1) bank – emitent tomonidan avtorlashtirilmagan holda amalga oshirilgan hisob – kitoblarda:
a) bank – ekvayer xizmat ko‘rsatilayotgan savdo yoki xizmat ko‘rsatish tashkilotidan olingan, kartochkalardan foydalangan holda, tuzilgan elektron hujjatlarga asosan, mablag‘larni uning hisobvarag‘iga o‘tkazadi, bunda elektron to‘lovlar tizimi orqali bank – emitentga jo‘natiluvchi debetli elektron memorial orderi avtomatik ravishda shakllantiriladi.
b) bank – emitentda olingan debetli elektron memorial orderga asosan mijozning kartochkali hisobvarag‘idan dasturiy ravishda mablag‘lar hisobdan chiqariladi. Debetli elektron memorial order bosmadan chiqariladi va kunlik hujjatlarga tikiladi.
2) bank – emitent tomonidan oldindan shart bo‘lgan tartibda avtorizatsiya qilinadigan hisob – kitoblarda:
a) bank – ekvayerda xizmat ko‘rsatilayotgan savdo yoki xizmat ko‘rsatish tashkilotidan olingan, kartochkalardan foydalangan holda tuzilgan elektron hujjatlarga asosan, ETT orqali avtorizatsiyalash va o‘tkazmani amalga oshirish uchun bank – emitentga jo‘natiladigan elektron ma’lumot, foydalanilayotgan texnologiya qoidalariga muvofiq, avtomatik ravishda shakllantiriladi;
b) bank – emitent, olingan elektron ma’lumotlarga asosan, tranzaksiyalar avtorizatsiyasini o‘tkazadi, mijozning kartochka hisobvarag‘idan mablag‘larni hisobdan chiqarish uchun avtomatik ravishda elektron memorial orderni shakllantiradi, savdo va xizmat ko‘rsatish tashkilotining talab qilib olinguncha depozit hisobvarag‘iga mablag‘larni o‘tkazish uchun elektron to‘lovlar tizimi orqali bank – ekvayerga jo‘natadi.
v) bank – ekvayerda, bank – emitentdan olingan elektron memorial orderga asosan, mablag‘lar savdo yoki xizmat ko‘rsatish tashkilotining talab qilib olinguncha depozit hisobvarag‘iga o‘tkaziladi. Memorial order bosmadan chiqariladi va bankning kunlik hujjatlariga tikiladi.
Protsessing markazlari orqali hisob – kitoblarni o‘tkazish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
a) kun davomida kartochkalar bo‘yicha barcha tranzaksiyalar, xisob – kitoblar uning qatnashchilari tomonidan tasdiqlangan tartibda, protsessing markazi orqali o‘tkaziladi va hisob – kitoblarda qatnashuvchi har bir bank uchun alohida ochilgan shaxsiy hisobvaraqlarda aks ettiriladi;
b) hisob – kitoblar qatnashchilari kelishuviga asosan, hisob – kitoblar bo‘yicha yakuniy summalar (majburiyatlar) tijorat banklarining Markaziy bankning Xisob – kitoblar markazida ochilgan vakillik hisobvaraqlari orqali, shartnomada qayd etilgan davriylikda o‘tkaziladi;
v) banklar, protsessing markazidan olingan ma’lumotlarga asosan, kartochkalardan foydalangan holda amalga oshirilgan operatsiyalar bo‘yicha, mablag‘larni mijozlarning hisobvaraqlariga kiritadilar yoki chiqaradilar.
Umuman olganda, tijorat banklari o‘rtasida amal qilayotgan plastik kartochkalar bilan hisob – kitoblar kelgusida yanada rivojlanadi, bu naqd pulsiz hisob – kitoblar tizimini rivojlanishiga va naqd pulli aylanmalar hajmini qisqarishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Bugunki kunda respublikamiz tijorat banklari tomonidan ko‘plab bankomatlar o‘rnatilib, plastik kartochkalardagi mablag‘larni naqd pulga aylantirish muammosi mavjud emas. Shu bilan birga, naqd pullarni bank muassasalarida elektron elektron pullarga aylantirish ham mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |