Yumshoq va qattiq magnit materiallar.
Magnit materiallar yumshoq va qattiq turlarga bo’linadi. YUmshoq magnit materiallardan magnitli o’tkazgichlar tayyorlanadi. Bu materiallarning magnit singdiruvchanligining boshlang’ich qiymati katta bo’lishi kerak. YUmshoq magnit materiallarida solishtirma qarshilik nisbatan katta qiymatga, koeritsitiv kuch (N s0,1 Am) esa kichik qiymatga ega bo’lishi kerak. Bu materiallarga sof temir, temirning kremniy, nikel va kobal t bilan qotishmalarini misol tariqasida keltirish mumkin.
Texnik sof temir (qo’shimchalari 0.1%) oddiy pechlarda olinadi. Uning ayrim magnit xossalari 7.1-jadvalda keltirilgan. Bu temir o’zgaruvchan tok zanjirida ishlatiladigan elektr magniti yoki rele uchun o’zaklar tayyorlashda ishlatiladi. Ular varaq yoki silindr shaklda yupqa (0,2-4 mm) qilib tayyorlanadi.
Turlicha ishlov berilgan temirning tarkibi va magnit xossalari
7.1-jadval
Material
|
qo’shimchalarni ng miqdori, %
|
Magnit xossalari
|
Magnit singdiruvchanlik
|
Koersitiv, kuch, Ns Am
|
uglerod
|
kislorod
|
r b
|
r
yu
|
Texnik sof
temir
|
0,020
|
0,060
|
250
|
7000
|
64,0
|
Elektrolitik temir
|
0,020
|
0,010
|
600
|
15000
|
28,0
|
Karbonil temir
|
0,005
|
0,005
|
3300
|
21000
|
0,4
|
Vakuumda eritilgan elektrolitik temir
|
0,010
|
-
|
-
|
61000
|
7,2
|
Vodorodda ishlov
berilgan temir
|
0,005
|
0,003
|
6000
|
200000
|
3,2
|
Vodorodda yaxshilab
ishlov berilgan temir
|
-
|
-
|
20000
|
340000
|
2,4
|
Nazorat savollari
O’zgaruvchan magnit oqimli, magnit o’tkazgichli g’altak ideallashtirilganda qaysi parametrlari hisobga olinmaydi?
O’zgaruvchan magnit oqimli magnit zanjirlarini qanday elektromagnit jarayonlar bilan tavsiflash mumkin?
Asosiy magnitlanish egriligi deganda qanday tavsifi tushuniladi?
Magnit isroflar qanday tashkil etuvchilardan iborat?
Uyurma toklar magnit zanjirining qanday parametrlariga bog’liq?
8-mavzu. Transformatorlar
Reja:
Transformatorlarni vazifalari va qo’llanilish soxalari.
Bir fazali transformatorlarni tuzilishi va ishlash prinsipi.
Transformatorlarning ish rejimlari.
Transformatorlarni almashinish sxemalari va vektor diogrammalari.
Transformatorlarda quvvat isrofi va pasport ma’lumotlari.
Tayanch so’z va iboralar: transformatsiya, elektr uzatish liniyasi, nominal, cho’lg’am, magnito’tkazgich, magnit oqimi, elektr holati, koeffitsient, magnit holati, ishchi oqim, salt ishlash, tashqi, real, qisqa tutashtiriladi, diagramma, FIK, uch fazali, o’lchash, elektr bog’lanish.
Transformatorlarni vazifalari va qo’llanilish soxalari.
O’zgaruvchan tok kuchlanishini chastotasini o’zgartirmay uning miqdorini orttiruvchi statik elektromagnit apparat, yoki kuchlanish miqdorini orttirib yoki kamaytirib beradigan elektroinduksion statik apparat–transformator deyiladi. Elektr energiyasi,elektrostansiya generatorlaridan iste’molchilarga uzatiladi;iste’molchilar esa ko’pincha stansiyadan uzoq masofalarda joylashgan bo’ladi. Ener-giya isroflarini kamaytirish va simlarning og’irligini kamaytirish maqsadida generatorlardagi kuchlanish miqdorlarinini bir necha o’n yoki yuz marotaba katta bo’lgan elektr uzatish kuchlanishigacha ko’tarish kerak bo’ladi.
Transformatorlardan juda ko’p maqsadlarda foydalaniladi. Transformator berk po’lat o’zak–magnit o’tkazgichdan tuzilgan bo’lib, bu magnit o’tkazgichga o’zaroelektr kontaktga ega bo’lmagan ikki yoki bir necha chulg’am o’ramlari joylashtirilgan bo’ladi. Magnit o’tkazgichning chulg’amlari joylashgan qismi o’zak
– deb ataladi.
8.1-rasm. Uch fazali transformatorning tuzilishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |