O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi abu ali ibn sino nomidagi buxoro davlat tibbiyot instituti



Download 7,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet116/735
Sana29.01.2022
Hajmi7,42 Mb.
#418250
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   735
Bog'liq
asab kasalliklarida hamshiralik ishi

 
Bahorgi - yozgi kana entsefaliti 
O'tkir kanali (o'rmon) bahorgi-yozgi entsefalitni arboviruslar keltirib chiqaradi. U odamni 
ixodes persulcatus va ixodes ricinus turidagi kana chaqqanda yuqib qoladi. Mayda 
jonivorlar: sichqonlar, tipratikanlar, burunduqlar virusning tabiiy o'choqi hisoblanadi. 
Kana chaqqanda virus hayvonning qonidan kananing so'lak bezlariga tushadi; so'ngra 
boshqa hayvonlarga va odamga yuqishi mumkin. Virus tutgan echki sutini ichganda qam 
yuqib qolishi mumkin. Kana entsefaliti Uzoq Sharq, Sibir, O'rol, Rossiyaning va 
Markaziy Ovro'paning ba'zi rayonlarida tarqalgan. 
P a t o g e n e z i. Virus organizmga tushgandan keyin kirgan joyida zo'r berib ko'paya 
boshlaydi (chaqqanda terida yoki alimentar zararlanishda me'da-ichak yo'lida). Keyin 
kasallik yuqqandan boshlab, 4- kunga borib qo'zqatuvchi qonga va miyaga tushadi. 
P a t o m o r f o l o g i ya. Bosh miyada yalliq‘lanishga xos o'zgarishlar, asosan miya 
ustunida va orqa miyaning bo'yin kengligi sohasida topiladi, pardalar shishinqiraydi, juda 
ko'p mayda-mayda qon quyiladi. 
K l i n i k a s i. Kasallik tana qaroratining shiddatli baland bo'lishi, bosh og‘rishi bilan 
boshlanadi, bosh og‘riydi, bemor qusadi. 2-3 kundan keyin meningial simptomlar va 
qo'llarning periferik falajlanishi qo'shiladi. Bo'yin mushaklari bo'shashib ketganidan 
bemorning "boshi osilib" qolishi o'ziga xos bo'ladi. Oyoqlar, odatda intakt. Baland qarorat 
7-9 kun turadi, keyin tushadi, bosh og‘rishi kamayadi. Kasallikning 3-qaftasida 
rekonvalestsentsiya davri boshlanadi, ya'ni tuzala boshlaydi. Tiklanish davri turlicha. 
Bemor butunlay asli holiga kelishi yoki nevrologik nuqson (elka kamari mushaklari 
atrofiyasi, falajlik) qolishi mumkin. Kana entsefalitining "klassik" turidan tashqari, 
meningial, isitmalash va poliradikulonevritik turlari bayon etilgan, ular asosan nerv 
tizimining ma'lum bir strukturalarining zararlanishi bilan farq qiladi. 
D a v o l a sh v a p r o f i l a k t i k a . Kana entsefalitini davolash uchun kana 
entsefalitiga qarshi titrlangan gammaglobulindan foydalaniladi. 6 mldan mushak orasiga 
3 kun davomida kiritiladi. Shuningdek endemik o'choqda yashaydigan donorlar 
plazmasidan olingan zardobli immunoglobulin kiritiladi, ribonukleaza 30 mgdan qar 4 
soatda mushak orasiga 5 kun yuboriladi. Kasallikning o'tkir davrida simptomatik 
davolash, detoksikatsion terapiya muqim. Tiklanish davrida kompleks tibbiy va ijtimoiy 
reabilitatsiya o'tkaziladi.
Profilaktika sifatida epidemiologik ko'rsatkichlarga ko'ra, to'qimali inaktivirlangan 
vaktsina bilan emlanadi. 1 ml vaktsina kuzda teri ostiga 3 marta va bahorda 1 marta 
kiritiladi, qar yili revaktsinatsiya qilinadi. Kana chaqqan odamlarga kanaga qarshi 
gammaglobulin kiritiladi. 

Download 7,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   735




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish