Ikkinchi sababi – asossiz ravishda ish haqi va boshqa to‘lovlarning oshirilishi, ushbu to‘lovlar davlat budjeti xarajatlari tarkibida qo‘zda tutilmagan bo‘lsa, muomalaga qo‘shimcha emissiya hisobiga amalga oshiriladi. Buning natijasida iqtisodiyotda tovarlar va xizmatlarning bahosi oshadi va inflyatsiya darajasi ortib boradi.
Uchinchi sababi – mamlakatda ishlab chiqarilayotgan tovarlarning eksport qilish darajasining pastligi va import darajasining yuqoriligi bilan ifodalanadi. Mamlakatga kirib kelayotgan import tovarlar hisobiga xorijiy valyutalarning chetga oqib ketishi yuz beradi, natijada mamlakatda ishlab chiqarilayotgan tovarlar nafaqat tashqi ehtiyojlarni, balki ichki ehtiyojlarni qondirishga ham xizmat qilmay qo‘yadi. Buning oqibatida milliy valyutaning sotib olish qobiliyati tobora salbiylashib, inflyatsiya darajasi ortib boradi.
Yuqorida ta’kidlangan inflyatsiyani keltirib chiqaruvchi omillar faqat bizning davrimizgagina xos bo‘lgan holat bo‘lmasdan, ushbu holatlar turlicha ko‘rinishda uzoq tarixda ham mavjud bo‘lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |