O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi abu ali ibn sino nomidagi buxoro davlat tibbiyot instituti



Download 7,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet147/735
Sana29.01.2022
Hajmi7,42 Mb.
#418250
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   735
Bog'liq
asab kasalliklarida hamshiralik ishi

Uchinchi faza - klonik shaytonlash fazasi. 
Bemor chuqur nafas oladiva mustaqil 
nafas ola boshlaydi (odatda xurraksimon). Yuzdagi sianoz va akrotsianoz tez o‘tib 
ketadi. Shu vaqtning o‘zida har xil guruh, qo‘l, oyoq, badan, bo‘yin, yuz, ko‘z 
mushaklari ritmik qisqaradi. Ayniqsa tilining uchini tishlab olishi xavflidir. Ma‘lumki, 
ularda qon tomir yaxshi rivojlangan bo‘ladi, bunda kuchli qon ketishi mumkin. Agar 
qon ketish uydan tashqarida, tibbiy muassasadan uzoqda bo‘lsa, vaziyat qiyinlashadi. 
Klonik xurujlar fazasida hush yo‘qolgan bo‘ladi. Bu sharoitda avtomatik harakatlar 
kuchli bo‘lib, qo‘l-oyoq va tana zararlanishiga olib keladi. Ayniqsa, boshning ritmik 
tortishuvlari xavfli bo‘ladi, bunda bosh miya, yuz, ko‘z shikastlanishi mumkin. Puls 
tezlashadi, terini ter qoplaydi.
Sekin-asta klonik xurujlar jadalligi kamayadi va harakat faolligi to‘liq to‘xtaydi. 
Bu faza 1 minutgacha davom etadi.
To’rtinchi faza - epileptik koma bo’lib
, bemor asta-sekin uyqugaketadi. Xuruj 
tugaganidan so‘ng yorug‘lik ko‘z qorachiqlariga sust ta‘sir qiladi yoki umuman bu 
reatsiya ma‘lum muddatgacha kuzatilmaydi. Og‘riq ta‘sirotlariga bemor javob 
bermaydi. Pay va periostal reflekslar odatda paydo bo‘lmaydi, lekin kuchayishi 
mumkin. Ko‘pincha bukiluvchi va yoziluvchi turdagi patologik belgilar paydo 
bo‘ladi. Bu faza 30 minutdan bir necha soatgacha davom etadi. 
Uyqudan turgandan keyin bemor juda holsiz bo‘ladi, butun tanasida og‘riq 
sezadi, xuddi juda og‘ir ishni uzoq vaqt qilganga o‘xshaydi. Uyg‘ongandan so‘ng 
bemor o‘ziga nima bo‘lganini ko‘pincha bilmaydi (ayniqsa xuruj strukturasida aura 
bo‘lmasa), ko‘pincha yonida tez yordam xizmati vrachi, qarindoshlar, qo‘shnilarning 
nega turganligini tushunmaydi. Xuruj to‘g‘risidagi to‘liq amneziya va xuruj vaqtida 
nima qilinganligi va deyilganligi haqidagi amneziya, tutqanoqning eng o‘ziga xos va 
doimiy xususiyatidir.
Xuddi shunday xuruj uyquda ham tutib qolishi mumkin. Bu holda bemor bir o‘zi 
yashasa yoki alohida xonada uxlasa uzoq vaqtgacha xurujlar tutganini bilmaydi, ba‘zi 
kunlari u holsizlik, boshi og‘ir, tili yoki labi tishlangan holda uyg‘onadi. Kechki xuruj 
vaqtida ba‘zan bemor siyib qo‘yadi. Ko‘pincha bemorda muntazam ruhiy va 
nevrologik belgi paydo bo‘lganidan so‘ng yoki kasallik zo‘rayganidan keyin bemorni 
tekshirib, tashxisi aniqlanadi. Bunday holatning sababini aniqlamay turib davoning 
samarali vaqti cho‘zilishi mumkin. Shuni aytish kerakki, uyqu tutqanog‘ini davolash 
qiyin bo‘ladi.
Har bir bemorda xuruj har xil bo‘lishiga qaramay, biz katta shaytonlash epileptik 
xurujining rivojlanishi sxemasini chizib berdik (odatda 1 minutdan 5 minutgacha 


210 
davom etadi), ammo xuruj strukturasida ba‘zi fazalar bor-yo‘qligiga qarab, tonik yoki 
klonik xurujlar bo‘lishi mumkin.
Odatda, alohida xuruj hayot uchun xavf tug‘dirmaydi. Sog‘liq va hayot uchun 
epileptik xurujlarning ketma-ketligi xavfli, bunda ma‘lum vaqt davomida bir necha 
xuruj kuzatiladi (masalan, kuniga 8-10 xuruj), xurujlar orasida bemor hushiga keladi 
va nafas olish, yurak qon-tomir faoliyati, modda almashinuvi o‘z holiga keladi.
Epileptik status. 
Bu hayot uchun juda xavfli holat, unda xurujlarqisqa vaqt 
oralig‘ida ketma-ket takrorlanadi. Bunda ikkita ketma-ket kechadigan xuruj oralig‘ida 
bemor hushiga kelmasdan, asosiy hayotiy faoliyatlar o‘z holiga qaytish o‘rniga, har 
bir xurujdan so‘ng miya komasi chuqurlashadi, yurak qon tomir, nafas olish 
faoliyatlari, modda almashinuvi buzilishlari kuchayadi. Hozirgi vaqtgacha epistatusga 
tushgan bemorlarning 60 foizdan ko‘pi o‘tkazilgan davoga qaramay nobud bo‘ladi.
Djekson epilepsiyasi. Bu parsial epixurujlarning alohida turi. 
Uni buyuk ingliz 
nevropatologi Djekson nomi bilan atashadi. U 1863 yil parsial epilepsiyani klinik-
anatomik jihatdan tahlil qilgan. Djekson epilepsiyasi xurujlariga ko‘pincha bosh miya 
o‘smalari shikastlari, meningo-ensefalit, shuningdek kista, sistiserkoz, exinokokkoz, 
solitar, tuberkulema, zaxm, araxnoidit, paximeningit, qon tomir buzilishlari sabab 
bo‘ladi.
Djekson epilepsiyasida bemor hushini yo‘qotmaydi, klonik xurujlar, 
mushaklarning u yoki bu guruhida boshlanib, yonidagi mushaklarga o‘tib, ma‘lum 
izchillikda tarqaladi. Ba‘zan qo‘l, oyoq va tananing yarmiga bir tomonlama tarqaladi.
Djekson epilepsiyasi hush yo‘qolmasdan faqatgina qisman xurujlar ko‘rinishida 
o‘tishi mumkin. Boshqa turida esa xurujlar tarqalib, xuruj cho‘qqisida hush yo‘qolib, 
xuruj katta shaytonlash xurujiga o‘tadi.
Ba‘zan Djekson epilepsiyasi sensor ko‘rinishga ega bo‘lib, tananing ma‘lum teri 
qismlarida ketma-ket tarqalgan yangi sezgilar, paresteziya yoki og‘riqlar xuruji 
ko‘rinishida kechadi. Kechroq xuruj tarqoq bo‘lishi mumkin. Бу sensor Djekson 
xurujidir.
Kojevnikov epilepsiyasi. Birinchi bo’lib 1894 yilda nevrologiya 
asoschisi 
A.Ya.Kojevnikov tomonidan yozilgan, u bu shaklni erilepsia carialis sivi partialis 
continua) cheklangan, doimiy tutqanoq deb belgilagan.
Bu tur oddiy tutqanoq xurujlaridan xurujlararo davrda birorta mushak guruhida 
doimiy klonik tortishuvlar bo‘lishi bilan farq qiladi. Jadalligiga ko‘ra o‘zgarib, ular 
generalizatsiyalashuvi va hush yo‘qolishi bilan shaytonlash xurujiga o‘tishi mumkin. 
Bu kamdan-kam uchraydigan tur Rossiyaning markaziy viloyatlariga qaraganda Sibir 
va Uralda ko‘proq uchraydi. Ko‘pchilik hollarda Kojevnikov tutqanog‘iga 
ensefalitning surunkali zo‘rayuvchi turi sabab bo‘ladi. Lekin boshqa etiologik omillar 
- zaxm, sictisirkoz va boshqalar ham ko‘rsatib o‘tilgan.
Absans (kichik tutqanoq xuruji.) 
Klinikadabir necha sekunddavomida hushdan 
ketish bilan ta‘riflanadi.
Murakkab partsial xuruj. Murakkab ruhiy o’zgarishlar xos. 
Xotiraning ko‘proq 
yoki ozroq buzilishi, gallyutsinatsiyalar paydo bo‘ladi, narsani avval ko‘rganlik, avval 
eshitlik hissi yoki hech qachon eshitmagan, ko‘rmagan narsani his qilish bilan 
ta‘riflanadi.
Epileptik avtomatizm xurujlarida avval qilinayotgan
faollikning shunchaki 
davom etishi, ba‘zan esa aksincha hush buzilib, yangi harakat faolligining paydo
bo‘lishi sifatida kechadi, bemor keyinchalik bu harakatlar haqida eslolmaydi.
Tutqanoqdagi ruhiy buzilishlar. 
Epilepsiyada o‘ziga xos epileptikxarakter 
shakllanadi.


211 
Epileptik tabiat. 
Uning uchun 2 belgi xos: 1) ruhiy faoliyatninginertligi; 2) jahl 
chiqib ketishi, emotsional reaktsiyalarning beqarorligi. Bemorlar haddan tashqari 
mayda gap, olifta bo‘ladilar. Ularda instinktlar kuchi oshib, his-tuyg‘ular avj oladi. 
Bemorlarning tuyg‘ulari har xil, xushomadgo‘y, laganbardor, shirinsuxan bo‘ladi, 
bular qo‘zg‘aluvchanlik, jaxldorlik, keskin affektiv o‘zgarishlar bilan birga kechadi. 
Affekt vaqtida bemorlar jaxldor, tajjovuzkor bo‘ladilar. Affekt kuchi sababga to‘g‘ri 
kelmaydi.

Download 7,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   735




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish