O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi a. A. Omonov, T. M. Qoraliev



Download 7,09 Mb.
bet61/239
Sana14.01.2022
Hajmi7,09 Mb.
#363048
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   239
Bog'liq
Дарслик ПКБ Омонов Каралиев 02 02 2018

4.2. Pul massasi va tarkibi
Pul massasi – muomaladagi naqd pullar va naqd pulsiz oborotdagi pullarning yig‘indisidir. Bugungi kunda bozor iqtisodiyoti sharoitida faoliyat yuritayotgan mamlakatlarning pul oborotida faqat banknota va tanga ko‘rinishda emas, balki kredit, chek va elektron yozuvlar ko‘rinishida ishtirok etayapti. Shuning uchun iqtisodchilar ushbu pullarni pul massasi deb yuritishadi. Pul massasi mamlakatda muhim iqtisodiy ko‘rsatkich bo‘lib, uning hajmi jami ijtimoiy mahsulotning hajmi bilan muvozanatda (pulning aylanish tezligini inobatga olgan holda) bo‘lishi zarur.

Pul massasining miqdori va uning tarkibi Markaziy bank tomonidan nazorat qilinadi. Markaziy bank pul – kredit instrumentlari orqali mamlakatda pul massasini oqilona me’yorini ta’minlaydi.



Pul massasi tarkibi asosan ikkita komponentdan tashkil topadi.

Muomaladagi naqd pullar – pul massasining yuqori likvidli mablag‘lari hisoblanib, istalgan paytda to‘lov vositasi sifatida foydalanish imkoniyatini beradi. Ushbu agregat muomaladagi banknot va tangalarni o‘z tarkibiga oladi.

Naqd pulsiz mablag‘lar – mulkiy shaklidan qat’iy nazar barcha turdagi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning kredit muassasalarida hisobraqam-lardagi, shuningdek, plastik kartochkalar va hisob – kitob cheki ko‘rinishidagi mablag‘lardan iborat.

Muomaladagi likvidlik darajasi past hisoblangan pullar kvazipullar deb yuritiladi. Ushbu pullarning tarkibiga nisbatan past likvidli va to‘lov vositasi sifatida ishlatilmaydigan qimmatli qog‘ozlar kiradi.

Pul massasini miqdoriy o‘lchashga nisbatan 2 xil yondashuv mavjud:

transaksion yondashuv - bunda pullarning to‘lov vositasi va muomala vositasi sifatida harakatlanishi ko‘zda tutiladi. Shu sababli transaksion yondashuvda pul massasining aktiv qismi ye’tiborga olinadi;

likvidli yondashuv - bunda pullar eng yuqori likvidli aktiv sifatida tan olinadi.

Aktivlarning likvidliligi deganda tez pulga aylana olish qobiliyati tushuniladi. Likvidli yondashuvga ko‘ra nafaqat aktiv pullar balki passiv pullar ham pul massasining tarkibiga kiritiladi.

Pullarga bo‘lgan talab nazariyalari ichida J.Keynsning likvidlikka ixlos qo‘yish nazariyasi muhim o‘rin egallaydi. Ushbu nazariyaga ko‘ra pullarga bo‘lgan talabni 3 ta omil belgilaydi:

transaksion omil-tovarlar xomashyo va materiallar sotib olish uchun, ish haqi to‘lash uchun kompaniyalarga pul kerak. Aholi ma’lum turdagi tovarlarni xarid qilish uchun, xizmatlar haqini to‘lash uchun pul kerak. Shu sababli ular daromadlarining ma’lum qismini pul shaklida saqlaydilar;

extiyotkorlik omili-aholi ham kompaniyalar ham kelgusida yuz berishi mumkin bo‘lgan, ko‘zda tutilmagan holatlardan himoyalanish maqsadida pul jamg‘aradilar;

spekulyativ (chayqovchilik) omili-aholi va kompaniyalar pul mablag‘larini kelgusida daromad olish maqsadida aktivlar sotib olish uchun saqlaydi.

Muomalardagi pul massasining hajmi Markaziy bankning monetar siyosati asosida tartibga solinadi, bu jarayonda iqtisodiyotda pul taklifining ko‘rsatkichlari muhim omil bo‘ladi. Pul taklifi – bu naqd va naqdsiz ko‘rinishdagi pul mablag‘larining muomlada paydo bo‘lishi bo‘lib, pulning to‘lov vositasi va muomala funksiyalari bilan bog‘liq.

Ko‘pchilik hollarda Markaziy bank iqtisodiyotda naqd pul taklifi miqdoriga ta’sir qilish orqali uning barqarorligini oshirishga harakat qiladi. Biroq bu iqtisodiyotda naqd pul taqchilligini keltirib chiqarishga sabab bo‘ladi. Muomaladagi pul miqdorini kamaytirish uchun quyidagi choralarni amalga oshirish muhimdir.

- iste’mol kreditni rivojlantirish, kreditga qanchalik ko‘p tovar sotilsa, shuncha kam miqdorda pul muomalada kerak bo‘ladi;

- naqd pulsiz hisob-kitoblarning rivojlanishi;

- pullarning muomala tezligini oshirishga erishish va boshqalar.

Pul massasi darajasini hisoblashning asosiy tamoyillaridan biri mablag‘larni likvidlilik darajasi hisoblanadi. Muomaladagi pulning turlari pul agregatlari bilan guruhlarga ajratiladi. Unga ko‘ra muomaladagi mablag‘lar likvidlilik bo‘yicha tasniflanadi, ya’ni dastlab yuqori likvidli mablag‘lar past likvidligiga qarab M1, M2, M3,….Mn yoki L agregatlarga ajratiladi. Pul agregatlari tarkibi va soni turli mamlakatlarda turlichadir.



Download 7,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   239




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish