30-40- yillarda) Zarafshon vohasi tarixi, madaniyati va madaniy merosini, birinchi navbatda, uning xar uch voxasi (Samarqand, Buxoro, Kashkadaryo) arxeologik yodgorliklarini o‘rganishga kiziqish kuchaydi va bu ishlarda A.Yu.YAkubovskiy, V.A.SHishkin, M.E.Masson va Ya.Gulomov, G.V.Grigorev va A.I.Terenojkin, A.M.Belenitskiy va D.N.Lev kabi arxeologlar alohida faollik kursatdilar. Ayniqsa, o‘tgan asrning 50-yillaridan boshlab Zarafshon vohasi buylab Ya.Gulomov va V.A.Shishkin, A.M.Belenitskiy va D.N.Lev hamda ularning kup sonli shogirdlari tomonidan keng kulamli arxeologik tadqiqotlar olib borildiki, natijada, bugungi kunga kelib, uni ilk ajdodlar tomonidan uzlashtirilishidan boshlab to so‘nggi o‘rta asrlarga kadar bulgan tarixi arxeologik jixatdan davrma-davr, boskichma-boskich o‘rganildi, juda katta va ilmiy ma’lumotlarga boy faktik materiallar to‘plandi, ularni davrma-davr umumlashtirish, xar bir davrning uziga xos xususiyatlari, tarixiy tarakkiyoti va etnomadaniy rivojlanish jarayonlarini ilmiy xolislik, arxeologik ob’ektivlik, tarixiy ketma-ketlikda o‘rganish va ularni umumlashtirish imkoniyati tugildi.
Zarafshon vohasi, uning tog‘li rayonlari odamzodning ilk ajdodlari tomonidan kadimgi tosh davrining muste boskichidan boshlab o‘zlashtirilgan. Bu xolda dastlabki ma’lumotlarni Samarqand Davlat universitetining arxeologi D.N.Lev asarlarida o‘kish mumkin. D.N.Lev 1947 yilda Samarqand shaxridan janubroqda, Taxtaqoracha dovoni yaqinidan Omonqo‘ton g‘orini topadi; 5 yil o‘tgach, Samarqand shahridan 50 km lar chamasi janubiy-sharqdan Takalisoy g‘orini topib o‘rgandi. Xar ikkala g‘orlarda olib borilgan arxeologik izlanishlar ularni qadimgi tosh davrining muste bosqichiga tegishli ekanligini ko‘rsatdi. Zirabuloq va Ziyovuddin tog‘ etaklaridan1 (Zirabuloq va Qo‘tirbuloq) topib urganildi. Ta’kidlash joizki, vohaning muste davri yodgorliklari asosan tog‘ bag‘ridan kaynab chikkan buloq buylarida, suvga yaqin g‘orlarda makon topganlar.
Samarqand vohasining yukori paleolit davriga oid mashxur yodgorlik – Samarqand manzilgoxi xam voxa doirasidagi adirsimon tabiiy tepaliklarini kesib utgan Siyobcha xosil kilgan kadimgi kul yokasida joylashgan.
Yuqori paleolit davriga tegishli tosh qurollar Cho‘ponota tepaligidan. Samarqand shaxrining xar xil nuqtalaridan, Oxalisoy buylaridan1, Urgut tumanining Go‘rdara g‘oridan, Ravotxuja yakinidan, Siyobcha va Siyob soyi kushilishidan va nixoyat Yuqori paleolit davriga oid noyob Xo‘jamazgil manzilgohi Bulung‘ur tog‘idan yorib chiqqan zilol chuchuk suv xosil qilgan va qadimgi ko‘l yokasidan topib o‘rganilgan.
Zarafshon vohasida mezolit va neolid davri yodgorliklari Qoratepa massivi yonbagrida buloq yakinida qad ko‘targan Sazag‘on kishlog‘i janubidan (Sazag‘on soyining ikkinchi terrasasi) topilgan.
Metallning kashf qilinishi, undan ishlab chiqarish xo‘jalik qurollari yasash ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy taraqqiyotning yanada jadallashuviga olib keldi. Samarqand hududi va uning atrof tumanlarida metall, ya’ni bronza davriga doir qator yodgorliklar topilib o‘rganilgan bo‘lib, bu atrofda shu davrda yashagan jamoalar Sazag‘on madaniyatli qabilalarning merosxo‘rlari edi.
Zarafshon vohasida o‘rganilgan eneolit va bronza davriga doir ikkinchi turkum yodgorliklar chorvador qabilalari madaniyati bilan bog‘liq bo‘lib, ularning voha hududidagi eng qadimiysi Zamonbobo madaniyatidir.
Zamonbobo madaniyatiga tegishli birinchi yodgorlik 1950 yilda Ya.G‘.G‘ulomov tomonidan Buxoro vohasining Zarafshon daryosi quyi havzasida shu nomli ko‘lning shimoliy sohilidan topilgan. 1950-1953 yillarda Ya.G‘.G‘ulomov taqirlik ostidan 41 ta qabr topib o‘rganadi va bu qadimgi qabriston eneolit va bronza davri xonaki chorvachilik va motiga dehqonchiligi bilan shug‘ullanuvchi dasht qabilalarining madaniyatiga tegishli ekanligini aytadi. 1950-yillarning oxirida yodgorlikda arxeologik tadqiqot ishlarini davom ettirish va zamonbobolilarning turar-joy manzilini o‘rganib, o‘sha davr tarixini tiklash muammosini shogirdi arxeolog A.Asqarovga topshiradi. A.Asqarov qabriston maydonidan yana 5 ta mozor topadi va ikki joydan shu madaniyatga tegishli manzilgohlarni topib o‘rganadi.
Birinchi manzilgoh Zamonbobo qo‘li yaqinida, Gujayli o‘zani sohilida, baland qir ostidan topilgan. Manzilgohning soy tomoni esa marzaga aylangan qalin devor bilan o‘rab olingan. Uning maydoni ko‘chma qumlardan tozalangach, ochilgan taqir maydondan turli arxeologik materiallar va qurilma qoldiqlari uchratiladi. Manzilgoh markazida 170 metr kvadrat maydonni egallagan yarim erto‘la, uning ichidan erto‘la tomini tutib turuvchi tirgak-ustunlardan qolgan chuqurchalar, o‘choq qoldiqlari, ularning atrofidagi qalin madaniy qatlamdan sopol parchalari, hayvon suyaklari, tosh va metalldan ishlangan turli arxeologik ashyolar topilgan. Manzilgoh maydonidan yana ikkita kapa (chayla) o‘rni, ikki kamerali sopol pishirish xumdoni va bir necha joydan xo‘jalik o‘ralari, qorayib kuYundiga aylanib ketgan boshoqli don qoldiqlari topilgan. Erto‘la ichida to‘plangan madaniy qatlam uch gorizontdan iborat bo‘lib, uning eng pastki gorizonti arxeologik materiallarga boy bo‘lgan.
Ikkinchi Zamonbobo manzilgohi ko‘ldan taxminan 6-7 km g‘arbda, soy sohilidan topilgan, lekin manzilgohda madaniy qatlam saqlanmagan, uning ustidan terib olingan sopol parchalari, metalldan ishlangan turli mehnat qurollarining bo‘laklari hamda tosh qurollar majmuasi Zamonbobo qabristoni va manzilgoh 1 materiallaridan farq qilmas edi.
Zamonbobo materiallari kompleksi ichida sopollar va katta miqdordagi uy va yovvoyi hayvon suyaklari – ko‘hna chiqindilaridan tashqari terrakota urchuqtoshlar, antromorf figuralar, chaqmoqtoshdan yasalgan turli xil mehnat va ov qurollari, toshmunchoqlar, yorg‘uchoq va tosh kelisoplar, suyak bigiz, mis kurakcha parchalari uchratilgan.
Zarafshon vohasining eneolit va ilk jez davriga oid qadimgi dehqonchilik madaniyatiga tegishli arxeologik yodgorlik Sarazimdir. Uning asosida keyinchalik Sarazim qishlog‘i tarkib topgan. U Zarafshon daryosining tog‘lar orasidan keng vohaga chiqish joyida, Oyimko‘l yonida joylashgan. Sug‘dshunos olim V.A.Livshitsning fikriga ko‘ra, «Sarazim» atamasi sug‘dcha «sari-zamin», ya’ni «erning boshlanishi», «vohaning boshlanishi» demakdir. Yodgorlik yassi tepachalar ko‘rinishida, 100 gektarga yaqin joyni egallagan. Unda A.Isxoqov 1976 yildan tadqiqot ishlari olib boriladi. Arxeologik tadqiqot natijalariga qaraganda, Sarazm Zarafshon vohasining eng qadimgi Zomonbobo dehqonlari maskani bo‘lib, bu joyda hayot eneolitning rivojlangan bosqichidan to ilk jez davriga qadar (yaqin 1,5 ming yil) davom etgan.
Zarafshon vohasida topib o‘rganilgan eneolit va bronza davrining noyob yodgorligi Sarazm bo‘lib, uning davriy sanasi masalasida ob’ekt tadqiqotchisi arxeolog A.Isxoqov o‘z fikr-mulohazalarini batafsil bayon etgan. A.Isxoqov Sarazmni Qadimgi SHarq dunyosining sug‘orma dehqonchilik madaniyati sohiblariga tegishli yodgorlik ekanligini ilmiy isbotlab, uning gorizontal madaniy qatlamlari to‘rt bosqichdan (Sarazm I, II, III, IV) iborat ekanligini ta’kidlaydi. SHuningdek, ularning xronologik sanasini miloddan avvalgi IV-ming yillikning o‘rtalaridan to II – ming yillikning boshlari (mil. avv. 3500-1900 yillar) bilan belgilaydi. A.Isxoqov xulosalariga ko‘ra, Sarazm I, II eneolit, Sarazm III co‘nggi eneolit, Sarazm IV bosqichi esa ilk va rivojlangan bronza davri bilan xarakterlanadi..
Sarazimda 7 yil davomida arxeologik kazish ishlari olib borildi va 10 nuqtada qadimgi qishloq hayotining davomiyligini o‘rganish uchun shurflar kazildi. Natijada yodgorlikda 4 ta tarixiy bosqich anikdandi. Arxeologik materiallar taxliliga ko‘ra, l-bosqich (Sarazim I) mil. av. 3400—3200 y.lar, 2-bosqich (Sarazim 2) mil. av. 3200—2900 y.lar, 3-bosqich (Sarazim S. 3) mil. av. 2900-2700 y.lar, 4-bos-qich (Sarazim 4) mil. av. 2700—2000 y.lar bilan belgilandi.
Bu satrlarda biz ikki turkum qabilalar madaniyatiga tegishli yodgorliklar tavsifi haqida fikr yuritamiz. Birinchi turkum-yodgorliklar xo‘jalik Yuritish asosiga ko‘ra, asosan qadimgi dehqonchilik madaniyati qabilalarining yodgorliklari bo‘lsa, ikkinchi turkum-yodgorliklar iqtisodiy-xo‘jalik hayoti asosan chorvachilik negiziga qurilgan dasht qabilalari madaniyatiga tegishlidir. Ularning har ikkisi iqtisodiy-xo‘jalik asosiga ko‘ra, Zarafshon vohasining tabiiy-geografik sharoiti taqozo etgan tumanlarga joylashgan. Birinchi turkum yodgorliklarga Zarafshon vohasining Yuqori havzasida topib o‘rganilgan Sarazm yodgorliklar kompleksi kiradi.
Sarazm yodgorliklar kompleksi vohaning eneolit va ilk bronza davri qadimgi dehqonchilik qabilalarining madaniyatidir. Ushbu madaniyat yuzasidan olib borilgan arxeologik izlanishlar natijalariga ko‘ra, qadimgi Sarazmda aholi hayotining 4 tarixiy bosqichi aniqlangan, har bir bosqichda yuz bergan tub sotsial-iqtisodiy o‘zgarishlar kuzatilgan.
Sarazm 1 davrida (so‘nggi eneolit) bu joyda yangi etnik guruh qishlog‘i paydo bo‘ladi, uy-joy komplekslari yarim aylana mudofaa devori bilan o‘rab olinadi. Bu davrga oid eng muhim topilmalardan biri Sarazmda o‘rganilgan urug‘ jamoasi sardorining xilxonasi bo‘lib, u Janubiy Sibirning Afanaseva madaniyati xilxonalari singari doira shaklidagi tosh g‘ov bilan o‘rab olingan. Xilxonaning markaziy mozori ayol kishiga tegishli bo‘lib, u erdan topilgan ashyoviy dalillar mozor egasi urug‘ jamoasining sardori ekanligidan guvohlik beradi.
Sarazm II (ilk bronza) – Sarazm maadaniyatining shakllanish davri. Bu davrda qishloq kengayadi, alohida qurilgan ko‘p xonali hovlilar, ular tarkibida doira shaklidagi altarli oilaviy ibodatxonalar, qishloq markazida monumental ibodatxona qad ko‘taradi. Uy-joy komplekslari tarkibida to‘qimachilik xunarmandchiligiga moslashtirilgan xonalar paydo bo‘ladi. Me’moriy kompleks burchaklarini to‘rt qirrali ustunlar bilan bezash boshlanadi. Polixrom naqshli sopollar kamayib, monoxrom naqshli sopollar ko‘payadi. Keramika kompleksi tarkibida Kaltaminor madaniyatiga tegishli parchalar uchray boshlaydi. Demak, bu Sarazm madaniyatining shakllanishida mahalliy aholining ishtiroqi borligidan dalolat beradi . Sarazmliklarning tashqi aloqalari doirasi kengayadi (Belujiston-Kvetta, Seiston-SHahri-Soxta). Zarafshon tog‘ konlaridan ruda qazib olish va uni eritib metall olish Yuksak darajada rivojlanadi.
Sarazm III davrida ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayot o‘zining Yuksak cho‘qqisiga ko‘tariladi. Sarazmning 100 gektarga yaqin maydoni uy-joy qurilishi va xunarmandchilik kvartallari bilan qoplanadi. Xunarmandchilik sohasida ixtisoslashuv Yuz beradi. Kulolchilik dastgoxi paydo bo‘ladi. Qoramtir qizg‘ish angob bilan pardozlangan qora va kulrang sopollar keskin kamayadi, ularning o‘rnini tiniq qizg‘ish va qizil angobli sopollar egallaydi. Bu xildagi topilmalar ilk Nomozgoh VI davriga xarakterli bo‘lib, bunday uslubda sopol ishlab chiqarish Sopollitepa idishlari uchun ham xarakterlidir.
Sarazmda baland platformalar ustida diniy va dunyoviy xarakterdagi monumental binolar paydo bo‘ladi. Masalan, Sarazmning III – qazishma hududida 225 kv. metr maydonni egallagan 70 sm balandlikdagi platforma ustida 12 ta xonani o‘z ichiga olgan yaxlit kvadrat shaklida monumental bino qad ko‘taradi. Uning markaziy xonasida aylana shaklida altar topilgan. Ushbu monumental kompleks Sarazm III davri qishloq (Avestoda vis) jamoasi sardorining qarorgohi bo‘lganligiga shubha yo‘q. Bu davrga kelib, Sarazm metallurgiya markazining dovrug‘i janubiy va shimoliy mintaqalar jamoalariga borib etadi. Natijada, Sarazm metali dastlab, janubiy mintaqalarga, qadimgi dehqonchilik madaniyati jamoalari dunyosigacha kirib boradi. Bu haqida Panjikent yaqinidan Zarcha Halifa deb atalgan joydan Sopolli madaniyatining Jarqo‘ton bosqichiga tegishli savdogar mozorining topilishi tahsinga sazovordir. Aynan shu tipdagi boshqa bir qabrni Jom savdo faktoriyasi qoshidagi Galasherik qabristonidan topilishi fikrimizni yana bir bor tasdiqlaydi.
Sarazm IV davrida ko‘chmanchi chorvador oriylarning janubga migratsiyasi tufayli Sarazmda shakllanayotgan ilk shahar hayoti inqirozga yuz tutadi. Sarazmlilar iqtisodiy hayotida muhim o‘rin tutgan tog‘ kon sanoati, ruda konlariga egalik qilish oriy qabilalari qo‘liga o‘tib, Sarazmning tub joy aholisi voha bo‘ylab tarqalib ketadi. Sarazm xarobalari chorvadorlarning muqim hayot tarziga yuz tutgan tabaqalari maskaniga aylanadi. Sarazmning eng yuqori qatlamiga tegishli chuqurchalardan och qizil rangli naqshli sopol parchalarining topilishi bundan dalolat beradi.
Bevosita Samarqand vohasida bronza davri yodgorliklari SamDU olimlari tomonidan o‘rganilgan. Xususan, 1960-1998 yillarda olib borilgan tadqiqot ishlari tufayli Mo‘minobod, CHakka, Soyg‘us, Jom, Siob, To‘qayli singari qabr va qishloqlar topilib o‘rganildi va bu jamoalarning madaniyati haqida guvohlik beruvchi qiziqarli manbalar qo‘lga kiritildi.
Bu yodgorliklar orasida Mo‘minobod qabristoni qiziqarli manbalar berdi. Bu yodgorlik Samarqand shahridan 64 km sharqroqda, Urgut tog‘i daralaridan birida joylashgan Mo‘minobod qishlog‘i atrofida topilgan bo‘lib, uni dastlab keyinchalik esa A.A.Asqarov va N.A.Avanesovalar qazib o‘rgandi .Bu erdan marhumlar yakka tarzda dafn qilingan qabrlar ochib o‘rganildi. Qabrlardan boshi g‘arb tomonga qaratib o‘ng yonboshga yotqizib bukchaytirib ko‘milgan ayollarning jasadlari va ular bilan birga zeb-ziynat buyumlari topildi. Marhumlar bilan birga sopol idishlar, ayniqsa, ko‘plab zeb-ziynat buyumlari qo‘yilganligi ma'lum bo‘ldi. Xususan, jezdan (bronzadan) yasalgan oyna, son-sanoqsiz munchoqlar, isirg‘alar, bilaguzuklar topildi. Qabrlardan birida suyakdan yasalgan sibizg‘a (nay) topilgan bo‘lib, bu hodisa hududimizda musiqa san'ati tarixining naqadar qadimgi davrlarga borib taqalishidan dalolat beradi. Topilmalar orasida oltindan sir berilgan isirg‘alar, kumushdan sir berilgan shoda-shoda munchoqlarning nihoyatda ustalik bilan yasalganligi bronza davri zargar ajdodlarimizning yuksak texnik-texnologiya san’atiga egalik madaniyatidan guvohlik beradi. Xullas, bu manbalarning o‘rganilishi tufayli Samarqand atrofida yashagan qadimgi chorvador va dehqon qabilalarining turmush tarzi, kiyimlari, san’ati, ma’naviy dunyosi haqida qiziqarli ilmiy tasavvurlarga ega bo‘lindi. YOdgorlik mil. avv. XIV-XIII asrlarga oidligi aniqlandi. Bu erdagi qabrlarda topilgan sopol idishlarining yasalish shakl-shamoyillari Markaziy Qozog‘iston mintaqalarida bronza davrida yashagan Andronov qabilalarining buyumlariga o‘xshashligiga qaraganda, mil. avv. II minginchi yillikning oxirlarida bu mintaqalarga andronovalik jamoalardan bir qismi xo‘jalik yuritish maqsadida bu tomonlarga ma'qul ekologik burchaklar izlab kirib kelganligidan guvohlik beradi.
Urgut tumanidagi Sayg‘us qishlog‘i yaqinida joylashgan bronza davri qabri N.A.Avanesova tomonidan ochib o‘rganildi. Qabrdan o‘ng biqiniga yotqizib ko‘milgan ayol qoldig‘i bilan birga sopol idish, turli-tuman zebi-ziynat buyumlari - munchoqlar, bilaguzuklar, qachov singari buyumlar topildi. Soyg‘us qabri ham mil. avv. II ming yillikka oid jamoalar tarixiga mansubdir. Umuman, yuqorida so‘z borgan qabrlardan topilgan sopol buyumlar, jezdan Yuksak did bilan ishlab chiqilgan bilaguzuklar, munchoq - marjonlar, juvoldiz va boshqa buYumlar bu muzofotda yashagan chorvador - dehqon jamoalar turmush tarzi va madaniyatini o‘rganishda muhim manba bo‘lib xizmat qiladi. Mo‘minobod va boshqa shu singari yodgorliklardan topilgan ashyolar SamDU arxeologiya muzeyi ko‘rgazmalarini bezab turibdi.
1986 yili SamDU arxeologiya otryadi rahbari N.A.Avanesova Samarqand davlat xo‘jaligi hududida joylashgan To‘qayli qishlog‘i atrofidagi bronza davriga mansub makon qoldig‘ini o‘rgandi. Makon daryo qirg‘og‘ida joylashganligi tufayli uning bir qismi jarlikka nuragan. Saqlangan madaniy qatlamning qalinligi 04-07 metr. YOdgorlikning 216 m2 maydoni qazib tekshirildi. Natijada bu erdan to‘rtburchak shaklidagi yarim erto‘la kulba qoldig‘i topildi. Uning poli va devori loy bilan suvalgan. Bundan tashqari madaniy qatlamdan toshdan yasalgan o‘q-yoy uchlari, tosh bolta siniqlari, qadimgi hayvon suyaklari, gurzilarning sop uchlari, bronzadan ishlangan ba’zi bezaklar, chig‘anoqlar, hayvon tishlari, lojuvard va gipsdan yasalgan munchoqlar, sopol idishlarni silliqlab sayqal beradigan asboblar topildi. Eng muhimi, makon - qishloqning bir chekkasida metall - rudani eritadigan, diametri 40 sm, chuqurligi 60 sm doira shaklidagi qo‘ra qoldig‘i topildi. Bu pechning tagida saqlangan ko‘mir kul qoldig‘ining qalinligi 30 sm gacha boradi. Qura atrofida qariyb 32 m2 maydonda ko‘plab mis toshqoli (shlak), oksidlangan ruda qoldiqlari, ko‘mirga aylangan yog‘och bo‘laklari, sopol parchalari, eritib tozalangan metallni quyish terrakota qoliplari, bolg‘acha, o‘g‘ir dastasi, rudani maydalash uchun foydalaniladigan granit tosh sandonlar, rudani ezadigan qurollar topilindi. Topilgan buYumlar va boshqa ashyolar bu yodgorlik mil. avv. II minginchi yillarga doir metallurglarga mansub qishloq ekanligi ma’lum bo‘ldi.
Nurobod tumaniga qarashli Jom qishlog‘i atrofida bronza davriga doir yana bir yodgorlik topib o‘rganildi. Bu erda qadimgi qabriston mavjud bo‘lib, u turli davrlarda erdan xo‘jalik maqsadida foydalanish tufayli buzilib ketgan. Faqat saqlangan 4 ta qabr ochilib o‘rganildi. Ularning uchtasi mil. avv. XVI asrlarga, ya’ni Sopolli madaniyatiga, bittasi esa bronza davrining Andronova madaniyatiga mansubligi aniqlandi. Qabrlarda dafn bilan bog‘liq sopol idishlar, jezdan yasalgan to‘g‘nog‘ich, dastali dumaloq shakldagi oyna, dastasiz oyna hamda munchoq taqinchoqlar topildi. Xullas, bu yodgorlik materiallari ham chorvador - dehqon ajdodlarimizning madaniyat tarixini o‘rganishda muhim manba hisolanadi
Jom savdo karvon saroylari va feruza tosh konlari, ular bilan bog‘liq turli etnik guruh vakillarining qabristoni (Galasherik) paydo bo‘ladi, ikkinchi tomonda Zarafshon yoqalab diniy memorial kompleksi (Jukov), ruda eritish, metall xomashyosini ishlab chiqarishga moslashgan qishloqlar (To‘qayli) va nihoyat davr so‘nggida qadimgi shaharlar (Ko‘ktepa, Afrosiyob) qad ko‘taradi.
Samarqand So‘g‘didan Kesh-Naxshob So‘g‘diga olib boruvchi qadimgi savdo-karvon yo‘li Jom dashti orqali o‘tgan bo‘lib, Jom qishlog‘i bu yo‘l yoqasidagi tranzit savdo punkti sifatida juda qadimiydir.
Keyingi o‘n-o‘n besh yil davomida Jom qishlog‘i hududidan 6 joydan bronza davriga oid ajdodlarimizning moddiy madaniyat izlari topib o‘rganildi. Ularning deyarli ko‘pchiligi Jom qishlog‘ini oralab o‘tgan Jomsoy bilan bog‘liq bo‘lib, uning o‘zani Eski Anxor kanaliga ulanib ketgan. Eski Anxor kanali esa qadimiy o‘zan ustiga qurilgan. Ehtimol, Eski Anxor kanaliga asos bo‘lgan ana shu o‘zan qachonlardir Jomsoyning davomi bo‘lgandir.
Jom arxeologik kompleksiga kirgan yodgorliklardan biri Galasherik tepaligiga joylashgan bronza davri qabristoni bo‘lib, bu joydan turli yillarda, uning 3 gektarlik maydonidan, uni turli maqsadlarda o‘zlashtirish vaqtida 4 ta qabr topilgan. Galasherik qabristoni. Qabr № 1, 1994 yilda uyga poydevor qazish vaqtida, er sathidan 2m. chuqurlikdan topilgan. Mualliflarning yozishiga qaraganda, qabrdan qizil sirli sopol parchalari, o‘roqsimon bronza quroli, disksimon bronza ko‘zgusi va bargsimon shaklli bronza to‘g‘nag‘ich topilgan. 1997 yilda uy qurilishi vaqtida 1,9 m. chuqurlikdan topilgan. Mualliflarning yozishicha, kulolchilik charxida yasalgan sharsimon xurmacha, dastasi va ko‘zgusi aylanasi bo‘ylab naqshlangan bronza oyna va shoxdor oxu haykalli bronza to‘g‘nag‘ich bir joydan topilgan. Ulardan 3 metrcha sharqda poydevorga qazilgan chuqur chetining kesmasida bo‘g‘zi ostida ikkita teshikli bikonik shaklida yana bir sopol idish va kukunga aylangan odam suyak izlari va bir necha tishlar uchratilgan. Mualliflar ularning barchasini bir qabrga tegishli degan fikrni olga suradilar. Ammo bizningcha, bu topilmalar ikkita qabrga tegishli. CHunki birinchidan, mualliflar mozorni mutaxassis sifatida o‘zlari qazishmagan. Ular bergan ma’lumotlar uy egasi B.Rasulov so‘zlariga asoslangan. Ikkinchidan, odam suyak izlari va bikonik shaklidagi sopol chuqurcha chetining kesmasida bo‘lib, B.Rasulov ikkinchi mozorni to‘liq ochmagan. qabrdan 50 metrcha sharqda, haydalgan er uchastkasining 10 kv. m. maydonidan er egasi har xil yillarda (2000-2002 g.) disksimon bronza ko‘zgusi, chaqmoqtoshdan ishlangan paykon, bir talay sopol parchalari (charxda yasalgan sopol idishlar)ni terib oladi va shu joyda odam suyak parchalarini ham uchratadi. Mualliflar bu asoslanmagan gaplarga suyanib, ushbu topilmalarni bir mozorga tegishli, degan xulosaga kelishib, unga qabr № 3 nomini beradilar №4 qabr saqlanish jihatidan Yuqoridagi qabrlardan farq qiladi. U tepalikning eng Yuqori cho‘qqisidan, uning markazidan topildi. Tepalikdagi hovli egasi P.Aliqulov 1995 yilda hayvonlariga qo‘ra qurayotgan paytda topgan. Qabrning o‘lchami va chuqurligi haqida ma’lumotlar yo‘q. Ammo uning gaplariga ko‘ra, bir kvadrat metrdan ortiqroq joyda odam suyaklarining bo‘laklari, bir necha sopol parchalari, bronzadan ishlangan bilaguzuklar va munchoqlar, karnay gul shaklida ishlangan 2ta bronza baldoq uchratilgan. Odam suyaklarining uchrash tartibiga ko‘ra, skelet gujanak holatda, o‘ng tomoni bilan yotgan. Uning bosh chanog‘i g‘arbga qaratilgan. Qabrdan topilgan arxeologik materiallar kompleksi uni chorvador andronova madaniyatiga tegishli ekanligidan dalolat beradi.
Galasherik qabristoni arxeologik materiallar kompleksiga ko‘ra, odatdagi bir urug‘ jamoasi qabristoni emas. Bu joyda turli etnik guruhlar vakillarining qabrlarini uchratamiz. Birinchi qabr materiallar tarkibiga qaraganda (o‘roq tig‘isimon qurol va qizil sirli sopol parchalari) Ko‘ktepa I materiallarini eslatadi. Ikkinchi qabr aynan Sopolli madaniyatining mo‘lali bosqichi materiallarining (dastali bronza ko‘zg‘usi naqshlari) dashtlashtirilgan variantining o‘zginasi. Uchinchi mozorga tegishli ashyoviy dalillar esa (chaqmoqtoshdan paykon, qo‘l charxida yasalgan g‘isht rangli sopol parchalari) Zamonbobo yoki To‘qayli manzilgohining qadimgi dehqonchilik madaniyati bilan bog‘liq etnik ildizidan guvohlik beradi. To‘rtinchi qabr dasht qabilalari madaniyatiga tegishli.
Galasherik qabristonining mozorlar tarkibi ham tarixiy tahlil nuqtai nazaridan yondashganda, qadimgi Jomda savdo karvon saroyi bo‘lganligidan guvohlik beradi. Jom arxeologik kompleksining ikkinchi ob’ekti sifatida Jom markazidan 2,5 km sharqda, Qoratepa tog‘ massivining g‘arbiy yonbag‘rida feruza tosh koni topilgan. Feruza koni chiqindi uYumida dasht qabilalari madaniyatiga tegishli sopol parchalari uchraydi. Feruza koni yaqinida solingan shurfdan 1,2 m. chuqurlikda kul aralash qatlamda mayda feruza parchalari, kremnistiy slanetsdan ishlangan 2 ta ruda parchalash plitasi, 2 ta qo‘pol tosh bolg‘a va andronova madaniyatiga xos sopol parchalari topilgan . Qoratepa feruza koni chiqindisi va uning yaqinida solingan shurfdan topilgan ruda maydalash qurollari va andronova madaniyatiga tegishli sopol parchalarini uchrashi ushbu ob’ekt bronza davrida o‘zlashtirilganligi va feruza qazib olish ishi bilan ob’ektga eng yaqin aholi punkti Jom tayanch savdo faktoriyasi jamoalari shug‘ullangan, degan farazni o‘rtaga tashlashni taqoza etadi. Tasodifan topilgan arxeologik materiallar. Jom qishlog‘i va uning tevarak-atrofida ekin maydonlarini kengaytirish va hovli-joy qurilishi munosabati bilan yana 4 punktdan bronza davriga tegishli ko‘plab mehnat va ov qurollari, sopol parchalari topilgan. Ularning aksariyati qadimgi manzilgoh qoldiqlari va buzilgan qabrlardan chiqqan bo‘lishi ehtimoldan uzoq emas. Ular quyidagilardan iborat:
1)1980 yilda Jom qishlog‘ining markazida Jom soyining o‘ng qirg‘og‘ida, Sig‘irtepa deb atalgan adirlikda er qazish vaqtida ikki tig‘li bronza bolta topilgan. Xuddi shu joydan 1992 yili O.Umirov er qazish vaqtida chaqmoqtoshdan ishlangan chereshkoviy paykon topib oladi;
2) 1998 yilda cho‘pon B.Jumanov qishloqning Beshbuloq chashmasi yaqinidan bronzadan ishlangan ikki parrakli zo‘g‘atali paykon topib oladi;
3) Jom qishlog‘ining G‘ishtband yodgorligi yaqinidagi Qorazov degan joydan 1994 yilda tosh bolg‘a, 1995 yilda esa toshdan ishlangan hovancha sopi topiladi;
4) 1997 va 1999 yillarda Omandarsoyning Jomsoyga quyilish joyidan tosh bolg‘a bilan hovancha sopi topiladi.
Jom qishlog‘i va uning tevarak-atrofida ekin maydonlarini kengaytirish va hovli-joy qurilishi munosabati bilan topilgan bu bronza davrining mehnat qurollari va sopol idishlari Jom qishlog‘ini qadimda savdo karvon yo‘lida qad ko‘targan aholi punkti sifatida tarkib topganligidan guvohlik beradi. Bu joydan ikki madaniy xo‘jalik va ikki xil etnik guruhlarga tegishli moddiy madaniyat ashyovlarining topilishi esa (Zarcha Xalifa va Jom) bir jihatdan ikki etnik guruhlar o‘rtasida davom etgan iqtisodiy va etnomadaniy aloqalar haqida guvohlik bersa, ikkinchi tomondan, Sarazm madaniyatining Sarazm IV bosqichi Sopolli madaniyatining Jarqo‘ton va mo‘lali bosqichlari bilan tengdosh ekanligidan dalolat beradi.
Miloddan avvalgi II-ming yillikning o‘rtalaridan Zarafshon daryosining quyi havzalarida Zamonbobo madaniyatidan tubdan farq qiluvchi va uning o‘rnini egallagan dasht mintaqalarining Tozabog‘yob tipidagi andronova madaniyati qabilalari egallaydi. Bu madaniyat sohiblarining kelib chiqish tarixiy ildizlari Qozog‘iston cho‘llari, O‘rolorti tumanlari, umuman, Janubiy Sibirning bronza davri chorvador andronova jamoalari madaniyatiga borib taqaladi. Bu tarixiy haqiqat o‘z davrida birinchi bor S.P.Tolstov tomonidan aytilib, u boshqa tadqiqotchilarning ilmiy monografiya va maqolalarida ham o‘z isbotini topgan. O‘rta Osiyoning shimoliy-sharqidan kirib kelgan ana shu andronova qabilalari Evraziya dashtlarining bronza davri oriylari bo‘lishi mumkin .
Keyingi 50-60 yil davomida ularning izlari mavsumiy manzilgohlar, qadimgi mozor va qabristonlar sifatida O‘rta Osiyoning Amudaryogacha bo‘lgan hududlarida Yuzlab punktlarda topib o‘rganilgan. Ma’lumki, Avestoning lingvistik tahliliga ko‘ra, mil. avv. II-ming yillikning o‘rtalarida Evroaziya cho‘llaridan janubga tomon oriy qabilalarining migratsiyasi Yuz beradi. Eron hamda SHimoliy Hindistonda oriylar xukmronligi o‘rnatilib, shu davrda Avesto va Veda kabi muqaddas kitoblar paydo bo‘ladi. Bu jarayon O‘rta Osiyoning bronza davri arxeologik materiallarida ham tasdiqlanadi. Ammo oriylarning ilk vatani va uning davri masalasida fanda ilmiy bahslar davom etardi. Keyingi yillardagi Rossiya arxeologlarining janubiy-sharqiy O‘rolorti tumanlarida Sintashta va Arkaim kabi yodgorliklar komplekslarida olib borgan izlanishlari muammoga ancha aniqlik kiritdi. Aynan shu tumanlar chorvador jamoalari orasida mil. avv. II ming yillikning birinchi yarmida mulkiy tabaqalanish keskin Yuz berganligi, har bir jamoaning chorva mulki qabila sardorlari, sipohiy harbiylari qo‘lida to‘plana boshlagani yaqqol ko‘zga tashlanadi. Oqibatda Avestoda eslatilgan jamoaning erkin, ozod va mulkdor toifasi, ularning tashabbuskor va tadbirkor jangovar qatlami, tug‘ilib kelayotgan dastlabki sinfiy jamiyatning aslzodalar tabaqasi – oriylar paydo bo‘ladi. Miloddan avvalgi II-ming yillikning o‘rtalaridan e’tiboran O‘rta Osiyoga kirib kelgan chorvador dasht qabilalari oriylarning bir qismi edi. Ularning moddiy madaniyat izlari O‘rta Osiyoda, ayniqsa, uning shimoliy va markaziy viloyatlarida keng uchraydi. Ularning Zarafshon vohasida topib o‘rganilgan yodgorliklari: Gujayli manzilgohi va qabristoni, To‘qayli va Sazag‘on manzilgohi, Dashti Kazo, Mo‘minobod, CHakka, Saygus, Siyob, Qizilqir, CHorbog‘, Dashti O‘rdakon kabilar mozorlar sifatida bizgacha etib kelgan.
Qiziqarli yodgorliklardan biri CHakka qabristoni hisoblanadi. U 1975 yili Samarqand shahridan 9 km g‘arbda Zarafshon daryosining so‘l qirg‘og‘idagi CHakka qishlog‘i atrofida topilgan bo‘lib, uni o‘rganilishini 1975 va 1977 yillarda YA.K.Krikis boshlab bergan edi. Bu erdan 4 ta yakka holatda dafn qilingan ayollar qabri qazib o‘rganildi. Jasadlarning Yuz tomoni janubga, boshi shimoliy-sharqqa qaratilinib, chap biqiniga yotqizib, oyoq qo‘llari bukilgan, g‘ujanak holatda dafn qilingan. Qabrlarda sopol idishlar uchratilgan va ular ancha dag‘al yasalgan bo‘lsa-da, naqshlangan edi. Sopol idishlarning aksariyati tuxumsimon shaklda bo‘lib, ular sirtiga qiya, aylana chiziqlar tufayli naqshlar berilgan. Umuman, idishlar mil. avv. II ming yillikda yashagan Andronova chorvador qabilalariga xos. Qabrlarning ayrimlaridan (№2) bronzadan yasalgan bilaguzuklar, oltin suvi berilgan spiralsimon jevaklar, 40 tagacha bronzadan yasalgan mayda munchoqlar topilgan bo‘lib, bu buYumlar Yuksak zargarlik san’ati asosida ishlangan. Uchinchi qabrdan naqshlangan sopol idishlar bilan bir qatorda taqinchoq - munchoqlardan tashqari oltin qalami bilan bir yarim marta o‘ralgan 6 dona spiralsimon shokila topilgan. Munchoqlarning ayrimlari nafaqat bronzadan, shuningdek, xolsedon, lojuvard toshlardan ham yasalgan. Umuman, CHakka qabrlaridan topilgan ashyolar mil. avv. XIV-XIII asrlarga taalluqli bo‘lib, bu manbalar ajdodlarimizning Yuksak zargarlik san'atidan dalolat beradi. Bu topilmalar Samarqand atrofida yashagan qadimgi ajdodlarimizning urf-odatlari, diniy qarashlari ularning o‘ziga xos rivojlanish jarayoni haqida ma'lumotlar beradi. Xullas, ma’naviy va xo‘jalik turmushini o‘rganishda qiziqarli manba hisoblanadi
Siob qabri O‘rta Osiyodagi ilk Andronova davri yodgorliklaridan biri sifatida qayd qilinadi. Qabr Samarqand shahrida, Siob soyining so‘l qirg‘og‘ida qadimgi Afrosiob shahri sharqiy darvozasidan bir necha metr uzoqlikda joylashgan. Qabr 1977 yili qurilish ishlari paytida topilgan. Bu yodgorlikni mukammal o‘rgangan N.A.Avanesovaning bergan ma’lumotiga qaraganda, qabr 1,75x1,55 metr hajmda bo‘lib, undan bosh qismi shimoliy g‘arbga qaratilgan, g‘ujanak holatda dafn qilingan ayol jasad qoldig‘i, uning bilan birga ko‘milgan bronzadan yasalgan shokila-cho‘lpi, har xil bezaklar - taqinchoq munchoqlar, feruza, lojuvard toshidan ishlangan marjonlar hamda sopol idishlar topilgan. Siob qabridan topilgan ashyolarning shakl-shamoyillariga qaraganda, u miloddan avvalgi XIX-XVIII asrlarga doirdir. Bu esa qabr yagona bo‘lmagan, balki bu erda chorvador - dehqonlarning qishlog‘i bo‘lib, turli davrlardagi qurilish ishlari tufayli makon va qabrlar buzilib ketgan. Eng muhim xulosa shuki, Samarqand shahri vujudga kelishidan ancha avval bu erda qadimgi qishloq bo‘lib, keyinchalik uning negizida yirik markaziy qishloq tarkib topib, bronza asrining so‘nggi bosqichlariga kelib bu qishloq vohadagi markaz qishloqqa aylangan va uning negizida Samarqand shahrining ilk ildizlari shakllangan, degan xulosalarga olib keladi. YUqoridagi Samarqand tarixining bronza davriga oid yodgorliklardan tashqari, turli joylardan, har xil kasb egalari tomonidan to‘plangan manbalar ham mavjud bo‘lib, ularni ilmiy-analitik tahlil qilish ishlari oldindagi vazifalardandir. Bu erda shakllangan madaniyat o‘zga hududlardan kirib kelgan turli kelgindi qabilalar ta’sirida emas, balki tub asosda, mahalliy negizda tashkil topganligi asoslanmoqda. Bu taraqqiyotning rivojlanish pillapoyalarini boy tarixiy-madaniy manbalar asosida oydinlashtirishga erishildi. Jumladan, Yuqorida zikr etilgan manbalar tufayli paleolit davrida sayyoh ovchilarning kulbalar qurib, qo‘nim yashashga intilish jarayoni, mezo-neolit davriga kelib esa, dehqonchilik va xonaki chorvachilik xo‘jaligining tashkil topishi, ishlab chiqarish iqtisodining Yuzaga kelishi - ona urug‘i jamoalarining sayyohlikdan muayyan tarzda qo‘nim yashash - o‘troqlashish jarayonining sodir bo‘lishiga olib kelganligi alohida qayd qilinmoqda. Peshma-pesh taraqqiyot dinamikasi negizida evolYusion tarzda urug‘dosh jamoalar yashaydigan yirik kapalar, kulbalar, keyingi taraqqiyot bosqichida esa bir necha kulbalardan tashkil topgan ovullar, ular negizida protoqishloqlar, qishloqlar, voha bo‘yicha yirik markaz qishloqlar qad ko‘tardi. Metallning kashf qilinishi, undan ishlab chiqarish mehnat vositalari yaratishda, mil. avv. II minginchi yillarga kelib, jamiyat ijtimoiy, iqtisodiy tuzumini larzaga keltirdi, sug‘orma dehqonchilik va chorvachilik hamda hunarmandchilikning alohida xo‘jalik kasbi sifatida shakllana borishi esa o‘z davrining inqilobiy o‘zgarishlari ekanligiga alohida urg‘u berishmoqda. Samarqand shahri va u bilan yondosh hududlarda bu davrga kelib, qadimgi dehqon va chorvadorlarning Siob, CHakka, Soyg‘us, To‘qayli singari qator qishloqlar qad ko‘tardi. Aholi xo‘jalik Yuritishga ma'qul ekologik burchaklarni tobora o‘zlashtira bordi.

Download 299,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish