4.3. Pul agregatlari
Pul massasi darajasini hisoblashning asosiy tamoyillaridan biri mablag‘larni likvidlilik darajasi hisoblanadi. Muomaladagi pulning turlari pul agregatlari bilan guruhlarga ajratiladi. Unga ko‘ra muomaladagi mablag‘lar likvidlilik bo‘yicha tasniflanadi, ya’ni dastlab yuqori likvidli mablag‘lar past likvidligiga qarab M1, M2, M3,….Mn yoki L agregatlarga ajratiladi. Pul agregatlari tarkibi va soni turli mamlakatlarda turlichadir.
Sanoati rivojlangan mamlakatlarning moliya statistikasida pul massasini aniqlashda quyidagi asosiy pul agregatlaridan foydalaniladi:
M1 – muomaladagi naqd pullar (banknotalar, tangalar) va joriy bank schotlaridagi mablag‘larni o‘z ichiga oladi;
M2 – M1 va tijorat banklaridagi muddatli va jamg‘arma qo‘yilmalaridan (to‘rt yilgacha) tarkib topgan;
M3 – M2 va ixtisoslashgan kredit muassasalaridagi jamg‘arma qo‘yilmalarini kiritgan;
M4 – M3 hamda yillik tijoriy banklarining depozitli sertifikatlaridan iborat.
AQShda pul massasini aniqlash uchun 4 ta pul agregati, Yaponiya va Germaniyada – 3 ta, Angliya va Fransiyada – ikkita pul agregatidan foydalaniladi.
Pul massasi tarkibi va dinamikasini tahlil qilish Markaziy bank tomonidan to‘g‘ri pul-kredit siyosati olib borishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Rossiya Federatsiyada muomaladagi jami pul massasi hisob-kitobi uchun quyidagi pul agregatlari qo‘llaniladi.
MO – naqd pullar;
M1 agregati – MO agregati va hisob-kitob, joriy va boshqa schotlar (maxsus schotlar, kapital qo‘yilmalar schotlari, akkreditiv va chek schotlari, mahalliy budjet schotlari, budjet, kasaba, uyushmalari, jamoat va boshqa tashkilotlarning schotlari, davlat sug‘urta mablag‘lari, uzoq muddatga kreditlash fondi)dagi mablag‘lar tijorat banklariga qo‘yilmalar va jamg‘arma banklaridagi talab qilib olinadigan depozitlarning yig‘indisiga teng;
M2 – M1 agregati va jamg‘arma banklaridagi muddatli qo‘yilmalardan iborat;
M3 – M2 agregati hamda depozitli sertifikatlar va davlat zayom obligatsiyalari yig‘indisidan iborat.
AQShda naqd va naqd pulsiz hisob – kitoblarni amalga oshiradigan pullar lividlilik darajasiga qarab quyidagi pul agregatlari bilan belgilanadi:
M1 =
|
naqd pullar (banknotlar va tangalar), talab qilib olguncha saqlanadigan depozitlar, pul cheklari, boshqa chek depozitlari;
|
M2 =
|
M1 + chek bo‘lmagan jamg‘arma depozitlar, muddatli jamg‘armalar (100 ming dollargacha);
|
M3 =
|
M2 + 100 dollardan yuqori muddatli jamg‘armalar, jamg‘arma sertifikatlar va boshqalar;
|
L =
|
M3 + xazina jamg‘arma obligatsiyalari, davlatning qisqa muddatli majburiyatlari, tijorat qimmatli qog‘ozlar va boshqalar.
|
Pul massasi tarkibida naqd pullar ulushining past yoki yuqoriligi muhim o‘rin tutadi. MDHga a’zo mamlakatlarning pul massasi tarkibida naqd pullarning ulushi sezilari darajada yuqori. Odatda rivojlangan mamlakatlarning pul massasi tarkibida naqd pullarning ulushi 5 – 10 foizni tashkil etadi.
Pul massasining o‘zgarishiga nafaqat muomaladagi pul miqdorining o‘zgarishi, balki pul aylanish tezligi ham ta’sir qiladi. Pul aylanish muomalasi tezligi – pulning tovarlar va xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirishda qatnashish sur’atidir.
O‘zbekistonda pul agregatlari quyidagi tarkibiy qismlardan iborat31.
M0 =
|
naqd pullar (Markaziy bankning rasmiy kursi bilan milliy valyutada hisobga yuritiladigan xorijiy valyutalar);
|
M1 =
|
M0 + schotlardagi pul qoldig‘i + mahalliy budjet mablag‘lari – budjet, jamoa va boshqa tashkilotlar mablag‘lari;
|
M2 =
|
M1 + tijorat banklaridagi muddatli jamg‘armalar;
|
M3 =
|
M2 + sertifikatlar + maqsadli zayom obligatsiyalari + davlat zayom obligatsiyalari + xazina majburiyatlari.
|
Pul massasi tarkibini uning harakatiga qarab ikkiga bo‘lish mumkin, ya’ni pul massasining aktiv qismi – bu pul mablag‘larining xo‘jalik faoliyatidagi turli xil shakldagi hisob-kitoblarni olib borish bilan bog‘liq qismi va ikkinchisi passiv qism – jamg‘armadagi pullar va hisob raqamlardagi qoldiqlar hisoblanadi.
Pul muomalasi qonuniga ko‘ra, pul muomalasi tezligi pul massasining o‘sishiga nisbatan proporsional ravishda ortib boradi. Iqtisodiyotning pul vositalari bilan ta’minlanganligi darajasini aniqlashda monetizatsiya koeffitsienti ko‘rsatkichidan foydalaniladi. Ushbu ko‘rsatkich ma’lum davr ichida o‘rtacha pul massasi darajasini jami ijtimoiy mahsulotning nominal qiymati o‘rtasidagi nisbati asosida aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |