19
X asrlarda qoraqalpoq halqi tashkil topa boshlagan davrda, Orol atrofi Kerder viloyati
deb atalgan.
1221 yilda CHingizxon qo’shinlari
Urganchni egallab, Amudaryo to’g’onini
buzib tashladi. Endi Amudaryo Kerder viloyati tomon emas, g’arb tarafga oqa
boshlagan: ekin yerlarining qurib qolishi sababli qoraqalpoqlarning bir bo’lagi Volga
va YOyiq daryolari bo’ylariga, Qora dengiz qirg’oqlari, Sirdaryo yoqalari sari
kuchayib ketganlar.
XII-XIII asr rus yilnomalarida qoraqalpoqlar «cherniye klobuki»,
sharq
manbalarida «qora bo’rkli» tarzida tilga olinadi. XIV asr oxirlarida qoraqalpoqlar
Volga va YOyiq daryolari oralig’ida tashkil topgan No’g’oy (Mang’it) xonligi
tarkibida bo’lganlar. No’g’oy xoni Idigu (Edigey) 1419 yilda o’ldirilgach, taxt
talashishlar natijasida xonlik kuchsizlandi.
Bu harakat oldidan Oydo’stbiy xondan yordam so’ragan. Xiva xoni yordamida
Oydo’stbiy Oqyoqish bo’yida (Hozirda Taxtako’prik tumanida) ulkan qo’rg’on
qurdirgan.
Qo’zg’olon oldidan qoraqalpoqlar orasida soliq yig’ish
uchun Gadoyniyoz
mahram yuborilgan. U qoraqalpoqlarning xitoy qabilasi boshlig’i Bekpo’latbiydan
qo’zg’olon tayyorlanayotgani to’g’risida eshitadi. SHundan keyin mahram qo’ng’irot
qabilasi boshlig’i CHo’nqorabiyning o’g’li Qobilbiy huzuriga keladi. Uning uyida
qolib, odamlarini Xivaga jo’natadi. 1827 yil 25 iyul kuni xon Oydo’stbiy
boshchiligidagi tayyorlanayotgan qo’zg’olon haqida eshitadi. Xon Oydo’stbiy
qo’zg’olonchilarini yo’qotish uchun mahsus qo’shin to’plab, unga Muhammad
Nazarbiy inoqni qo’mondon tayinlaydi va Xo’jayli shahriga jo’natadi. SHahar
atrofida askarlar o’rnashadi.
Oydo’stbiy qoraqalpoq kadxudo va biylarni to’plab, Orol dengizi bo’yida Sori
atov degan mavzuda mashvarat qiladi. Yig’ilganlar
maslahati bilan qoraqalpoq
ovullariga otliq choparlar jo’natib, shunday buyruq beradi: «Hamma bola-chaqasi
bilan qo’zg’olonga yig’ilsin. Kimda-kim bosh tortsa, u dushman hisoblanadi».
Natijada barcha qoraqalpoqlar to’planib qulay yerda xandak qazib, shoh-shabbalar va
aravalar bilan mudofaa to’sig’i qurishgan. 29 iyulda Oydo’stbiy o’zining ikki o’g’li
Rizo va To’rani 300 botirga bosh qilib, Qo’ng’irot qo’rg’oniga chopovulga yuboradi.
O’shanda Qo’ng’irot hokimi Muhammad YA’kub Mushrif qo’rg’on mudofaasini
uyushtirgan. Urush peshingacha davom etgan. Oydo’stbiy askarlarining bir qanchasi
nobud bo’lgan. Ba’zilari dengiz tomon qochgan.
Rizo ham, To’ra ham bor
imkoniyatni ishga solsalar-da, yengilganlar.
Ma’lumki, qozoq xoni Abulxayrga qarshi olib borilgan urushda qoraqalpoqlar
yengilgan edi. Bu mag’lubiyat natijasida ular azob-uqubatlarga duchor etilgan.
Hususan, Sirdaryo bo’ylaridagi qoraqalpoqlar har yoqqa tarqab ketganlar.
Ularning
bir qismi esa Toshkent atrofiga ( CHirchiq bo’ylariga), boshqa bir qismi esa
Qizilqum orqali Xorazmga ( Orol dengizining janubiy sohillariga) ko’chib ketganlar.
Mana shu mashaqqatli ko’chishlarning guvohi bo’lgan Jiyen Jirov o’zining «
Darbadar el» nomli dostonini yaratgan edi.
Qoraqalpoq adabiyotining ko’zga ko’ringan vakillaridan yana biri Kunxo’ja
Ibrohim o’g’li (1799-1830 yy) edi.
20
Uning butun umri Muhtojlikda o’tgan. SHoirning «O’roqchilar», «Oq qamish»,
«CHo’ponlar» kabi she’rlari diqqatga sazovordir.
Ajiniyoz Kasibay o’g’li (1811-1878 yy) qoraqalpoq halqining atoqli
shoirlaridan biri. Mo’ynoqdagi eski maktabda o’qigan. Keyin Xivadagi
SHerg’ozixon madrasasida ilm olgan. SHoirning « Bo’zatov»
dostonida qorqalpoq
halqining boshqa yurtlarga ko’chib ketishiga majbur etilganligi, katta mahorat bilan
bayon etilgan. Ajiniyoz shoir she’rlarida vatanparvarlik, insonparvarlik g’oyalari
ustun turadi.
SHoir Ajiniyozni butun O’rta Osiyoda tanitgan asari «Qiz Mengash bilan
aytishuv» asari edi.
Qoraqalpoq halqi adabiyoti uning asoschisi Berdaq (1827-1900 yy) nomi bilan
mashhurdir.
Berdimurod Qarg’aboy o’g’li Berdaq yoshligidan ota-onasidan yetim qolib, bir
burda non uchun ovulma-ovul ish qidirishga majbur bo’lgan. U ijodini 18-19
yoshlarida do’mbira chertib she’r aytishdan boshlangan. 25 yoshida iste’dodli shoir
sifatida halq orasida tanildi. Uning she’rlarida halqning hayotida aks ettirilgan.
Berdaq tarixiy mavzularida ham qalam tebratgan. Uning «Avlodlar»,
«Omongeldi», «Oydosbiy», «Ernazarbiy» kabi asarlarida
halq qaxramonlari faxr
bilan kuylanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: