Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulugʻbek nomidagi oʻzbekiston milliy universiteti


Markaziy Osiyoda ―Avesto‖ ta’limotidagi falsafiy fikrlar



Download 4,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/344
Sana22.04.2022
Hajmi4,6 Mb.
#573899
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   344
Bog'liq
2 5323548415055892818

Markaziy Osiyoda ―Avesto‖ ta’limotidagi falsafiy fikrlar.
Eramizdan oldingi VI asrdan boshlab Markaziy Osiyoda zardushtiylik diniy-
falsafiy ta‘limoti vujudga kelib, eramizning III asrigacha hukmronlik qildi. 
Zardushtiylikning vatani sifatida Markaziy Osiyo (Baqtriya, Xorazm) va 
Eron (Midiya) koʻrsatiladi. Zardushtiylikda eng qadimgi davrlardan boshlab 
(eramizdan oldingi III-II-chi ming yilliklar) eramizdan oldingi 1-ming yillik 
oʻrtalarigacha boʻlgan Markaziy Osiyo va Yaqin Sharq xalqlarining diniy va 
ma‘lum ma‘noda falsafiy tasavvurlari aks etgan. 
Zardushtiylikda xalqni ezgulik va adolat gʻoyalariga da‘vat etish, 
hayotbaxsh an‘analarni shakllantirish, dehqonchilik va shahar madaniyatini 
rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etgan. «Avesto»dagi kosmologik 
ta‘limotga binoan, Koinot, yer, okean, osmon, nurli doira va jannatdan iborat. 
Yer dumaloq boʻlib, atrofi okean bilan oʻralgan va ob-havo, yil fasllari bilan 


68 
bogʻliq boʻlgan etti qismdan iboratki, bu bobilliklarning etti shamollar 
haqidagi qadimgi tasavvurlaridan iqtibos qilingan. Osmon toʻrt doiradan 
tashkil topgan: yulduzlar doirasi, oy doirasi, quyosh doirasi va jannat doirasi 
yoki nur makoni. Yulduzlar, Oy va Quyosh xudo 
Axura Mazdaning
badani 
sifatida tasvirlanadi. Zardushtiylik ta‘limotiga koʻra tabiat va jamiyat 
jarayonlari ikki qarama-qarshi kuch — Yaxshilik (Axura Mazda yoki 
Xurmuzd va Yovuzlik Axrimanyoki Angra-Man‘yu)ning kurashidan iborat 
boʻlib, pirovardida, 3000 yildan soʻng Yaxshilik gʻolib chiqib haqiqat adolat 
davri keladi. Shundan omon qolgan odamlar abadiy baxtiyorlikda 
yashaydilar
1

Zardushtiylikning jamiyat tarixi haqidagi tasavvurlari Injil va 
Qur‘ondagi qarashlarga oʻxshab ketadi. Avesto boʻyicha birinchi odam 
Yimadir barcha odamlar undan kelib chiqqan. Bu davr oltin asr sifatida 
tasvirlanadi: insonlar abadiy hayotga ega edilar, xudo Axuramazda abadiy 
bahor yaratgan boʻlib, kishilar farovonlik va baxt-saodatda yashar edilar. 
Ammo kunlardan bir kun ular gunohga botdilar: ular ta‘qiqlangan mol 
goʻshtini yeb qoʻydilar. Ziyonkor ruh 
Anaxra Manyu
ularga sovuq va qor 
yuboradi. Yima odamlarni sovuqdan qotib qolishlaridan saqlash uchun uy 
qurib, unga barcha tirik jonzotlardan bir juftdan yashiradi. Bu afsona Shumer, 
Bobil, Injil va Qur‘ondagi Butun dunyoni toʻfon bosganligi haqidagi voqeaga 
ochiqdan ochiq oʻxshashdir. Tarixning birinchi davri boʻlgan – oltin davr 
shunday tugallanib, ikkinchi davr boʻlgan-
yaxshilik 
bilan 
yomonlik
oʻrtasidagi kurash davri boshlanadi. Uchinchi davr, ya‘ni insoniyat kelajagi 
Avestoda qadimgi davr kishilarining baxt-saodat haqidagi orzulari sifatida 
tasvirlanadiki, unda yaxshilik bilan yomonlik oʻrtasidagi kurashda xudo 
Axuramazda gʻalaba qiladi va oʻshanda yaxshilik saltanati barqaror boʻladi. 
Oʻliklarning tirilishi va mahshar kuni haqidagi tasavvurlar ham mavjud. 
Zaratushtra 
xalqning 
zoʻravonlik 
va 
talon-tarojdan 
azob 
chekayotganligini ham dardlik bilan qayd etib, qonun va tartibga rioya 
etishga chaqiradi. Aynan qishloq xoʻjaligi sohasidagi islohotlar gʻoyasi 
uchun Zaratushtraga jamiyat tepasida turganlar qarshi chiqdilar. U qonundan 
tashqari deb e‘lon qilindi, jamiyatdan haydaldi, uning mol-mulki musodara 
qilindi. 
Zardushtiylikda oʻsha davrdagi jamiyatning huquqiy va axloqiy tizimi 
oʻz aksini topgan. Zardushtiylikning qonunlar majmuasida halollik, 
mehnatsevarlik, adolatlilik, fikr, soʻz va amalda xolislik yuqori axloqiy 
me‘yor asosi sifatida oldinga suriladi. Zardushtiylikning asosiy e‘tiqodi 
uchlik qoidasida
oʻz aksini topgan: 
xayrli fikr (gumata), xayrli soʻz (gukta)
va 
xayrli ish (gvarishta
). Zardushtiylik axloqining talabi insondagi ruh va tan 
pokligidir. Zardushtiylik tinch va osoyishta, ittifoqlikda yashashni maslahat 
1
Сулаймонова Ф. Шарқ ва Ғарб. – Тошкент: Ўзбекистон, 1997. 23-бет. 


69 
beradi, yaqinlarga nisbatan xayrixoh boʻlishni, bir-biriga yordam berishni, 
yomonlik bilan kurashishni, shafqatsizlik, shuhratparastlik, zoʻravonlik, 
oʻzboshimchalik, hasad, tuhmatni qoralaydi, gʻazab va shahvatga 
berilmaslikni targʻib etadi, berilgan va‘daga vafo qilmaslikni, oʻgʻrilikni 
ta‘qiqlaydi, tuzilgan shartnomaga rioya etishni, savdoda rostgoʻy boʻlishni, 
qarzni oʻz vaqtida toʻlashni ta‘kidlaydi. Muhim 
axloqiy me‘yorlarga
quyidagilar kirar edi: homiladorlik va koʻz yorish davrida ayol toʻgʻrisida 
gʻamxoʻrlik qilish, yerni ishlash, daraxtlar oʻtkazish, suv va oziq-ovqat 
manbalarini toza saqlash, chorva boqish, muhtojlarga oʻzidagi ortiqcha 
narsalar bilan yordam koʻrsatish, foydali hayvonlar haqida gʻamxoʻrlik
qilish. Zaratushtra ta‘limoti Markaziy Osiyo va Erondan boshlab Qora dengiz 
va Misrgacha yoyilgan edi. Ushbu ta‘limotga koʻra, oliy xudo- Xoliq va unga 
qarshi turgan va unga boʻysunmaydigan yovuz kuchlar mavjuddirlar. Xoliq 
dunyoni muayyan maqsadda yaratgan, ammo hozirgi holatda bu dunyoning 
intihosi boʻlib, bu haqda dunyoning najotkori kelib, undan xabar beradi. 
Jannat va doʻzax mavjud boʻlib, har bir ruh kishi vafotidan soʻng sudga 
tortiladi. Zamonlar oxirida oʻlganlar tirilib, Qiyomat qoyim boʻladiki, 
oʻsha‘nda barcha gunohkorlar yakson qilinadilar. Soʻngra Yer yuzida 
Xudoning saltanati barqaror boʻladi va taqvodor kishilar bu saltanatga 
kiradilar. Xristianlik, gnostik mazhablar va Shimoliy buddaviylikda 
Zaratushtra oʻz ta‘limoti bilan Axmoniylar imperiyasining barcha 
viloyatlarida qoldirgan chuqur ta‘sirini oʻtkazdi. Zardushtning narigi dunyo 
haqidagi ta‘limoti avval yahudiylar, soʻngra xristian va islom diniga oʻtdi va 
bu dinlar ta‘limotiga binoan qayta-qayta ishlanadi.

Download 4,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   344




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish