Statistik ҳодиса ва жараёнlarni jadvalda ifodalash so`z bilan bayon etishga qaraganda o`rganilayotgan voqealarni ravshan va jozibali qilib tasvirlaydi. Har bir jadval qisqa, aniq va tushunarli, shu bilan birga ma`lumotlar ma`nosini oydinlashtiradigan sarlavhaga ega bo`lishi shart.
Statistik jadvallar chuqur ma`noga ega bo`lib, ijtimoiy voqea va hodisalarni ifodalashi bo`yicha o`ziga xos mantiqqa ega. Shuning uchun har bir statistik jadvalning egasi va kesimi mavjuddir. Har xil ko`rsatkichlar orqali ta`riflanayotgan statistik to`plam jadvalning egasi, ko`rsatkichlar esa, jadvalning kesimi hisoblanadi. Jadvalning egasi, odatda, jadvalning chap qismida, kesimi o`ng tomonida bo`ladi. Lekin ular aksincha joylanishi ham mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |