O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazairligi guliston davlat universiteti


Mavzu: Ashtarxoniylar hukmronligi davrida Movorounnahr



Download 1,03 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/42
Sana08.02.2022
Hajmi1,03 Mb.
#437815
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42
Bog'liq
ozbekiston tarixi

Mavzu: Ashtarxoniylar hukmronligi davrida Movorounnahr 
Reja: 
1.
 
Ashtarxoniylar davri tarixi manbalari. 
2.
 
Ashtarxoniylar davlatining tashkil topishi va siyosiy tarixi. 
3.
 
Ashtarxoniylar davlatida ijtimoiy-iqtisodiy tuzum. 
 
Tayanch tushunchalar: 
Shayboniylar davtining inqirozi. Mamlakatda siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy 
vaziyatning keskinlashuvi. Ashtarxoniylar (joniylar) sulolasining taxt tepasiga 



kelishi. 
Boqi 
Muhammad, 
Vali 
Muhammad, 
Imomqulixon 
hukmronligi. 
Subxonqulixon. Buxoro – Xiva munosabatlarining keskinlashuvi. Ubaydullaxon II va 
uning iqtisodiy sohada olib borgan islohotlari. Buxoro xonligida iqtisodiy vaziyatning 
izdan chiqa boshlashi, siyosiy vaziyatning keskinlashuvi. Farg’ona vodiysining 
xonlik tarkibidan chiqib ketishi. Abulfayzxon hukmronligi yillarida Buxoro 
xonligining inqirozi.
Abadiyotlar: 
1.
Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q. T.SHarq. 1998 
2.
Axmedov B. O’zbek ulusi. T.O’qituvchi. 1994. 
3.
Norqulov.N, Jo’rayev U. O’zbekiston tarixi. T.SHarq 2000 
4.
Sagdullayev.A.v.b.O’zbekiston tarixi: davlat va jamiyat tarqqiyoti T.Akademiya
2000. 
5.
Abulg’ozi Bahodurxon. SHajarai turk. T., CHo’lpon 1990. 
6.
Abdurahmon Tole’. Istoriya Abulfayzxana. T., «Fan» 1959 
 
Ashtarxoniylar hukmronligi davriga oid yozma manbalar ichida Maxmud ibn 
Vali (1595-1640) ning «Baxr ul-asror fi manokib ul-axer» (Olijanob kishilarning 
shon shavkati haqida sirlar dengizi), Mir Muhammad amin Buxoriyning 
«Ubaydullanoma», Muhammad YUsuf Munshining «Tarixiy Mukimxoniy», Xo’ja 
Samandar Termiziyning «Dastur al-Mulk», Abulg’ozi Bahodurxonning «SHajarai 
Turk», Muhammad Amin Buxoriyning «Muhit ut-tavorix», Muhammad Vafo 
Karmanagiyning «Tuhfat ul-xoniy», Abdurahmon Tole’ (Abdurahmon Davlat) ning 
«Tarixi Abulfayzxon» asarlari muhim tarixiy manbalar hisoblanadi. 
SHuningdek, 1605 yilda yozilgan Muhammadyor ibn Arab qalamiga mansub 
«Musaxxir ul-bilod» (mamlakatlar fatxi), 1569 yilda yozilgan. Sulton Muhammad 
Balxiy qalamiga mansub «Majma’ul-g’aroyib», 1616-1629 yillarda yozilgan 
Iskandarbek munshiy qalamiga mansub «Tarixi olamaroyi Abbosiy», Juybor 
shayxlari tarjimai holidan iborat, Juybor xojalaridan biri Tojiddin Xasanning o’g’li 
Abulabbos Muhammad Tolib Siddiqiy tomonidan 1663 yilda yozilgan «Matlab ul-
tolibin» (Toliblar matlabi), Ashtarxoniylar sulolasiga mansub shahzoda xoja Mir 
Muhammad Salim tomonidan 1730 yilda yozilgan, hozirda yagona hisoblangan 
nusxasi Buyuk Britaniyadagi Bodleyan kutubxonasida saqlanayotgan «Silsilat us-
salotin» kabi asarlari ham ashtarxoniylar davri tarixi, siyosiy va iqtisodiy, madaniy va 
ijtimoiy hayotini o’rganishda katta yordam beruvchi asarlar va muhim tarixiy 
manbalar hisoblanadi. 
Ashtarxoniylar hukmronligi yillarida markaziy hokimiyat birmuncha zaiflashdi 
va buning oqibatida mamlakatdagi ijtimoiy va iqtisodiy hamda madaniy hayotda 
nisbatan inqiroz holatlari yuzaga keldi. Bu davrda shayboniylar davridagidek ijtimoiy 
tabaqalar saqlanib qolgan bo’lsada, ularning mavqeida birmuncha o’zgarishlar yuz 
berganligi ko’zga tashlandi. Ashtarxoniylar davlatida poytaxt Buxoro shahri bilan 
birgalikda valiahd tomonidan boshqariladigan Balx shahrining ham nufuzi ortdi va 
mamlakatning siyosiy hayotiga kuchli ta’sir eta boshladi. Otaliq va o’zbek 
qabilaboshliqlarining nufuzi ortib ketdi. Rasman oliy tabaqa hisoblangan xon va yirik 
saroy amaldorlari ko’p hollarda harbiy-ma’muriy mansabdorlar, viloyat hokimlari, 
yirik qabila boshliqlari fikri bilan hisoblashishga majbur bo’lib, bu ularning ijtimoiy 



ahvolini deyarli tenglashtirib qo’yardi. Bu davrda juybor xo’jalarining avlodlari 
bo’lgan ulamolar va boshqa diniy amaldorlarning ijtimoiy hayotdagi mavqei yanada 
oshdi.
Siyosiy parokandalik, muttaasil davom etib turgan o’zaro ichki kurashlar va 
fitnalar halqni iqtisodiy jihatdan og’ir ahvolga solib qo’yish bilan birga mamlakatdagi 
iqtisodiy holatni ham inqirozga olib keldi. SHuningdek, tashqi hujumlar, talon-
tarojlar natijasida dehqonchilik vohalari harob holga kelib qoldi, savdo karvonlarini 
talash hollari ko’payib ketdi. Bu esa o’z navbatida tashqi savdo aloqalarining 
cheklanishiga olib keldi.Ashtarxoniylar xonlaridan Imomqulixon (1611-1642) bu 
holatlarning oldini olishga harakat qildi va 1614-1615 yillarda Qashqadaryodan 
Qarshi cho’liga kanal qazdirdi. 1633-1634 yillarda esa Qushqo’rg’onda kanal 
qazdirdi. Biroq bu ham inqirozli holatlarning oldini ololmadi. 
Bu davr dexqonchiligida o’rta asrlarga xos yer egaliga hamda iqtisodiy 
munosabatlari maqlanib qolindi. Garchi avvalgi xonlar davrida iqtisodiy ahvol 
birmuncha yaxshi ahvolda saqlangan bo’lsada, XVII asr ikkinchi yarmiga kelib, 
mamlakatdagi iqtisodiy ahvol tanazzuliga uchray boshladi. yerlarning eng hosildor 
qismi avvalgidek yirik amaldorlar va din peshvolari qo’lida saqlanib qoldi. Asosiy 
soliq va yig’imlar qishloq kambag’al dexqonlaridan yig’ib olinardi. Ashtarxoniylar 
davrida sug’oriladigan yerlarda O’rta Osiyo mintaqasi uchun an’anaviy bo’lgan 
bug’doy, arpa, jo’xori, loviya, mosh, sholi, paxta, sabzavot va poliz ekinlari, dashti 
yerlarida va tog’ oldi xudularidagi lalmi yerlarda bug’doy, arpa, kunjut, tarvuz, qovun 
va boshqalar ekildi, dehqonchilik qilingan. Manbalarda qayd etilishicha, o’zaro 
urushlar dehqonchilik taraqqiyotini bir muncha orqaga surib turgan bo’lsada, tinchlik 
davrlarida dehqonchilik orqasida yerlardan ancha yuqori hosil olingan. Dehqonchilik
mahsulotlari ichki talabni to’la qondirib, tashqi bozorga ham chiqarilgan. Bu 
mamlakat iqtisodining butunlay inqirozga tushib saqlab turgan asosiy omil edi. 
Ashtarxoniylar hukmronligi yillarida siyosiy ahvol iqtisodiy va ijtimoiy ahvol 
kabi inqirozli holatga uchrab qolgan bo’lsada, biroq u rivojlanishdan va taraqqiyotdan 
butunlay to’xtab qolmadi va asriy an’analarni davom ettirgan holda davom etdi. 

Download 1,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish