O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazairligi guliston davlat universiteti


Mavzu: XVI – XVII asrlarda Xiva xonligi



Download 1,03 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/42
Sana08.02.2022
Hajmi1,03 Mb.
#437815
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42
Bog'liq
ozbekiston tarixi

 
Mavzu: XVI – XVII asrlarda Xiva xonligi 
Reja: 
1.
 
Xiva xonligi tarixiga oid manbalar. 
2.
 
Xiva xonligining XVI-XVIII asrlardagi siyosiy tarixi. 
3.
 
XVI-XVIII asrlarda Xiva xonligida ijtimoiy-iqtisodiy hayot. 
Tayanch tushunchlar: 
XVI asr boshlarida Xivaning Eron ta’siri ostiga tushib qolishi. Xivada ozodlik 
uchun kurashlar. Shayboniylarning Xivada o’z hukmronligini o’rnatishi va Xiva 
shayboniylari sulolasiga asos solinishi. Elbarsxon, Xiva – Buxoro munosabatlarining 
keskinlashuvi. Xiva xonligida siyosiy, ijtimoiy – iqtisodiy vaziyat. Davlat 
boshqaruvi. Abulg’ozi Bahodirxon.
Abadiyotlar: 
1.
Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q. T.SHarq. 1998 
2.
Axmedov B. O’zbek ulusi. T.O’qituvchi. 1994. 
3.
Norqulov N, Jo’rayev U. O’zbekiston tarixi. T.SHarq 2000 
4.
Sagdullayev.A va boshqalar O’zbekiston tarixi: davlat va jamiyat tarqqiyoti 
T.Akademiya 2000. 
5.
Abulg’ozi Bahodurxon. SHajarai turk. T., CHo’lpon 1990. 
6.
Ziyoev X.Z. Turkistonda Rossiya tajovuzi va hukmronligiga qarshi kurash. T., 
SHarq, 1998 
7.
Bayoniy SHajarai xorazmshohiy. T., Meros, 1991 
Xiva xonligi Amudaryoning quyi oqimidagi, qadimgi Xorazm vohasida XVI asr 
boshlarida shakllangan davlat bo’lib, XVII asr boshlaridan mustaqil davlat sifatida 


12 
boshqarilgan. 1763 yildan o’zbeklarning qo’ng’irot urug’i vakillari inoqlar Xivada 
hokimiyatni qo’lga olishadi. 1873 yilda ruslar istilosidan keyin Rossiyaga qaram 
davlatga aylandi. 1920 yilda bolsheviklar tomonidan davlat sifatida butunlay 
tugatildi.
Xiva xonligi tarixiga oid manbalar ichida mahalliy mualliflar tomonidan 
yozilgan asarlar muhim o’rin tutadi. Ular ichida Xiva xoni Abulg’ozi tomonidan 
«SHajarai turk» va «SHajarai taroqima» asarlari, saroy tarixchisi Munis (1778-1829) 
tomonidan davom ettirilgan «Firdavs ul-iqlob» (Iqlobnoma) asari, Bayoniyning 
(1859-1923) «SHajarai Xorazmshohiy» asari va boshqa bir qancha asarlari ta’kidlab 
o’tish lozim. 
Temuriylar davlati tarkibiga kirgan Xorazm vohasi 1505 yilda SHayboniyxon 
tomonidan bosib olingan bo’lsa, 1510-1512 yillarda Eron shohi Ismoil Safaviy 
davlati tarkibiga kiritildi. Xorazmda Eron shohining 3 ta dorug’asi hukmronlik 
qilgan. Biroq, Vazir shaxrining qozisi Umar SHayx tashabbusi bilan Xorazmda 
eronliklarga qarshi kuchli halq ozodlik harakatlari boshlanib ketdi. Xorazmning 
obro’li shayxlaridan bo’lgan bo’lgan SHayx ota avlodlari Dashti qipchoqlik 
o’zbeklar hukmdorlaridan biri Elbarsxonga Xorazm taxtini taklif qildilar. Elbarsxon 
o’z qo’shinlari bilan qisqa vaqt ichida Vazir shahrini (Ust yurtda, Ko’xna 
Urganchdan 60 km uzoqlikda joylashgan bu shahar XV asrda o’zbek xonlaridan 
Mustafoxon tomonidan barpo etilgan) qo’lga kiritib, vohadagi barcha shaharlardan 
eronliklarni quvib chiqardilar. Elbarsxon (1712-1780-1781) Xorazm poytaxti
hisoblangan Urganch shahrini ham qo’lga kiritdi va amalda mustaqil xonlikka asos 
soldi. U tez orada xonlik hududini birmuncha kengaytirishga erishdi. Hozirgi 
Turkmanistonning janubiy qismi, Eronning shimolidagi Seraxs tumanini, Orolni va 
Mang’ishloqni egalladi. Vafotidan so’ng Xorazm taxtini uning vorislari boshqardilar. 
Hususan XVI asrda uning vorislaridan Berikach Sulton, Sultonxoji, So’fiyonxon, 
Sultong’ozi, 
Avanushxon, 
Kolxon, 
Akatoyxon, 
Do’stxon, 
Xojimxon, 
Nurmuhammadxon kabilar xonlik qildilar. SHayboniy Ubaydullaxon 1537-1538 
yillarda Xorazmda qisqa muddat o’z hukmronligini o’rnatishga erishgan bo’lsada, 
Avanushxon vorislari tomonidan tezda Xorazm ozod etildi. XVI asrning ikkinchi 
yarmida Abdullaxon II Xorazmni bo’ysundirish uchun harakat qildi. Bir necha marta 
vohaga uyushtirilgan harbiy yurishlardan so’ng, 1593 yilda Xorazm ham Buxoro 
xonligi tarkibiga qo’shildi. Abdullaxon vafotidan so’nggina Xorazm vohasi yana o’z 
mustaqilligini tiklab oldi. 
XVI asrning 70 yillarida Xorazm poytaxti Urganchdan Xivaga ko’chirildi. 
Unga Amudaryo o’zanining o’zgarib Kaspiy dengiziga oqmay qo’yishi, Urganch va 
uning atroflarida suv tanqisligi yuz berganligi sabab bo’ldi. Ba’zi manbalarda, 
Amudaryo o’zanining o’zgarishini SHayboniy Abdullaxon II faoliyati bilan 
bog’landi. U Xorazmni o’ziga bo’ysundirishi uchun, to’g’on qurib, Amudaryo 
oqimini o’zgartiradi. Poytaxt Xivaga ko’chirilgandan so’ng davlat poytaxt nomi bilan 
Xiva xonligi deb atala boshlandi. 
XVII asr boshlariga kelib, Xorazm taxti uchun bo’lgan sulolaviy kurashlarda 
Arab Muhammadxon (1602-1623) taxtni qo’lga kiritdi. Bu davrda rus qozoqlari, 
Qozoqlar, kalmiklarning xonlik xududlariga kirib talonchilik yurishlari bo’lib turdi. 
Manbalarning guvohlik berishicha, hatto rus qozoqlaridan 1000 kishi shaharda 


13 
qo’shin yo’qligidan foydalanib Urganchga bostirib kiradilar, katta o’lja va ko’pgina 
kishilarni qul qilib, olib ketishga harakat qiladilar. Lekin o’z vaqtida yetib kelgan xon 
qo’shinlari bu bosqinchi to’dani butunlay tor-mor etishga muvaffaq bo’ladilar. 
Xonlikda katta ta’sirga ega Darvish shayxlarning aralashuvi bilan Arab 
Muhammadning o’g’illari-Xabash va Elbarslar hokimiyat uchun otasiga qarshi 
kurash boshlaydilar. Natijada Arab Muhammadxon taxtdan tushiriladi va ko’ziga mil 
tortirilib, so’ng Xivada qatl etiladi. Taxtga esa Elbarsxon o’tiradi. Qisqa 
hukmronlikdan so’ng u ham ukasi Isfandiyor tomonidan taxtdan tushiriladi. 
Isfandiyor hukmronligi davrida (1623-1643) Xiva xonligida siyosiy vaziyat ancha 
keskinligicha qoldi. Ayniqsa, Amudaryoning quyi oqimida joylashgan Orol hokimligi 
(bu yerda o’zbek qo’ng’irotlari katta siyosiy ta’siriga ega edi) markaziy hokimiyatga 
bo’ysunmay, Xorazmning siyosiy hayotida muhim o’rin tutardi. Turkman 
qabilalarining ham bu xonga ta’siri kuchli edi. Ular yordamida taxtga o’tirgan 
Isfandiyor o’zbek qabilalari vakillarini davlat boshqaruvidan chetlashtira boshladi. 
Bu xonlikdagi siyosiy vaziyatning yanada chigallashuviga olib keldi. 
Isfandiyorxonning o’limidan so’ng Xiva taxtiga Abulg’ozi Xorazm tarixida 
yirik davlat arbobi va tarixnavis ijodkor sifatida muhim o’rin tutadi. Bu hukmdorning 
hayot yo’li juda og’ir kechadi. Arab Muhammadning o’g’li bo’lgan Abulg’ozixon o’z
akalari Elbars va Xabashlar bilan kelisha olmaganligi uchun Xorazmni tashlab chiqib 
ketadi. U bir qancha muddat Buxoroda Imomqulixon saroyida yashaydi. Taxtni 
egallagan Isfandiyorxonning taklifi bilan 1623 yilda Xorazmga keladi va Urganchga 
hokim etib tayinlanadi. Lekin tez orada Isfandiyor bilan kelisha olmay Turkistonga 
Eshimxon huzuriga ketadi. U yerdan Toshkentga kelib, bu yerda 2 yil istiqomat 
qiladi. Buxoro orqali Xivaga qaytgan Abulg’ozixonni o’ziga jiddiy raqib deb bilishi 
Isfandiyorxon uni bosqinchilikda ayblab, hibsga oldiradi va Eron shohi huzuriga 
garov tariqasida jo’natiladi. Isfaxon yaqinidagi Taborak qal’asida 10 yil tutqunlikda 
yashashga majbur bo’lgan Abulg’ozi 1639 yili o’z nazoratchilari yordamida 
yashirincha Erondan chiqib ketishaga muvaffaq bo’ladi. SHundan so’ng u 3 yil 
davomida turkmanlar orasida yashaydi. 1642 yilda Orol o’zbeklari huzuriga keladi 
va ular yordamida taxtni egalaydi. Abulg’ozixonning hukmronligi yillarida (1643-
1663) markaziy davlat hokimiyati birmuncha mustahkamlandi. Ko’chmanchi 
turkman qabilalari va qalmiqlarga qarshi muvaffaqiyatli janglar olib borildi. 
Abulg’ozining hukmronligi yillarida Buxoro xonligi hududlariga ham 
talonchilik yurishlari uyushtirildi. Xiva qo’shinlari CHorjuy, Qorako’l, Karmana va 
Qarshi vohasiga hujumlar uyushtirib, bu yerlarni talon-taroj qildilar. 1662 yilda 
tuzilgan sulhga qaramasdan, Xiva va Buxoro o’rtasidagi nizoli vaziyat keyingi 
davrlarda ham saqlanib qoldi. Abulg’ozixon og’ir dardga chalinib qolgach, 1663 
yilda taxtdan voz kechdi. 
Uning vorisi Anushaxon hukmronligi davri (1663-1687) da Xiva qo’shinlari 
Buxoroga, Samarqand, Qarshiga yana hujumlar qilib turdilar. 1685 yilda Xivaliklar 
/ijduvon yaqinida qattiq zarbaga uchragandan so’nggina bu talonchilik yurishlariga 
barham berildi. Buxoroning yangi xoni Subhonqulixon nafaqat Xivaliklar hujumini 
to’xtatishga balki, Xivada o’z ta’sirini o’rnatishga ham muvaffaq bo’ldi. Uning 
yordamida Anushaxonning o’g’li Ernak 1687 yilda Xivada hokimiyatni egallash 
uchun fitna uyushtirdi. Lekin o’z otasi Anushaxonni ko’r qilib, taxtni egallagan Ernak 


14 
taxtda uzoq qola olmadi. Subhonqulixon 1688 yilda Xiva taxtiga o’z amaldorlaridan 
biri SHohniyozni o’tkazib (1688-1707) Xivani amalda Buxoroga vassal davlatga 
aylantirildi. 
Ammo xonlikdagi keyingi siyosiy voqealar bu qaramlik qisqa vaqt davom 
etganligini ko’rsatadi. Buxoro ta’siridan qutilish uchun SHohniyoz Rossiya hukmdori 
Pyotr I ga xat yo’llab, Xivani Rossiya tarkibiga qo’shib olishini so’raydi. O’z 
siyosatida SHarqni ham egallashni ko’zlayotgan rus podshosi uchun bu ayni 
muddaosi edi. 1703 yilda Pyotr I ning Xiva Rossiya tarkibiga qo’shib olinganligi 
to’g’risidagi yerlikni Xivaga yuboradi. Bu yerlik Xivaning yangi xoni Arab 
Muhammadga (1707-1714) topshirildi. Lekin Xivani o’ziga tobe etish hali Rossiyaga 
nasib etmagan edi. 
Arab Muhammad va uning vorisi SHerg’ozixon hukmronligi davrida (1715-
1738) xonlikdagi siyosiy nizolar mamlakatning iqtisodiy ahvolini ham izdan chiqardi. 
Bu vaziyatda Pyotr I tomonidan uyushtirilgan Aleksandr Bekovich CHerkasskiy 
rahbarligidagi harbiy ekspeditsiya xonlikka kirib keldi. Xiva xoni SHerg’ozixon 
tomonidan rus qo’shinlari yaxshi kutib olindi va hiyla bilan butunlay qirib tashlandi. 
Lekin tashqi dushman havfi ostida birlashtirilgan xivaliklar xatar birtaraf 
etilgach, o’zaro nizolarni yangi kuch bilan boshladilar. O’zaro nizolarga faol 
aralashib turgan Buxoro xoni Abulfayzxon Xivada markaziy hokimiyatga qarshi 
chiqayotgan Orol hokimlarini qullab quvvatladi. Ular esa o’z navbati Buxoroda 
yashayotgan shahzoda temur Sultonga Xiva taxtini olib berish uchun xarakat qildilar. 
O’zaro urushlar SHerg’ozixon o’limigacha davom etdi. Elbarsxon davri (1728-1740) 
da o’zaro nizolar birmuncha susaydi, lekin qo’shni xududlarga talonchilik yurishlari 
yana jonlanib ketdi. Uning davrida Xiva qo’shinlari Xuroson sarhadlariga harbiy 
yurishlar uyushtirib, katta o’ljalarni qo’lga kiritdilar. Bu o’z navbatida Eron shohi 
Nodirshohni Xorazmga yurishga undadi.Xazorasp va Xonqa yonida bo’lib o’tgan 
janglarda g’alabaga erishgan eronliklar 1740 yilda Xiva xoni Elbarsxonni o’ldirib, 
Xorazmni butunlay bo’ysundirdilar. Xorazmda yana siyosiy parokandalik boshlandi. 
Xiva taxtida kichik qozoq juzidan bo’lgan, rus fuqaroligini qabul qilgan 
Abulxayrxonning qisqa hukmronligidan so’ng Nodirshoh Xorazmga ikkinchi marta 
yurish qilib, Xivani egaladi. SHahardagi barcha eron va rus millatiga mansub 
qullarozod qilindi. Xorazm halqiga katta miqdorda soliq solinib, Xiva Nodirshohning 
noibi tomonidan idora qilina boshlandi. 1741 yilda Xivada qo’zg’olon ko’tarildi va 
Nodirshohning noibi o’ldirilib, Eronliklarning harbiy qo’shini qirib tashlandi. Taxtga 
Nuralixon o’tirdi. Lekin Nodirshohning o’g’li Nasrullo Xorazmga katta kuch bilan 
kirib kelgandan so’ng, u taxtni tashlab Dashti Qipchoqqa qochib ketdi. SHundan 
so’ng Xiva taxtida xonlar tez-tez almashib turdilar. 1747 yilda qozoq sultoni Taibxon 
taxtga o’tkazildi (1747-1757). U xonlikda katta nufuzga ega bo’lgan Otaliq 
Xuzurbekni davlat boshqaruvidan chetlashtirib, davlatdagi yirik mansablarni 
qozoqlarga bo’lib bera boshladi. Bu esa Xivada yana qo’zg’olon ko’tarilishiga olib 
keldi. Xon taxtni tashlab, qozoq dashtlariga qochib ketgandan so’ng, hokimiyatni 
uning ukasi Abdullaxon (1757-1758) egallaydi. 
Xiva xonligida ro’y berayotgan siyosiy parokandalikdan Buxoro hukmdorlari 
o’z manfaatlari yo’lida foydalanishga harakat qildilar. Xivada ko’tarilgan navbatdagi 
qo’zg’olondan so’ng Buxoro hukmdori Muhamad Rahim Xiva taxtiga o’z odami 


15 
Temur /ozixonni o’tkazadi. SHu davrdan boshlab Xiva xonligida o’zbeklarning 
qo’ng’irot urug’idan bo’lgan inoqlarning davlat hokimiyatidagi ta’siri ortib boradi. 
1763 yilda Inoq Muhammad Amin amalda Xivadagi birinchi darajali hukmdorga 
aylanadi. Bu davrda taxtda rasman bir necha xonlar o’tirgan bo’lsalarda, hokimiyat 
amalda butunlay uning qo’lida edi. SHaharlik savdogarlar, hunarmandlar va din 
peshvolari yordamida o’z hokimiyatni ancha mustahkamlagan bu hukmdor 
turkmanlar hujumini (1770), buxoroliklar tajovuzini (1782) bartaraf etib, markaziy 
hokimiyatni ancha mustahkamladi. Mahalliy hokimlar beboshligiga chek qo’yildi. 
Mamlakatning iqtisodiy ahvoli yaxshilandi. Hunarmandchilik, qishloq xo’jaliga va 
savdo-sotiq rivojlandi. 
XVI-XIX asr boshlarigacha Xiva xonligidagi mavjud siyosiy ahvol shunday 
rivojlanishda davom etgan edi. 
Hunarmandchilik ham xonlik iqtisodiy hayotida alohida o’ringa ega bo’lib, 
hunarmandchilik va hal amaliy san’atning Xiva xonligi xududlarida o’ziga xos 
maktabi yaratilgan edi. Xonlikda har bir shaharda ko’plab hunar turlari bilan 
shug’ullanuvchi hunarmandlar mavjud edi. Ular faqatgina ichki bozorni o’z 
mahsulotlari bilan ta’minlabgina qolmasdan, balki tashqi savdoga ham ajoyib 
hunarmandchilik mahsulotlarini chiqarar edilar. Tashqi savdoda chetdan qo’rg’oshin, 
mis, temir, chuyan kabi metallar va metall buyumlar asosan Rossiyadan, oltin, 
kumush, hunarmandchilik mahsulotlari hamda qishloq xo’jalik mahsulotlari Buxoro, 
Qo’qon, Eron va Rossiyadan keltirilgan va o’z navbatida Xiva xonligida ham chetga 
shunday mahsulotlar va nafis hunarmandchilik mahsulotlari chiqarilgan. 
Xivalik savdogarlar tranzit savdo aloqalarida ham faol ishtirok etganlar va bu 
yerlardan o’tadigan savdo karvonlaridan olinadigan boj yig’imlari ham xonlik 
xazinasiga kattagina daromad keltirib turgan. Xiroj va zakot kabi asosiy soliqlardan 
tashqari turli yig’imlar va majburiyatlar mavjud bo’lgan.

Download 1,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish