12 V kuchlanishda ishlovchi lampalar 12 V kuchlanishli akkumulyator
K A V S
E
2.5- rasm. 12 V kuchlanishda ishlovchi lampalar, akkumulyator va ulardan tuzilgan tarmoqlangan elektr zanjiri.
- rasmda berilgan zanjirda har bir lampa (R1 , R2 , R3 , R4 qarshiliklar) bir xil 12 V kuchlanish ostida buladi. Ushbu zanjir orqali elektr zanjirining asosiy tushunchalari bilan tanishamiz.
Tugun. Elektr zanjirida uch va undan ortiq elementlarni birlashtiruvchi nuqta tugun deb ataladi, 10-rasmda A, V, S, D, E, I tugunlar ko’rsatilgan. Tugunlar zanjirda albatta katta nuqta sifatida ajratilishi shart, aks holda bunday nuqta simlarni kesishmasi (ulanmagan) deb qaraladi. 10- a rasmda keltirilgan sxemada A, V, S tugunlar bitta tugun , D, E, I tugunlar bitta tugun hisoblanadi. Odatda sxemada simmetrik ko’rinishni ta’minlash va chizishga qulay bo’lishi uchun shunday tasvirlanadi. Aslida ular bitta tugun hisoblanadi, 10 b rasmga qarang. SHunday qilib ushbu sxemada ikkita tugun mavjud. Tugunlar uchun Kirxgofning birinchi qonuni o’rinlidir. YA’ni tugunga kelayotgan toklar tugundan chiqayotgan toklarga teng
I0 = I1 + I2 + I3 + I4 ,
yoki tugundagi toklarning algebraik yig’indisi nolga teng
I0 + I1 + I2 + I3 + I4 = 0.
Tarmoq. Elektr zanjiridatugunlar oralig’i tarmoq deb ataladi. Masalan 10- rasmda A tugundan R1 qarshilik orqali D tugungacha bitta tarmoq; A tugundan K kalit va E manba orqali D tugungacha ikkinchi tarmoq, va hokazo. 10 - a, b rasmlardan ko’rinib turibdiki zanjirda 5 ta tarmoq mavjud. SHuningdek qarmoq qarshiligi, tarmoq toki, tarmoq uchlaridagi kuchlanish tushunchalari mavjud. Tarmoq qarshiligi deb shu tarmoqda ketma-ket ulanib turgan iste’molchilarning umumiy qarshiligiga aytiladi va bu qarshilik ketma-ket ulangan iste’molchilar qarshiliklari yig’indisiga tkeng. Tarmoq toki Om qonuniga muvofiq tarmoq uchlaridagi kuchlanishni tarmoqning umumiy qarshiligiga nisbatiga teng.
Kontur. Elektr zanjiridagi yopiq xalqa kontur deb ataladi. 9 rasmdagi zanjir konturlarini ko’ramiz:
1- kontur: A tugun, R1 qarshilik, D tugun, E manba va yana A tugun, kontur yopildi. Konturda bitta manba bitta iste’molchi mavjud.
2- kontur: A tugun, V tugun, R2 qarshilik, E tugun, D tugun, R1 qarshilik va yana A tugun. Konturda manba yo’q.
Shu tarzda, zanjirdagi barcha konturlarni belgilab chiqishimiz mumkin.
Konturlar uchun Kirxgofning 2-qonuni o’rinli. YA’ni Konturdagi elektr yurituvchi kuchlarning yig’indisi shu kontur elementlaridagi kuchlanishlar tushuvining yig’indisiga teng. 1- va 2- konturlar uchun Kirxgofning 2- qonunini qo’llasak:
kontur uchun E = I1 • R1 , yoki E = U1
kontur uchun I1 • R1 + I2 • R2 = 0, yoki U1 + U2 = 0, chunki 2- konturda tok manbai yo’q, shuning uchun E = 0.
Do'stlaringiz bilan baham: |