8. Axill refleksi
bolg‘acha bilan axill payiga urishga javoban ikrasimon mushak
qisqaradi va tovon kaftga tomon bukiladi. Bemor orqasi bilan yotganda vrach o‘zining
chap qo‘li bilan bemorning tovonini ushlaydi, oyoqni tizza va chanoq-son bo‘g‘imida
bukadi, o‘ng qo‘li bilan axill payiga bolg‘acha bilan uradi. Tekshiruvchi tizzasi bilan
stulga shunday chiqadiki, uning tovonlari osilgan holda bo‘lishi kerak va shu holatda
bolg‘acha bilan axill payiga uradi.
II. Yuza reflekslar tekshirish:
5. Qorin reflekslari:
yuqori qorin refleksi qorin terisini qovurg‘a ravog‘iga parallel
shtrixsimon chizish orqali chaqiriladi. O‘rta qorin refleksi qorin terisini gorizontal kindik
sathida shtrixsimon chizish orqali chaqiriladi. Pastki qorin refleksi qorin terisini chov
burmasiga parallel shtrixsimon chizish orqali chaqiriladi. Ta‘sirga javoban shu
tomondagi qorin mushaklari qisqaradi.
503
Do'stlaringiz bilan baham: |