Kartodiagrammalar diagramma va kartogrammalarning aralashmasidan tashkil topadi. Bu holda geografik kartalar hodisalarning hududiy taqsimlanishiga qarab bo`laklarga bo`linadi va ularda ma`lumotlarni tasvirlovchi diagrammalar keltiriladi. Kartogramma va kartodiagrammalar hodisalarning makonda (xydudiy) joylanishini tasvirlashda qo`llanadi.
Shkala deganda shunday chiziq tushuniladiki, uning ayrim nuqtalari tasivrlanayotgan hodisaning ma`lum miqdorlariga teng bo`ladi va, demak, shu miqdor deb o`qilishi mumkin. U uchta elementdan iboratdir:
1. Shkala tayanchi deb ataluvchi chiziq.
2. Chiziqlar bilan nishonlanib ma`lum tartibda shkala tayanchiga joylashgan nuqtalar.
3. Shu nuqtalarga taalluqli sonlarni belgilovchi raqamlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |