O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi abu ali ibn sino nomidagi buxoro davlat tibbiyot instituti



Download 7,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet149/735
Sana29.01.2022
Hajmi7,42 Mb.
#418250
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   735
Bog'liq
asab kasalliklarida hamshiralik ishi

Davolash:
Oxirgi 20-25 yil ichida erishilgan yutuqlarga qaramay, epilepsiyani 
davolash haligacha og‘ir hisoblanadi.
Epilepsiyani davolash kompleksli, uzoq vaqt, individual ravshida оlib borilishi 
lozim. Epilepsiya davosida quyidagi prinsiplarga rioya qilish lozim. 
1. Umumiy rejim. Bemor uchun ekstremal holatlarni (issiqlik, sоvuq, og‘ir 
jismoniy mehnat ruxiy siqilishi va b.) chegaralash kerak.
2. Ovqatlanish tartibi. Achchiq va tuzli taomlar ta‘qiqlanadi, suyuqlik ichish 
kamaytiriladi. Alkogol ichimliklari (ayniqsa pivo) umuman taqiqlanadi. 
Kofe va achchiq choy miqdori keskin kamaytiriladi. 
3. Insolyatsiya va isib ketishdan saqlanish lozim.
4. Uyqu va dam olish tartibi. Uyquga har kun bir xil vaqtda yotish lozim 
5. Faol hayot tarzi. Faol harakatchanlik va musbat emotsiyalar tutqanoq 
rivojlanishini tormozlaydi deb xisoblaniladi.
6. Medikomentoz davolash:
a) tutkanoqqa qarshi vositalar. Asosiy vosita bo‘lib fenobarbital hisoblanadi.


212 
Yana benzonal, karbomazepin, pantogam, valproyev kislotasini saqlovchi
vositalar qo‘llaniladi. 
b) tutkanoqqa qarshi vositalarning nojo‘ya ta‘sirlari davolash. Ba‘zi vaqtlarda 
tutqanoqqa qarshi vositalarning katta bir martalik va sutkalik dozalarida ishlatishga 
to‘g‘ri keladi. Shu sababli nojo‘ya ta‘sir simptomlari yuzaga kelishi mumkin. Ushbu 
simptomlarni davolash maqsadida polivitaminlar (askorbin, nikotin, foliy 
kislotalarining birikmalari, riboflavin, piridoksin) qo‘llaniladi. Bo‘shashish, 
uyquchanlikda kofein, atsefen, sidiokarb va b. buyuriladi. Tutqanoqqa qarshi 
vositalarining uzoq vaqt katta dozalarda qabul qilish natijasida turli asoratlar kelib 
chiqqanda, shu vositalarni to‘xtatish va maxsus davo buyurish lozimdir.
с) tutqanoqni davolashda ko‘pincha degidratatsiya (diakarb, glitserin vа b.) 
usulidan foydalaniladi. Shuni yodda tutish kerakki, tutqanoq ko‘pincha bosh miya 
jarohatlari, bosh miya infeksion kasalliklari natijasida shakllangan gipertenzion-
gidrotsefal sindrom mavjud bo‘lgan bemorlarda rivojlanadi. 
d) Disforiyani davolash. Ba‘zi hollarda tutqanoqni davolashda disforiya 
xolatini davolashga to‘g‘ri keladi. Ularni yengil turlarida benzodiazepinlar (flozepam, 
sibazon); disforiya va disforiyasimon holatlarda (qo‘zg‘aluvchanlik, jaxldorlik, 
agressiya) fenotiazinlar - aminazin, triftazin, levopromazin va b.; depressiyalar bilan 
kuzatiladigan disforiyalarda amitriptillin, nemizin; affektiv galyutsinator-paranoid 
holatli disforiyalarda butirofenonlar - galoperidol, triflupfidol buyuriladi.
e) uyqu epilepsiyada karbomezepin (tigretol, finlepsin), difenin preparatlarini
ishlatish maqsadga muvofiq.
f) Xirurgik davolash usullari. Nisbatan ko‘p bo‘lmagan muddatli kasallikda 
(odatda 3-5 yil), hamda ikkilamchi epileptik o‘choqlar shakllanmagan holatda 
epileptik o‘choq olib tashlaniladi.

Download 7,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   735




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish