Elektr zanjirlari va ularni xisoblash usullari.
Elektr energiya manbai, elektr iste’molchilari va ulovchi simlardan tuzilgan zanjir elektr zanjiri deyiladi. Elektr zanjiri asosiy elementlariga EYUKmanbaasi, energiya iste’molchilari va elektr energiyani etkazuvchi simlar kiradi. Elektr zanjirlari tarkibiga nazorat va boshqaruv asboblari, shuningdek o’zgarti-ruvchi qurilmalar (transformator, to’g’rilagich va boshqalar) xam kiradi. Elektr zanjirlari tarmoqlanmagan va tarmoqlangan bo’ladi.
2.2-Rasm. Oddiy elektr zanjiri (a) va prinsipial sxemasi (b) manba, istemolchi,
kalit, ampermetr, ulovchi simlar.
Tarmoqlangan zanjirlar bir necha parallel shaxobchalardan tashkil topgan bo’ladi. Elektr zanjiri qanday tok turiga mo’ljallanganligiga qarab u “o’zgarmas tok zanjiri”, “o’zgaruvchan tok zanjiri” deb ataladi.
Om qonuni elektr zanjiriga oid asosiy qonun bo’lib, zanjirdagi tok va
kuchlanishni o’zaro qanday nisbatda bog’langanligini ifodalaydi.
I U R r
Kirxgof qonunlaridan murakkab elektr zanjirlarini xisoblash va ularnielektr xolatlarini to’la aniqlash uchun foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |