2-mavzu. O’zgarmas tok chiziqli elektr zanjirlari
Reja:
O’zgarmas tok ta’rifi, elementlari, iste’molchilarini turlari. 2.O’zgarmas tok manbaalari, qarshiliklarni ketma-ket va parallel ulash.
Zanjirdagi elektr tokniing ishi va quvvati.
Elektr zanjirlarining ish rejimlari
Murakkab zanjirlarni hisoblash usulllari.
Tayanch so’z va iboralar: O’zgarmas tok ta’rifi, elementlari, iste’molchilarini turlari, o’zgarmas tok manbaalari, qarshiliklarni ketma-ket va parallel ulash, zanjirdagi elektr tokniing ishi va quvvati, elektr zanjirlarining ish rejimlari, salt ishlash, qisqa tutashuv, me’yoriy rejim,
O’zgarmas tok ta’rifi, elementlari, iste’molchilarini turlari.
Vaqt birligi davomida o’zining elektrik parametrlari xamda yo’nalishini bir xil meyorda saqlaydigan toklarga o’zgarmas elektr toki deyiladi. Xozirgi vaqtda ayniqsa elektrotransportda qo’llaniladigan o’zgarmas tok energiyasini ko’p qismi turli tipdagi to’g’rilagichlar vostasida o’zgaruvchan toklardan xosil qilinadi. O’zgarmas toklarni xosil qilish uchun o’zgarmas tok generatorlaridan xam keng foydalaniladi. Dunyo miqyosida garchan asosiy foydalaniladigan energiya tarkibini o’zgaruvchan toklar tashkil etsada, o’zgarmas toklardan transport sanoatida, engil sanoatda, boshqarish tizimlarida, radiotexnikada, xalq xo’jaligidagi barcha texnikalarini ta’mirlash qurilmalarida ishlatiladi. O’zgarmas tok zanjiri elementlari, manbalari, elektr energiya iste’molchilari va boshka elementlarni shartli belgilanishlari quyida jadvalda ko’rsatilgan.
Elektr energiya manbaasi sifatida generatorlar, kimyoviy energiyani elektr energiyasiga aylantiruvchi birlamchi elementlar, akkumulyatorlar batareyasi va galvanikelementlar kiradi.
O’zgarmas tok zanjirining iste’molchilari esa quyidagi turlarga bo’linadi.
aktiv iste’molchilar – ular elektr energyasini o’ziga qabul qilib uni issiqlik yoki yorug’lik energiyasiga aylantirib beradi. Xarakterlovchi kattaligi qarshiligi va o’tkazuvchanligi bo’ladi. Birligi Om larda o’lchanadi.
induktiv iste’molchilar – ular elektr energiyasini o’ziga qabul qilib uni magnit maydon energiyasiga aylantirib beradi. Xarakterlovchi kattaligi magnit singdiruvchanligi xisoblanadi. Birligi Gn larda o’lchanadi.
sig’im iste’molchilar – ular elektr energiyasini o’ziga qabul qilib uni elektr maydon energiyasiga aylantirib beradi. Xarakterlovchi kattaligi sig’imi xisoblanadi. Birligi Farada larda o’lchanadi.
Elektr tokini o’lchov birligi bo’lib o’tkazgichning ko’ndalang kesimida bir
sekundda o’tgan elektr miqdori qabul qilingan.
I Q
t
bu erda: I–tok kuchi, Q -
o’tkazgichning ko’ndalang kesimi, t- vaqt birligi. Zanjirdan o’tayotgan tokning yo’nalishi va miqdori vaqt birligi ichida o’zgarmasa u o’zgarmas tok deyiladi. Ular asosan o’zgarmas tok generatorlari orqali yoki o’zgaruvchan toklarni maxsus to’g’rilagichlar orqali to’g’rilab xosil qilinadi.
U – kuchlanish - Volt (V) R – qarshilik - Om (Om)
I – tok kuchi - Amper (A)
Tok kuchi. Zanjirining elektrik xususiyatlarini baxolovchi asosiy parametrlaridan biri tok kuchidir. Om qonuniga ko’ra elementdan o’tayotgan tok kuchi shu elemen uchlaridagi kuchlanishning element qarshiligiga nisbatiga teng
I U
R
Tok kuchining o’lchov birligi Amper (qisqacha A yoziladi) bo’lib 1 Amper tok kuchi deganda o’tkazgich kesim yuzasidan 1 s da 1 Kulon miqdorda zaryad o’tishi tushuniladi
I q t
q -zaryad miqdori, t - vaqt
Agar elektronning zaryadi e = 1,6 • 19 -19 Kulonligini hisobga olsak, o’tkazgichdagi tok kuchi 1 A bo’lishi uchun undan 1 s da
N=q / e= 1 Kl / 1,6 • 19 -19 Kl = 6,25 • 19 18 ta elektron o’tib turishi kerak.
1 A tok kuchi amalda juda katta tok hisoblanadi, masalan 20 mA tokni inson tanasi sezadi, 50 mA tok xavfli hisoblanadi. Oddiy 100 Vt quvvatli lampa 220 V kuchlanishda ishlab turganda lampa tolalar orqali 0,45 A tok oqib turadi.
Quvvat. Elektr energiyasidan foydalanishda elektr tokining quvvati asosiy amaliy ahamiyatga ega. Quvvat deb kuchlanishning tok kuchiga ko’paytmasiga aytiladi. Quvvatning o’lchov birligi sifatida Vatt qabul qilingan , qisqacha Vt yoziladi.
P I U
Iste’molchi uchlaridagi kuchlanish 1 V bo’lib undan 1 A tok oqib o’tayotgan bo’lsa bu iste’molchidagi elektr tokining quvvati 1 Vt bo’ladi: 1 Vt = 1 • 1 A.
Do'stlaringiz bilan baham: |