2.Statistik grafiklar, ularning afzalliklari va turlari. Grafik – bu ko‘rish va tushunish qiyin bo‘lgan statistik ma`lumotlarni aniq va tushunarli qilib tasvirlaydigan geometrik shakldir. Statistik grafiklar raqamli miqdorlarnihg nuqta, chiziq, figura va boshqa geometrik shaklda shartli tasvirlanishidir. Grafik usuli ana shu maqsad uchun xizmat qilib, amalda keng qo`llaniladi.
Ingliz iqtisodchisi U.Pleyf1786 yilda chop qilgan“Tijorat va siyosiy atlas” kitobida birinchi bo‘lib statistik ma’lumotlarni grafiklarda tasvirlanishiga asos solgan.Grafiklarning bir qator ustunliklari bor:
-grafik tasvir orqali statistik ko‘rsatkichlarni o‘rganish statistik jadvallardan ko‘ra ancha qo‘laydir;
miqdoriy ko‘rinishiga nisbatan grafikda tasvir taasuroti yuqori bo‘ladi;
-hodisa va jarayonlarning o‘zaro bog‘liqligi va ularning vaqt bo‘yicha o‘zgarishi yaqqol ko‘rinib turadi;
-statistik iqtisodiy qonuniyatlarni aniqlash va aniqlangan qonuniyatlarni ko‘rish va tekshirish imkoniyati tug‘iladi.