7. Tizza refleksi
bolg‘acha bilan tizza qopqog‘i pastida son to‘rt boshli mushagi
payining ustiga urishga javoban mushak qisqaradi va oyoq tizza bo‘g‘imida
yoziladi.Tizza refleksini aniqlashning bir nechta usullari bor. O‘tirgan holda bemor bir
oyog‘ini boshqasining ustiga qo‘yadi, bunda boldirlar erkin osilgan holda bo‘lishi kerak
va bukish burchagi 90 gradus bo‘lishi kerak. Bemor orqasi bilan yotganda vrach o‘zining
qo‘lini bemorning tizza osti bo‘g‘imiga qo‘yadi va uni shunday qo‘yadiki, bukish
burchagi to‘mtoq bo‘lishi kerak, tovonlar esa yotoqdan uzilmagan holda bo‘lishi kerak.
Ba‘zan sog‘lom odamlarda ham tizza refleksi sust chaqiriladi. Bunda Yendrashik
usulidan foydalaniladi: bemorga ikkala qo‘lning barmoqlarini bir-biriga mahkam ushlab
ikki сhetga tortiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |