O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazairligi guliston davlat universiteti



Download 1,03 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/42
Sana08.02.2022
Hajmi1,03 Mb.
#437815
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   42
Bog'liq
ozbekiston tarixi

Adabiyotlar: 
1.
I.A.Karimov Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q. T., SHarq 1998 
2.
O’zbekiston halqlari tarixi. 2-qism. T., Fan 1994 
3.
Ziyoev X.Z Turkistonda chor Rossiyasi tajovuzi va hukmronligiga qarshi 
kurash. T., SHarq 1998 
4.
O’zbekistonning yangi tarixi. 1-kitob T., SHarq 2000 
5.
A.Sa’dullayev va boshqalar. O’zbekiston tarixi: davlat va jamiyat taraqqiyoti. 
T., Akademiya 2000 
6.
A.Ziyo. O’zbek davlatchiligi tarixi. T., SHarq 2000 
7.
Muhammad YUsuf Bayoniy. SHajarai Xorazmshohiy T., Meros 1991 


26 
XIX asr birinchi yarmiga oid Xiva xonligi tarixini yoritib beruvchi asarlarni va 
manbalarni shu davr Buxoro hamda Qo’qon xonliklari kabi manbalar darajasida deb 
bo’lmaydi. Garchi turli davrdagi oid Xiva xonligi tarixini o’rganuvchi manbalarni biz 
avvalgi ma’ruzalarimizda keltirib o’tgan bo’lsakda, XIX asr birinchi yarmi Xiva 
xonligi tarixshunoslik va manbashunoslik maktablari hali ilmiy darajada 
o’rganilmaganligini ta’kidlab o’tish joiz. SHunga qaramay, XIX asr Xiva xonligi 
tarixiga oib bir qancha manbalarni keltirib o’tishimiz mumkin. Bunday manbalar 
qatoriga mahalliy tarixchilar tomonidan yozilgan, Muhammad YUsuf Bayoniy 
qalamiga mansub «SHajarai Xorazmshohiy» saroy tarixchisi Munis (1778-1829) 
tomonidan boshlangan va shoir hamda tarixchi Muhammad Rizo Ogahiy tomonidan 
davom ettirilgan (1809-1874) «Firdavs ul-iqbol» (Iqbolnoma) asarlarini keltirib 
o’tishimiz mumkin. Mahalliy tarixchilar bilan birga ayrim rus sayohatchilari va 
o’lkani mahsus o’rgangan rus tadqiqotchilari asarlari. Masalan: «Vse turkmeni 
proisxodyat iz Mangishlaka» elchilik hujjatlari va josuslik hisobotnomalari hamda 
xon arxivi hujjatlari ham XIX asr birinchi yarmi va keyingi davrlar Xiva xonligi 
tarixini o’rganuvchi muhim manbalar qatoriga kiradi. Xiva xonligining ko’rilayotgan 
davr yuzasidan qimmatli ma’lumotlarni ko’p jildli “Turkestanskiy sbornik” 
to’plamidan ham olishimiz mumkin. YUqoridagilardan ko’rinadiki, Xiva xonligi 
tarixshunoslik maktabi va mahalliy tarixchilar asarlari o’rganilishi kerak bo’lgan 
dolzarb masalalardan biridir. 
2-masala: XVIII asrning 60 yillaridan boshlab Xiva xonligida yuzaga kelgan 
siyosiy vaziyat hokimiyatni Xiva qo’ng’irotlari tomonidan qo’lga olinishi uchun yo’l 
ochib berdi. Ko’p sonli qabila va urug’larning boshliqlari madadiga tayangan 
Muhammad Amin inoq 1770 yilda turkmanlar qo’zg’olonlarini bostirib, xonlikda 
birmuncha osoyishtalik o’rnatishga erishdi. SHu davrdan boshlab Xiva xonligida 
hokimiyat amalda qo’ng’irotlar qo’liga o’ta boshladi. Rasmiy hokimiyat esa chetdan 
chaqirilgan qozoq sultonlari qo’liga topshirib qo’yilgan va Muhammad Amin ham 
uning o’g’li Avaz ham (1790-1804) inoq unvonida davlatni boshqarib kelgan edilar. 
Bu mavqe inoqlardan Eltuzargacha davom etdi va Muhammad Amin inoqning 
nabirasi bo’lgan Eltuzar 1804 yilda hokimiyatga erishgach, qozoq sultonlaridan 
bo’lgan soxta xon Abulg’ozini taxtdan tushirib, o’zi rasman xon unvonida Xiva 
hukmdori bo’lib qoldi (1804-1806). SHu tariqa 1804 yildan boshlab Xiva xonligi 
taxti rasman Xiva qo’ng’irot qo’liga o’tdi. 
Eltuzarxon o’z hukmronligi yillarida Xiva xonligining barcha hududlarini 
birlashtirishga va siyosiy barqarorlikni mustahkamlashga harakat qildi. Biroq u 1806 
yilda Buxoro amirligi qo’shinlari bilan bo’lgan janglardan birida halok bo’ldi. Taxtga 
Xiva qo’ng’irotlarining yirik namoyondalaridan biri bo’lgan, Eltuzarxonning ukasi 
Muhammad Rahim I o’tirdi (1806-1805). Muhammad Rahimxon taxtga chiqishi 
bilan avvalgi soxta xon Abulg’ozi mavqeini tikladi va shu yo’l bilan o’z nufuzini 
oshirishga harakat qildi. Muhammad Rahimxon hukmronlik qilgan davr Xiva 
xonligida siyosiy keskinliklar bilan davom etdi. U shavqatsiz kurash olib borishi yo’li 
bilan Xiva xonligini birlashtirish va xonlik hududlarini kengaytirishga harakat qildi. 
Davlat boshqaruvini mustahkamlash borasida ham ma’lum ishlarni amalga 
oshirdi. Jumladan, ma’muriy tartibda devon joriy qildi, mamlakat iqtisodiy hayotini 
yo’lga qo’yish maqsadida soliq islohoti o’tkazdi, muntazam soliqlar yig’ib olish bilan 


27 
davlat xazinasini boyitdi, iqtisodiy sohani yanada mustahkamlash maqsadida bojxona 
va zarbxona tashkil etdi va oltin hamda kumush zarb qildira boshladi. 
Markaziy hokimiyatni birmuncha mustahkamlashga erishgan Muhammad 
Rahimxon asta-sekin mayda bekliklarni ham bo’ysundirish siyosatini olib bordi. 
Qattiq kurashlardan so’ng 1811 yilda Orol bo’ylarida yashovchi urug’larni xonlikka 
bo’ysundirdi. Qo’ng’irot shahri vayron qilindi va XIX asr boshlarida qoraqalpoqlar 
bo’ysundirildi. 
Muhammad Rahimxon turkmanlarni itoatda tutib turish uchun turli siyosatlarni 
yuritardi, goh ularni Eron bilan urushga jalb qilib kuchsizlantirsa, goh o’zi harbiy 
yurishlar qilib ularni asirlarga olardi, gohida esa turli qabilalarga galla va boshqalar 
sotib olishdi imtiyozlar berardi. Muhammad Rahimxon Sirdaryo bo’ylarida 
yashovchi qozoqlarni ham o’ziga bo’ysundirishga harakat qildi, biroq ruslar bu 
vaqtda qozoqlarni o’z tobeliklarga olgan edilar. Eron va Afg’oniston bilan
munosabatlar bu davrda nisbatan mo’’tadillashdi. 
Muhammad Rahimxon hukmronligi yillarida Rossiya imperiyasi Xiva xonligi
bilan ayrim munosabatlarni o’rnatishga harakat qildi. 1819 yilda kapitan Muravev 
boshchiligidagi elchilar Kaspiy dengizi sohillarda qal’a qurish va Xiva karvonlarini 
Mang’ishloqqa emas, balki Krasnovodsk portiga yo’llash masalasida Xiva xonligiga 
keldi. Biroq Muhammad Rahimxon bunga ko’nmadi. Hukmronligining oxirgi 
davrlarida 1822 yilda Muhammad Rahimxon Marvni o’ziga bo’ysundirdi. 
Muhammad Rahimxon vafotidan so’ng Xiva xonligi taxtiga uning o’g’li 
Olloqulixon (1825-1842) chiqdi. Olloqulixon hukmronligi davri o’zaro urushlarga va 
to’qnashuvlarga boy va shiddatli bo’ldi. Xonlikning shimolida yashovchi yarim 
ko’chmanchi turkman qabilalaridan taka, sariq, salor va boshqalar kuchayib ketdi. Bu 
esa xonlikning ichki siyosiy ahvoli keskinlashuviga olib keldi. Bundan tashqari xon 
deyarli har yili Xurosonga yurishlar uyushtirdi, turli talonchiliklardan tashqari 
Olloqulixonning o’zi Xurosonga 5 marta yurish qilgan edi.
Olloqulixondan so’ng taxtga o’tirgan Muhammad Aminxon (1845-1855) ham 
Xuroson va Marvga 10 martadan ko’p yurish qildi. Saraxsni qamal qilishda 
qatnashgan xonning o’zi ham shu jangda halok bo’lgan edi. 
Xiva xonligi va Buxoro amirligi o’rtasida bu davrda ham o’zaro dushmanlik va 
raqobat kayfiyati saqlanib qolgan edi. 
YUqoridagilardan ko’rinadiki, Muhammad Rahimxon hukmronligi yillarida 
birmuncha siyosiy va iqtisodiy jihatdan mavqei mustahkamlangan Xiva xonligi 
keyingi xonlar hukmronligi davrida ichki hamda tashqi urushlar va kurashlar 
girdobida qoldi. Bu esa o’z navbatida chor Rossiyasi bosqini arafasida xonlikning 
siyosiy va harbiy jihatdan zaiflashuviga olib kelgan edi. 
3-masala: XIX asr birinchi yarmida Xiva xonligi aholisi 800 ming kishidan ortiq 
bo’lib, ularning 65 foizini o’zbeklar va 26 foizini turkmanlar tashkil qilardi. 
Aholining asosiy qismi o’troq turmush tarziga ega bo’lgan. Xonlik ma’muriy jihatdan 
15 beklik va 2 noiblikka bo’lingan edi. 
Oliy hokimiyat xon tomonidan amalga oshirilgan. Xondan keyin turuvchi 
harbiy-ma’muriy amaldorlar pog’onasini inoq, otaliq va biy boshqarar edi. Ular 
xonlikdagi hokimiyatni amalga oshiruvchi alohida imtiyozlarga ega tabaqalar 
hisoblangan. Davlat boshqaruviga oid masalalarni hal etish maqsadida. Muhammad 


28 
Rahimxon I ana shunday nufuzli amaldorlardan iborat devon, ya’ni davlat kengashi 
tashkil etgan edi. Xonlikdagi alohida imtiyozlarga ega bo’lgan tabaqalardan yana biri 
ruxoniylar-din peshvolari, ulamolar edi. Ular tomonidan xonlikdagi barcha diniy 
ishlar va sud ishlari amlga oshirilgan va ular o’z navbatida davlatning ichki va tashqi 
siyosatiga ham ta’sir o’tkazib turganlar. 
Xonlikdagi eng ko’p sonli va eng kam imtiyozlarga va huquqlarga ega bo’lgan 
aholi qatlami boshqa xonliklarda bo’lganidek, oddiy halq edi. Ular davlatning eng 
asosiy moddiy boyliklarini yaratuvchilar edi. 
Xonlikda yer egaligi uch shakldan iborat bo’lgan, yerlar ikki qismga, ya’ni
sug’oriladigan (ax’ya) va sug’orilmaydigan (adra) yerlarga bo’linardi. Bu yerlarning 
ko’p qismi xon va uning qarindoshlari qo’lida to’plangan edi. Bunday yerlar ijaraga 
ishlovchilarni «yarimchilar» deb atashgan, sababi ular olgan hosillarning yarmini yer 
egasiga topshirishlari lozim bo’lgan.
Ariq qazish ishlari shaxslar tomonidan boshlab beriladigan ham bunga dalildir. 
XIX asr boshlarida Amudaryodan Davzan arig’i chiqarildi va keyinchalik bu ariq 
yerlarni sug’orishni kengaytirish maqsadida katta kanalga aylantirildi. Davzan 
kanalida Parsu, Xo’jayli va Ko’xna Urganch yerlari sug’orilgan. 1815 yil qazilgan 
Qilich Niyozboy kanalidan esa Darelikning o’ng sohilidagi yerlar sug’orilgan. 
Ariqlar va kanallar qazish ishlari XIX asr oxirlarigacha davom etdi. 
Xonlikning asosiy iqtisodiyoti qishloq xo’jaligidan iborat bo’lgan va aholining 
asosiy qismi ham qishloq xo’jaligi bilan band bo’lgan aholidan undirib olinadigan 
soliqlar evaziga xonlik xazinasi to’ldirib turilgan. 
Xonlikdagi asosiy soliq turi yer solig’i bo’lib, “salg’ut” deb atalgan. Bundan 
tashqari halq 20 ga yaqin turli xil soliqlar va to’lovlar to’langan. Soliqlar bilan bir 
qatorda halq begar, kazu, ichki va obxura kazu kabi majburiy mehnat va xashar 
ishlariga ham jalb etib turilgan. Urush payitlarida soliqlar miqdori va majburiy xashar 
ishlari miqdori oshib turgan. 
Xiva, Urganch, Qo’ng’irot, Xo’jayli kabi shaharlar asosiy hunarmandchilik va 
savdo markazlari hisoblangan. SHuningdek xonlik Eron, Rossiya, Afg’oniston hamda 
Buxoro va Qo’qon xonliklari bilan tashqi savdo munosabatlarini olib borgan. 

Download 1,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish