O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim


– Mavzu: STATISTIK KO`RSATKICHLAR ( 4 соат)



Download 1,74 Mb.
bet48/177
Sana27.01.2022
Hajmi1,74 Mb.
#413358
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   177
Bog'liq
ma\'ruza matni

6 – Mavzu: STATISTIK KO`RSATKICHLAR ( 4 соат).
REJA:
1. Mutloq miqdorlar, ularning turlari va o‘lchov birliklari.
2. Nisbiy miqdorlar to‘g‘risida tushuncha va ularning ifodalanishi.
3. Nisbiy miqdorlarning turlari va ularni hisoblash tartibi.


1. Mutloq miqdorlar, ularning turlari va o‘lchov birliklari.
Tabiiy va ijtimoiy - iqtisodiy hodisalar, jarayonlar tegishli ko‘rsatkichlarda ifodalanadi. Bu ko‘rsatkichlar turli xil miqdorlarda berilib, xujjatlarda qayd qilinadi. Statistik kuzatish natijasida miqdorlar yig‘ilib, tegishli ko‘rsatkichlar bo‘yicha guruhlanib, o‘rganiladi. Miqdorlarda ifodalangan тabiiy, ijtimoiy - iqtisodiy ko‘rsatkichlarni umumlashtirib, tegishli xulosalar chiqarish statistikaning asosiy vazifasidir.
Statisitik ko‘rsatkichlarning 3 xili mavjud bo‘lib, bo‘lar: mutloq miqdorlar, nisbiy miqdorlar va o‘rtacha miqdorlar.
Hodisa va jarayonlar dastlab mutloq miqdorlarda qayd qilinadi, so‘ngra esa ular asosida nisbiy va o‘rtacha miqdorlar hisoblab topiladi. Demak mutloq miqdorlar har qanday statistik ko‘rsatkichlarning dastlabki (boshlang‘ich) shaklidir. Miqdorlar matematik belgilar (amallar) va o‘lchash yo‘li bilan aniqlanadi.
Aholiмизning umumiy soni, shu jumladan erkaklar va ayollar soni, korxonalardaги xodimlar soni, ishlab chiqarilgan stanoklar soni – bir qator matematik raqamli sonlarda qayd qilinadi. Ularning to‘plamlari ming, yuz ming, million, milliard kishi, ming, yuz ming, milliona, milliard dona, trilion kabi son ko‘rsatkichlarda ifodalanadi.
Qurilgan yo‘llarning, daryolarning uzunligi, bosib o‘tilgan yo‘l – metr yoki kilometr kabi uzunlik o‘lchovi birliklari bilan ifodalanadi. Qazib chiqarilgan ko‘mir hajmi, terilgan paxta kabi og‘irlik miqdorlari kg yoki tonnalarda qayd qilinib, kuzatish ob’ektlarini o‘lchash bilan aniqlanadi. Ishlab chiqarilgan gaz hajmi o‘lchov birligi bo‘lgan kub metrda , to‘qilgan gazlama hajmi esa kvadrat yoki pogonnli metrlarda ifodalanadi.
Miqdorlar ifodalanish hajmiga qarab, yakka va umumiy mutloq miqdorlarga bo‘linadi. Yakka hodisa va jarayonlarni ifodalovchi mutloq miqdorlar yakka mutloq miqdorlar deyiladi. Bunday miqdorlar o‘rganilayotgan to‘plamning har bir birliklarini tavsiflab kuzatishning boshlang‘ich bo‘g‘inida qayd qilinadi. Masalan, bir terimchining bugun tergan paxtasi - 65 kg, har bir xodimning olgan bir oylik ish haqi – 4,0 mln.so‘m, non zavodida bugun ishlab chiqarilgan bu р дона бўg‘doy noni miqdori, гуруҳлардаги алоҳидаtalaba, imtixonni “a’lo” bahoга topshirgan talaba va shu kabilar.
O‘rganilayotgan hodisa va jarayonlarning umumiy yig‘indisini tavsiflovchi mutloq miqdorlar umumiy mutloq miqdorlar deyiladi. Ular dastlabki kuzatish ma’lumotlarini qo‘shish va jamlashtirish natijasida olinadi. Demak, mohiyati bir xil yakka mutloq miqdorlar yig‘indisi umumiy mutloq miqdorlardir. Shuning uchun ham umumiy mutloq miqdorlarni quyidagicha ifodalash mumkin:
t=n
A umумий = a1 + a2 + a3 + a4 + … + an = Σ ai
t=1
Bu erda:
A umumiy - umumий mutloq miqdor;
a1 … an - kuzatilayotgan ob’ektdagi yakka mutloq miqdorlar;
- to‘plam birliklarining yig‘indisi.
Masalan:
1) xo‘jalik brigadasida 15 nafar terimchi tergan paxtasining yig‘indisi
(60+70+65+80+110+90+75+120+92+108+84+96+115+125+64) = 1354 kg.

2) kichik korxonada 8 kishi ishlaydi. Ularning may oyida olgan mehnat haqlari quyidagicha:





Xodimlar

1

2

3

4

5

6

7

8

Ish haqi, mln.so‘m

4,8

3,5

5,0

4,7

5,8

6,2

5,3

4,4

Demak, xodimlar mehnat haqining umumiy miqdori bu so‘mmalarning yig‘indisi – 39,7 mln. so‘mdan iborat.


Mutloq miqdorlar natura, shartli natura, комплекс ва qiymat (pul) o‘lchov birliklarida ifodalanishi mumkin.
Ob’ektning xususiyatiga qarab, ya’ni ularning hajmi, og‘irligi, uzunligi yoki maydoni miqdorlari ko‘rsatilishiga qarab, natura o‘lchovda dona, metr, kilogramm va shu kabilar ishlatilishi mumkin. Masalan: terilgan paxta kilogramm yoki tonna, ishlab chiqarilgan stanok - dona, ekilgan paxta maydoni - gektarlarda ifodalanishi mumkin.

Download 1,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish