Kutilgan inflyatsiya mamlakatdagi makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar asosida prognoz qilinib, uning yuz berishi oldindan ma’lum bo‘ladi. Buning ijobiy jihati shundaki, davlat budjeti xarajatlari va aholining kelgusidagi xarajatlari shunga monand ravishda oshib borishi oldindan ma’lum bo‘ladi. Buning uchun davlat, yuridik va jismoniy shaxslar kelgusiga mo‘ljallangan rejalarini oldindan tuzib, shunga qarab o‘z faoliyatini tashkil etadilar.
Kutilmagan inflyatsiya iqtisodiyotda yuz beradigan ko‘zda tutilmagan iqtisodiy inqirozlar, ziddiyatlar, urushlar, qurg‘oqchilik va boshqa holatlarda yuz berishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |